Mundarija Kirish I. Bob. Dunyo mutafakkirlari nigohida o`qituvchi


Download 128.5 Kb.
bet6/14
Sana16.01.2023
Hajmi128.5 Kb.
#1095716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari.

Ahmad Donish (1827-1897) – matematika, falakiyot, geografiya, tibbiyot, tasviriy san'at, tarix va falsafiy bilimlarni mustaqil ravishda egallab, o’z davrining ilg’or bilimli kishisi bo’lib etishadi. U o’zining ta'lim-tarbiya, axloq va nafosatga doir fikr-mulohazalarini bir qator asarlarida ifodalagan mutafakkirdir.
Zukko olim kasb tanlash va uning odamlarga, jamiyatga foyda kkeltirishiga e'tibor berish kerakligi haqida bildirgan fikrlarida axloqmasalasiga katta e'tibor berganini ko’ramiz. U o’qituvchini talablarga kuchli ta'sir etuvchi shaxs deb biladi. Uning ta'kidlashicha, o’qituvchilik kasbini tanlaganlarning nopoklik niyatida bo’lishi hoyatla zarurlidir, chunki ular o’zlaridagi axloqiy buzuqlikni yosh avlodga tarqatadilar. Demak, Ahmad Donish o’qituvchining axloqiy qiyofasiga katta e'tibor beradi. U o’qituvchidan yosh avlod manfaatinibirinchi o’qinga qo’yishni talab qiladi. O’qituvchi o’quvchi va talabalarga ko’p bilim berish, o’z bilimini oshirish va chuqurlashtirish uchun o’z ustida ko’p ishlashi lozimligini ta'kidlaydi. Bundan ko’rinadiki, Ahmad Donish o’qituvchi kasbiga nisbatan jiddiy talab qo’yadi. U go’zal axloqlilik va chuqur bilimdonlikni o’qituvchining beqiyos fazilati deb biladi. Zero, u o’qituvchi timsolida odamlar, binobarin yoshlar o’rtasida ilm-ziyo sochuvchi ma'rifatparvarni ko’rishni orzu qiladi.
Mahmudxo’ja Behbudiy (1885-1919) – adabiyot, tarix, siyosatshunoslik, drammaturgiyani chuqur egallagan. U ma'rifat, ilm-fan, badiiy ijod sohasidagi butun faoliyatida millatimiz madaniyati, ma'naviyatining ravnaqi uchun kurashib, buyuk siymo sifatida shuhrat qozongan holda ta'lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarni bayon etdi. Ustoz ta'lim-tarbiya haqida fikr bildirar ekan, mustamlakachilik davrida bu ishda muvaffaqiyatga erishishning birdan-bir yo’li o’lkada o’zaro ixtiloflarga barham berib, ahillik bilan ilm-fanni rivojlantirish kerakligini bayon etadi. Kattalar va muallimlarga murojaat qilib, ularni yoshlarni bilimli qilishga, mehnatga jalb etishga da'vat etadi.
M.Behbudiy o’qituvchilarga qarata ta'lim-tarbiya ishlarini ijtimoiy hayot, jahon miqyosida sodir bo’layotgan voqealar bilan bog’liq holda olib borishni talab etadi.
Shunday qilib, O'rta Osiyo mutafakkirlari va o'zbek ma'rifatparvarlari o'qituvchi kuchli xotiraga, iroda va tafakkurga, aql-zakokatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi, ko'zlangan maqsadni amalga oshirish yo'lida jonbozlik, qat'iyatlilik ko'rsatishi, o'quvchilariing ruhiy dunyosiga to'g’ri yo'l topa olishi, ularga ta'sir o'tkazishi, vijdonli, samimiy, odobli, nazokatli, ishchan, mas'ul shaxs sifatida faoliyat ko'rsatishi zarur ekanligini o'z asarlarida ta'kidlab o'tadilar. Sharq mutafakkirlari o'qituvchi o'zi o'qib tursagina o'qituvchi bo'la oladi, agar o'qishni to’xtatib qo'yar ekan, unda o'qituvchilik ham o'ladi, deb haqqoniy aytgandir.



Download 128.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling