Mundarija Kirish I. Bob. Dunyo mutafakkirlari nigohida o`qituvchi


II. BOB. Hozirgi davrda o’qituvchilarning kasb-mahoratini tarbiyalashning amaliyotdagi ahvoli


Download 128.5 Kb.
bet10/14
Sana16.01.2023
Hajmi128.5 Kb.
#1095716
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari.

II. BOB. Hozirgi davrda o’qituvchilarning kasb-mahoratini tarbiyalashning amaliyotdagi ahvoli.
Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo'yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to'g’ri hal qilish vazifasi o'qituvchiga bog’liqdir. Zamonaviy maktab o'qituvchisi qator va;zifalarni bajaradi. O’qituvchi - sinfdagi o'quv jarayoni tashkilotchisidir. Jamiyatning o'qituvchi oldiga qo'yadigan asosiy talablari quyidagilardir:
- shaxsni ma'naviy va ma'rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg’onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilish;
- bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o'z Vatani tabiatiga va oilasiga bo'lgan muhabbati;
- keng bilimga ega bo'lishi, turli bilimlardan xabardor bo'lishi;
- yosh va pedagogik-psixologiya, pedagogika, psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo'lishi;
- o'zi dars beradigan fan bo'yicha mustaqil bilimga ega bo'lib, o'z kasbi sohasi bo'yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo'lishi;
- ta'lim-tarbiya metodikasini egallashi;
- o'z ishiga ijodiy yondashishi;
- pedagogik texnika (mantiq, nutq ta'limining ifodali vositalari va pedagogik taktga ega bo'lishi;
- o'z bilimi va pedagogik mahoratini doimiyo ravishda oshirib borshi kabi talablarga to'la javob bera olishga intalishi lozim va shart.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi pedagogak mahoratga ega bo'lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijalarga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo'ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste'dodli kishigina pedagogik mahorat egasi bo'lshi mumkin. Pedagogik faoliyat o'z mohiyatiga ko'ra ijodiy xarakterga ega. Pedagog o'quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muaimolarni echadi, o'quv jarayonini mustaqil boshqaradi. Bularning hammasida ijodkorlik tub mohiyati ishning maqsadi va xarakteri bilan bog’liq.
O’quvchilar bilan darsda olib boriladigan ishda tarbiyaviy masalaga erishmoq uchun o'qituvchi ular bilan hamkorlik qila olishi, bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarurki, bu jarayon ular faoliyatining turli sohalarida - bilimda, amalda, ma'naviy faoliyatda, sportda, o'yinda amalga oshiriladi. O’qituvchi qanday qilib o'quvchilarni o'zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishi xususida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
1. Hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo'lgan ishlar o'quvchilar uchun dolzarb bo'lishi, o'quvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga mos bo'lishi lozim.
2. O`quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o'qituvchi ularga psixologik va pedagogik jihatdan to'g’ri vazifa qo’yishi, yaxshi yo'l-yo'riq ko'rsatishi lozim.
3. O`quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o'qituvchi bir vaqtning o'zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi.
Ijodiy ishlaydigan o'qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o'qitish va tarbiyalash, ilg’or o'qituvchilar ish tajribalarini o'rganish bilangina cheklanib qolmasdai, tadqiqotchilik ko'nikma va malakalariga ham ega bo'lishi zarur. Hozirgi zamon o'qituvchiga fan va texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni, o'zining tabiiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishni taqozo etmoqda.
Pedagogik texnologiya nima? Uning ilmiy asosida qanday nazariyalar yotadi? Amaliyotga tatbiq etish shartlari nimalardan iborat? (Dastlab texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so'z fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha «texnos»-hunar, san'at, «logos»-fan, so'zlaridan olingan bo'lib, «hunar fani» ma'nosini anglatadi. Pedagogik texnologiya -o'qituvchi tomonidan o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta'riflasak xato bo'lmaydi. 60-70 yillarda bu tushuncha chet el pedagogik nashrlarida (AQSh, Yaponiya, Angliya, Italiya, Vengriya) va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi va uning ilmiy tadqiqot natijalariga, ko'ra ikki yo'nalishi ko'rsatildi:
1. O'quv jarayonida texnika vositalarini qo'llash sifatida belgilash. (M.Klark, Xokridon - Buyuk Britaniya, D.Fini - AQSh, S.G.Shopovanenko -Rossiya).
2. «O'quv jarayoni texnologiyasi» sifatida qarash. (T.Samakato -Yaponiya, K. Brusming - Shvetsiya, T. A. Ilina - Rossiya).
80-yillarda B.P.Bespalko tomonidan «Pedagogik texnologiya»ning ilmiy maktabi yaratildi. Pedagogik tsxnologiya - amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum bir pedagogik tizimning loyihasidir. Pedagogik tizim o'zaro bog’liq bo'lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig’indisi bo'lib, shaxsdagi muayyan sifatlarni shakllantirishga pedagogik ta'sir etishni amalga oshiradi.
Ta'lim berish texnologiyasi - ta'lim berishning umumiy nazariyasi balan uning amaliy tadbiqi orasidagi bog’lovchi bo'g’indir.
O’qituvchi yangi pedagogik texnologiyalarni o'ziniig amaliy faoliyatida keng miqyosda foydalanishi lozim. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o'qituvchining ijodkor bo'lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikrlar yurita olishi, fan yutuqlarini o'kuvchilarga etkaza olishi va nihoyat o'quvchilarni mustaqil hamda ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o'rgata olishini talab qiladi. Shuning uchun o'qituvchi o'z ustida doimo ishlashi, mustaqil bilim egallashi, kasb mahoratini takomillashtirishi, malakasini oshirishi pedagogik faoliyatining samaradorligini oshirishda zaruriy shartlardandir,
Tarbiya – ijtimoiy hodisa bo’lib, u kishilik jamiyati paydo bo’lgan davrdan beri mavjud. Inson er yuzidagi eng mukammal zot bo’lishi uchun, eng avvalo, tarbiyalanishi zarur. Buyuk mutafakkirlar, pedagog olimlar barkamol insonni kamolga ytkazish uchun tarbiya va tarbiyachi naqadar zarurligini uning mohiyati va mazmunini asoslab berishgan.
Yuqoridagi fikrlar asosida shuni aytish joizki, Sharq va G’arb mutafakkirlari «har bir inson ilm olib, uning mazmun va mohiyatidan voqif bo’lishi kerak, ilm olib aqliy kamol topish kishining yoshligidan to umrining oxirigacha davom etmog’i lozim» hoyasini ilgari surishadi. Ular barcha guruhdagi ma'naviy qadriyatlarning mohiyatida eng oliy tuyg’u – insonparvarlik yotadi, degan fikrga kelishadi. Allomalarning ta'kidlashicha, insonparvarlik – insonning sharafi, vijdoni va imonining mahsuli hisoblanadi.
Insonparvarlik mazmunan boy va xulq-odob qoidalarini o’zida mujassamlashtiradi. Ya'ni insonparvarlik qadriyati negizida mehr-shafqat, muruvvat va oqibat, saxiylik, sahovat, diyonat, qanoat, himmat, adolat kabi axloqiy-ma'naviy xususiyatlar o’z ifodsini topgan.
O'quvchilarga ijodiy izlanish va yangi tasavvur boglanishlarning topilishi uchun metafora va o’xshatishlarni ishlati 1 ishiga imkonlar hisobiga kengayadi.
O'rta va oliy maktablarda ixtirolar bilan ishlash, obrazli tafakkurga chaqirish, obrazlarning yaratilishida va ularni anglashiga yo'nalishida spantallikning birlashuvini kiritadi. Aqliy mashqlar imkoniyatini berish. Boshqa holatlarda o'rganishi uchun o'quvchilarga mashqlar beriladi: sababi - yechimni topish
holatida ular o'zlarini o'zgacha his etadi va fikrlarini jamlashga
o'rganadilar. Tasavvurning faolligini qo'llab-quvvatlash, bu ijodiy fikirlashning
asosi bo'ladi. Tasavvurni, xayolni o'z joyiga qo'yishdan so'ng hamma
gaplar mulohaza qilinadi.
O'zlashtirishni rivojlantirish, sezish, o'zlashtirishni kengaytirish va to'ldirishlarni kuchaytirish. Sanab o'tilgan maslahatlar erkin muloqotda, fikr almashuvda, ijodiy bahslashuvda, eksperimental ish jarayonida bo'lib o'tishi mumkin.
Mashg'ulotlarning tashkil etishda asosiy shart o'quvchilarni ijodga shaxsiy kiritish. Shunday ta’lim bilim, idroklarni shaxsiyat sohasini shakllantiradi, katta sinf o'quvchilari ochiq, o'zlashtirish va boshqa nuqtayi nazarini tushunishi uchun qobiliyatlarni rivojlantiradi. Misol uchun qobiliyatlar rivojlanishining natijasini ko'rib chiqamiz: «Shuni ko'rib o'tish kerakki, hozir nimalarni mulohaza qilsa, hammasi tushunarmikan... Nimaga u o'z qarashiga meni ishontirmoqchi?»
Menimcha: «Ma'lumotlarim yetarli emas: toia-to'kis bilib olsam, yaxshi bo'ladi Uni nohaq deb bildiryapmanmi yoki ochiqchasiga o'z munosabatimni bildiryapmanmi? Bu hoi ishonchliroq va men o'z fikrimni o'zgartirishim kerak»...

Download 128.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling