Mundarija: Kirish I. Bob. Dramatik turning genezesi va tadrijiy takomili


Download 145.5 Kb.
bet6/7
Sana23.03.2023
Hajmi145.5 Kb.
#1288282
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi. adabiyot

II . Bob. Dramatik tur janrlari
2.2. Drama va tragik-komediyada ijtimoiy hayot talqini
Dramatik asarlarida inson ichki dunyosida mavjud bo‘lgan qarama- qarshiliklar kurashi epos va lirikadagidan koʻra ochiqroq namoyon boʻladi. Bunday bo‘lishiga aktyorning sahnada rol ijro etishi ham sabab boʻladi. Dramatik asarlarida ham xuddi roman, qissa, hikoya, doston, ballada kabilardagi singari kishilararo koʻrish va insonning o‘z ichki ongi oʻzining o’zlik dunyosidagi ziddiyat koʻrsatiladi. Inson qalbidagi qarama-qarshilik tadqiqotlarda “ichki kolliziya” deb yuritiladi. Dramaturg tomoshabinga hech narsani tushuntirmasdan, qahramonlarining qilmishlarini bayon qilmasdan voqealarga shunday harakat berib yuboradiki, tomoshabinga hamma narsa ayon boʻlganday tuyiladi. Kelgusi voqealar oqimiga nazar tashlay biladi, ularni hayojon bilan kuzatadi. Ma’lumki, muallif dramada personaj tarjimai holini berishda juda cheklangan. Nasr va nazmda qahramonning kelib chiqishi, qayerda yashagani, qayerni bitirgani, ilgari nima ish qilganini, hozirda nimalar bilan shug‘ullanayotganini, ota -onasining hayotini, qarindosh urug‘larini keng yoritib berishi mumkin. Dramada esa insonlarning qismatlarini, ichki olamlarida tez-tez yuz beradigan kechinma va tovlanishlarini muallif o‘z tili bilan har tomonlama ochib berish imkoniyatiga ega xolos. U o‘z qahramon bilan romanchiday har vaqt birga bo‘lib, o‘quvchilarga ularni qanday tushunish kerakligini aytib bera olmaydi. Shaxslarning sirli fikrlarini, xarakteridagi yashirin motivlarini, kuchli kechinmalarining sabablarini tushuntirishdan xolidir. Shunday bo‘lgandan keyin dramaturg o‘z asarining syujetini shunday tuzishi, voqealarini shunday ifoda etishi kerakki, ularda qahramonlar va vaziyatlar, xarakterli xususiyatlar, personajlarning zarur qirralari ochiq-oydin to‘laligicha namoyon bo‘lsin. Bulardan o‘quvchi va tomoshabin muallif ayta olmagan, bo‘lishi mumkin boʻlgan narsalarni ham fahmlab oladi. Qo‘chqor Norqobil qalamiga mansub “Quyoshni sen uyg‘otasan” dramasi zamondosh qahramonning o‘ziga xos qiyofasini namoyon ettirgani bilan e’tiborli. Asar bir ayolga xos sabr, bardosh, matonat, vafo, jasorat haqida. Uning bosh qahramoni sodda, oddiy qishloq ayoli Shabnam. Bir necha yildirki, ikki farzandini o‘zi tarbiyalaydi. Uning katta orzular bilan bir yostiqqa bosh qo‘ygan turmush o‘rtog‘i Qodir ko‘p pul topish niyatida Rossiyaga ketgan. Asar ularning temir yo‘l bekatida uchrashuvlari sahnasidan boshlanadi. Turmush o‘rtog‘ini o‘zga yurtdan qaytarishga, o‘zi bilan birga ketishga ko‘ndira olmagan Shabnam yolg‘iz qishloqqa qaytishga majbur bo‘ladi. Bosh qahramonni mana shunday murakkab bir sharoitda qo‘llab-quvvatlaydigan, unga dalda berib, ruhlantiradigan qaynonasi Oydin momo obrazi asarning o‘ziga xos liniyalaridan biridir. O‘zining mustahkam irodasi, sabr-toqati bilan shaxs darajasiga yetishib, nafaqat o‘zini o‘nglab olgan, shu bilan birga, qishloqdoshlarini ham ish bilan ta’minlab, gilam to‘quvchi kichik sex ochib, muvaffaqiyatga erishgan ayol obrazida fidoyi zamondosh qiyofasi yaratilganini ko‘rsatadi. Shunday qilib, so‘nggi davrda o‘zbek dramaturgiyasi katta evrilishlarni boshidan o‘tkazmoqda. Unda zamonaviy qahramon obrazini yaratish yo‘lida o‘ziga xos jarayon kechmoqda. Hayotning qarama-qarshiliklari oldida chekinmagan, o‘zligini anglashga intilgan va o‘zini namoyon eta olgan qator insonlar obrazlari yaratildi. Biroq shu bilan birga, hali yaratilayotgan qahramonlarning hammasini badiiy yetuk, davr sinoviga bardosh beradigan qahramonlar, deyishga erta. Shunday bo‘lsa-da, dastlabki dadil va muvaffaqiyatli qadamlar bu yo‘ldagi ishlarning ertangi kuniga katta umid uyg‘otadi. Bu jarayon nechog‘liq murakkab va ko‘p qirrali bo‘lmasin, yangilikka intilish va uni egallash yo‘lidagi sa’y-harakatlar va izlanishlar orqali uning ijobiy natija topishiga shubha yo‘q. Yana bir e’tiborli jihat shuki, o‘zbek dramaturgiyasi tarixida o‘zida har ikki adabiy janrga xos xususiyatlarni jamlagan “Temir xotin” nomli (Sharof Boshbekov) tragikomediya ham mavjud.
Tragikomediya — tragediya va komediyaga xos xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtirgan dramatik janr. Tragikomediyada hayot haqidagi barcha mezonlar nisbiy xarakterga ega boʻladi. Bunda tragediya va komediya uchun odatiy hol boʻlgan oʻlchovlar mutlaqo inkor qilinishi mumkin. Voqelikni tragikomik tarzda qabul qilish va tasvirlashda insonning kundalik turmushidagi qatʼiy axloqiy qoidalar buziladi. Bu janrda ijod qiladigan sanʼatkor voqelikni tragikomik tarzda qabul qiladi. Sanʼatkor mavjud ijtimoiy tuzum va urfodatlarni tanqid ostiga olishi, kinoya, piching, yumor va satiradan foydalanib, mavjud fojiaviy-ijtimoiy illatlar ustidan istehzoli kulishi mumkin. Tragikomediyada har ikkala janrga xos xususiyatlar oʻzaro almashinib, biri ikkinchisining mavjudligi shartiga aylanadi. Fojiaviy holatlar bilan komik personajlar bir paytda sahnaga chiqadi. Ushbu janrdagi voqelik tasviri oxiroqibatda fojiaviylik oʻrnini kulgi va kulgili holatlar oʻrnini fojia egallashi bilan yakun topadi. Tragikomediya oʻzaro zid janrlarning dialektik birligidan yuzaga keladigan kuldirib yigʻlatish va yigʻlatib kuldirish holatlari asosiga quriladi. Tragikomediyada voqelik tizimi tubdan oʻzgarishi, kutilmagan mubolagʻali yoki allegorik epizodlar oʻrtaga chiqishi mumkin. Tragikomediyaning dastlabki namunalari Yevripid ijodida uchraydi. XIX asr oxiri va XX asr 1- yarmidagi Yevropa adabiyotida, xususan, G.Gauptman, A.P. Chexov, G.Lorka, E.Ionesko, S.Bekket ijodida tragikomediya namunalari mavjud. Oʻzbek adabiyotida Sh.Boshbekovning “Temir xotin” asari tragikomediyaga misol boʻladi.8Mashhur tragikomediyalari: Evripidning “Alkestis”, V.Shekspirning “Bo‘ron”, A. Chexovning “Gilos bog‘i”, “Forrest Gamp”, “Buyuk dictator”, “O‘sha Munchazen” filmlari. Tragikomediyaga o‘zbek ijodkori dramaturg Sharof Boshbekov sahna asarlarida hayot va uni badiiy ifodalashdagi yuksak mahoratni ko‘rish mumkin. Xususan, mustaqillikning ilk shabadalari esa boshlagan, biroq mustabid tuzum hali ham o‘z siyosatini yurgizayotgan bir davrda yozilgan “Temir xotin” tragikomediyasida voqealar o‘sha zamondagi hayotiy muhitdan kelib chiqqan holda yaratilib, bunda qishloq tasvirlari, Qo‘chqorning yashash sharoiti aniq keltirib o‘tiladi. Bu chizgilar orqali kitobxonda davr haqida aniq tasavvur uyg‘onsa, asar davomida Olimjon tilidan aytilgan “hozir “oilani planlashtirish” degan bir gap chiqib turibdi.” degan soʻzlari orqali hodisalar sodir boʻlayotgan zamonning ham aniq ko‘rsatilganini, ya’ni 80-yillar o‘rtalari aks etganini ilg‘aydi. 9 Taniqli adabiyotshunos olim V.Xalizev shunday yozadi: “dramatik asarlarda bayon etuvchi parchalar qanchalik muhim o‘rin tutmasin, tasvirlanayotgan asar qanchalik bo‘laklarga bo‘linmasin, personajlar aytayotgan so‘zlar ularning ichki nutqiga qanchalik muvofiq bo‘lmasin, baribir drama zamon va makon jihatidan o‘zaro muvofiqlashtirilgan manzaralarni tasvirlashga moyildir.”10 Sharof Boshbekov qalamga olgan mazkur zamon va makonga uyg‘un tarzda jonli, kitobxon yoxud tomoshabin qalbidan chuqur joy oladigan obrazlarni yaratadi. Ayniqsa sodda, to‘pori, beg‘am, hazilkash qishloq odami Qo‘chqoring xatti- harakatlari, so‘zlari drama pardalaridagi ko‘rinishlar davomida dastlab kulgi uyg‘otsa, ammo asar yakunida uning taqdiriga hamdardlik, achinish hissi uyg‘onadi. Dramaturgning mahorati shundaki, asarning boshidayoq qahramon tutqun, erkidan mahrum kishi ekanligigi arqon bilan bog‘langan holda ishora qilinadi. Buni qarangki, asar so‘nggi pardasida ham shu holatda ko‘rsatiladi. Mazkur detal orqali ijodkor o‘sha davrda o‘zbek xalqi qullik, mutelik iskanjasida bo‘lganini Qo‘chqor obrazi aynan mana shunday kishilardan biri ekanligini ta’kidlaydi va qahramonlar nutqi davomida bu fikrlar mustahkamlanadi. Drama janrining murakkab jihatlaridan biri qahramon portretini yaratish masalasi boʻlib, asarda muallif nutqining yo‘qligi sababli ba'zi sahna asarlarining boshida har bir obrazga ta'rif berilsa, ba'zan bir qahramonning surati va siyrati haqida boshqa bir qahramon nutqi orqali bilib olish mumkin.11 Xususan ,Sharof Boshbekovning ushbu asarida Qo‘chqor obrazi o‘sha davr insonlarining tipiklashtirilgan timsoli bo‘lib, uning tashqi ko‘rinishi, ruhiy hamda ma’naviy olami bunga yaqqol misol. Qo‘chqor va Qumri, Qo‘chqor va Olimjon, Qo‘chqor va Alomat oʻrtasidagi dialoglarda zamon ruhiyatini, millat miqyosidagi muammolari ochib beriladi. Komediyaning kulminatsiyasi o‘ziga xosdir, dramaturg Qo‘chqor va Alomatning o‘zaro suhbat jarayonida gipnoz holatini qahramon ruhiyatining qirralarini, Qo‘chqor tan olishni istamagan haqiqatlar Alomat tilidan aytiladi va ularni inkor qilolmagan qahramonning bu jarayondagi ruhiy azob po‘rtanalari yig‘i bo‘lib vulqon kabi otiladi. Ushbu o‘rinda ijodkor psixologizmning yutuqlaridan biri gipnozni bejizga qo‘llamaydi. Chunki erkaklar ayniqsa, Sharqda o‘zlari uchun to‘g‘ri deb bilgan haqiqatni inkor etib, o‘z turmushidan nolib yig‘lamaydi. Shu sababdan gipnoz, ya’ni kimningdir ruhiy ta’siri natijasida beixtiyor bu holat sodir boʻladi. Alomatning soʻzlari orqali Qo‘chqorning asar davomidagi har bir xatti-harakatining sabablari ochiladi. Ana shu o‘rinda kitobxon toshga aylangan yaralar og‘rig‘ini his qiladi. Asar so‘nggida ilm-yutug‘i sanalgan Alomat tanazzulga uchraydi, zero bu mantiqan muvofiqdir. Bu davr uchun allaqachon o‘ylashni, tafakkur qilishdan uzoqlashgan, yuqoridan berilgan har qanday topshiriqni robot kabi bajarishga odatlangan xalq uchun bunday ixtirolar begona edi. Asarda ayollar obrazi alohida e;tiborga molikdir, aslida bu komediyani mehnatkash o‘zbek ayoli sha’niga qo‘yilgan haykal desak mubolag‘a boʻlmaydi. Chunonchi shuni tan olish kerakki, bu davrda xotin-qizlarimizga juda qiyin bo‘lgan. Qo‘chqor, Olimjon nutqi davomida ayollarning mehnat-u chekkan zahmatlari tilga olinadi. Qo‘chqor butun ko‘rinishlar davomida Alomat va Qumrini oʻzaro qiyoslaydi hamda aynan ana shu jarayonda ularning xarakter qirralari ochila boradi. Asr boshida Qumrini muallif “U o‘ttiz-o‘ttiz beshlarda, lekin yoshiga nisbatan ancha katta ko‘rinadi.”,deb ta’riflanadi, keyinchalik esa uni qaritgan cheksiz jismoniy va ruhiy qiyinchiliklar ayonlasha boshlaydi. Qo‘chqor ko‘rinishlar davomida “Ayol kishining joni temirdan boʻladi, hamma ishni bajaraveradi” degan aqidani bir necha bor ta’kidlab o‘tadi. Vaholanki, temir-da ayollarimizning achchiq qismatiga chidolmadi, kuyib bir uyum temir boʻlagiga aylandi. Olimjon Qo‘chqorga jahl ustida Alomatga ortiqcha yumushlarni buyurib, uni halokatiga sabachi bo‘lganini ta'na qilib aytgan. Shunda Qo‘chqor “Axir u bitta o‘zbek ayoli qiladigan ishning yarmini qildi, xolos-ku!.. Qanaqasiga men o‘ldirgan bo‘lay?..” degan so‘zlarida ayollarning matonatiga, irodasiga, har qanday azoblarga sabr-u toqatiga qoyil qolganini, ularning borligiga shukronalik hissini anglash mumkin. Qumrining o‘zbek ayoliga xos mehribonligi Qo‘chqor mast holda kelib, uni har qancha haqoratlasa ham, chanqaganida suv tutadi, qilgan xizmatlarini biror marta taʼna, minnat qilmaydi va oxirida uni arqon bilan bog‘lab ketgani uchun, turmush o‘rtog‘ini azobga qo‘yganidan qiynaladi. Qumri sadoqatli, oilasi uchun har qancha azobga bardosh bera olgan ayollarimizning yorqin siymosidir. Komediyada Bozorboy ismli bir personaj borki, biror o‘rinda sahnada ko‘rinmaydi, ishtirok etmaydi. Biroq uning asardagi o‘rni sezilib turadi. Qo‘chqor siqilganida, quvonganida, o‘zini yolg‘iz sezganida, hattoki o‘ksib yig‘laganida ham Bozorboyni chaqiradi. Lekin xotini har safar uni goh sabzi, goh turp, goh baqlajon olib bozorga ketganini aytadi. Dramaturg aynan Bozorboy obrazi orqali o‘z qobig‘idan chiqa olgan, yaxshi yashash uchun intilayotgan, tinib-tinchimas, tadbirkor, yangi zamon kishisini tasvirlaydi. Umuman, “san'at muayyan hayotiy qarashni tasdiqlashdir. Bu tasdiqlangan qarash esa san’atkorning estetik idealiga bog‘liq. Hayot haqiqatini buzish, undan yuz o‘girish axloqsizlikni targ‘ib qilishga olib keladi. San’at hayot haqiqatini buzsa, u oʻz axloqiy qimmatini yo‘qotadi. Italiyalik kinorejissor F.Fellini: “Men shunday film yaratayki, u kishilarga jasorat ato qilsin. Faqat haqiqatning ko‘ziga tik qaray olgan taqdirdagina bunga erishish mumkin, xolos”, - degan edi.”12


Xulosa.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, dramaning badiiy tabiatini o‘rganish tarixi bizga dramani sahnadan tashqarida namoyish etishning iloji yo‘qligi haqida gapirishga imkon beradi. Shuning uchun, siz dramatik ishingiz bo‘lsa, ikkita matn (adabiy va teatr) bilan ishlash tavsiya etiladi, ularning interfrenatsiyasini nishonlash va bir tomondan sahnada sahnada dramatik ish borligini hisobga olish tavsiya etiladi, boshqa tomondan adabiy matnning badiiy talqini maxsus qonunlarga muvofiq qurilgan teatr san’atining mustaqil ishi. shuni ta’kidlash kerakki, har doim olimlar drama va adabiyotga va teatrning filiali kabi dramatik o‘yinga asoslangan emas. Albatta, teatr pedagogika maktabda adabiy ta’lim doirasida faol rivojlana boshladi: tadqiqotda o‘rganilgan klassik matn va maktabning chiqishlari bilan bog‘liq yangi usullar, sahnaviy ishning tarjimasi bilan faol foydalaniladi. Ma’lumki, drama adabiyotning gultoji hisoblanadi. Dramaning xarakterli xususiyati shundan iboratki, uning muallifi nasrchi va nazmchidan farqli o‘laroq o‘quvchilar va tomoshabinlar bilan o‘z qahramonlari orqali bevosita gaplashadi, muloqotda boʻladi. Dramaturg qahramonlarining faoliyatini ko‘rsatib, ahloqini ifodalab, ruhiy olamini ochib, o‘zining hayot haqidagi tafakkurini izhor etadi, davrining muhim, dolzarb masalalariga munosabatlarini bildiradi. Bu hol dramada qahramonning ahamiyatini juda oshiradi, uning turmush mezonini aniqlaydigan shaxsga aylantirib yuboradi. Mana shundagina qahramonning hayotiy zamini, qilmishlari va xatti-harakatlarining ahamiyati ko‘zga tashlanadi. Bunday qahramon dramaning g‘oyaviy mohiyati bilan uzviy bog‘anib, uning tub ma’nosini gavdalantiradi, bosh dramaturgik konfliktning rivojiga alohida kuch baxshida etadi.



Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling