Mundarija Kirish I. Bob. Dunyo mutafakkirlari nigohida o`qituvchi
Download 128.5 Kb.
|
5. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- K.D.Ushinskiy
A.Disterverg o'qituvchining ta'limdagi roliga yuqori baho berib, u o'z faoliyatini bilishi, uni sevishi, o'quvchilarini yoqtirishi lozim deb uqtiradi. O'qituvchi bolalarniig individual xususiyatlari, qobiliyati, faoliyati uslubi to'g’risida muayyan darajada bilimga ega bo'lishi kerakligini ham ta'kidaab o'tadi. Mutafakkir Djon Lokk o'kituvchi psixologiyasining eng muhim jihatlari orasiga mo''tadillik, g’ayrat-shijoatlilik, ehtiyotkorlik kabi xislatlarni kiritib, ularning ta'limdagi roli yuzasidan mulohaza yuritadi.
G’arb mutafakkirlari g’oyalarining vorisliri sifatida L.I.Gersen, L.N.Tolstoy, I.G.Chernishevskiy, K.D.Ushinskiy kabi rus mutafakkirlari mazkur muammolarga o'z mulohazalirini bildirganlar. A.I.Gersen mulohazasiga ko'ra, o'qituvchining asosiy xislati - bu uning bolalar bilan munosabatda bo'layotganligini sezishda, bolalar ruxiy dunyosini tushuma olishida, ahloqiy qobiliyatining mavjudligida, chunki u shunday iste'dodga ega bo'lmog’i zarurki, unga har qaysi o’qituvchi erisha olmaydi, buni unutmaslik kerak. O’qituvchi kasbiga oid ilmiy tajribalarda sinalgan mulohazalar rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta'lim tarbiya jarayonida o'qituvchining roli va shaxsiga yuqori baho berib, hech bir ustav yoki dastur hamda sun'iy organizm puxta ishlab chiqilganiga qaramay, inson shaxsining o'rnini bosa olmaydi, deb hisoblaydi. Insonning xarakteri va his-tuyg’ulari, uning o’quvchilar bilan muloqotga kirishish usuli, o'qituvchi qalbi bolalarga yaqinligi kabi axloqiy xislatlarining shaxsiga xos muhim fazilatlar bo'lib hisoblanib, muallimning tarbiyaviy kuchini belgilaydi va ijtimoiy qimmatga ega bo'lgan, barkamol bola shaxsini tarkib toitiradi. K.D.Ushinskiy ta'kidlashicha, pedagogik faoliyatniig muhim tarkibiy qismi pedagogik-psixologik odob (takt) hisoblanadi. Uning fikricha psixologik odob (takt) hayotimizning barcha jabhalarida g’oyatda keng qo'llaniladi. Shuning uchun usiz odamlar orasida hech qanday muloqot va nutq qobiliyatining o'zi ham bo'lmagan bo'lar edi, deydi. Rus pedagogi K.D.Ushinskiyning «Pedagogik adabiyotning foydasi» risolasida: «Tarbiyalash ishi, shubhasiz, insonning aqliy va ongli fazilatlaridan biridir: tarbiya tushunchasining o’zi tarixan vujudga kelgan va u tabiatda yo’q narsadir… Tarbiyalash faoliyati fikr yuritishni, haqiqatni anglashni ham o’rgatadi», deb yozadi. Shunday qilib, chet el mutafakkkirlari o'z asarlarida o'qituvchining bir qator muhim fazilatlari mavjud bo'lishini bayon qilganlar. Bularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: o'qituvchining har tomonlama barkamol bo'lishi, o'zining yuksak xislatlari va his-tuyg’ulari bilan boshqa kasbdagi kishilardan ajralib turishi, bolalar ruhiyatiga oson kira olish qobiliyati, darslarni o'alashtirishda orqada qolganlar bilan individual ishlash, o'quvchilar diqqatini o'ziga torta olish sehri, mustaqil ishlash va o'z mahoratini, malakasini oshirish, pedagogik qobiliyat va odobga ega bo'lish kabilar. Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, sharq va g’arb mutafakkirlari tomonidan tahlil qilingan ko'pgina o'qituvchi kasbi haqidagi mulohazalar to hozirgi kungacha o'z ahamiyatini saqlab kelmokda, demakki, ajdodlar g’oyasini takomillashtirish evaziga ta'limni yuksak bosqichga ko'tarish mumkindir. Download 128.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling