Mundarija: Kirish i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


 Porsiya bo‘laklab va mayda bo‘laklab dimlangan go‘sht hamda ich


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/43
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1509699
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Bog'liq
Go’sht va go’shtli maxsulotla

1.12. Porsiya bo‘laklab va mayda bo‘laklab dimlangan go‘sht hamda ich 
mahsulotlari 
Duxovkada dimlab pishirilgan mol va qo‘y go‘shti. Bu taom ikki usulda 
tayyorlanadi: 
B i r i n ch i u s u l: go‘shtni (orqa oyog‘i va kuragining yutori qismi) bir 
porsiyaga ikki bo‘lakdan tilib kesib quruq sho‘rva, jazlangan tomat-pyure 
qo‘shiladi va bir soatga yatin dimlanadi: qovurilgan sabzavot (kartoshka, sabzi, 
sholg‘om, pegrushka, piyoz) qo‘shib, xammasi birgalikda yana yarim soat 
dimlanadi. Go‘sht yetilishidan 10- 15 minut avval quruq sho‘rvada suyultirilgan 
jazlangan un, lavr yaprog‘i, murch qo‘shiladi. [16] 
I k k i n ch i u s u l. Go‘sht quruq sho‘rva qo‘shilgan sabzavotdan alohida 
dimlanadi, sabzavot esa jazlangan tomat-pyure, quruq sho‘rva, dorivor bilan 
birgalikda dimlanib, jazlama un qo‘shiladi. 
Birinchi usulda tayyorlangan go‘sht ikkinchi usulda tayyorlangan go‘shtga 
nisbatan shirin bo‘ladi, lekin uni porsiyalarga ajratish qiyin. 
Gulyash. Go‘shtni bir xil bo‘laklarga to‘g‘rab (20-30 g), tuz sepiladi va 


38 
qovuriladi, keyin issiq quruq sho‘rva, jazlangai tomat-pyure solib yetilgunicha 
dimlanadi. Qupuq sho‘rvani qo‘yib olib, unda sardak tayyorlanadi. Sardakka 
jazlangan piyoz, murch, lavr yaprog‘i va smetana qo‘shiladi. Ana shu sardakni 
go‘shtga solib, yana 15- 20 minut dimlandi. Gulyashni smetanasiz ham tayyorlash 
mumkin. Qayla uchun pishirilgan yoki govurilgan kartoshka, manniy krupadan 
tayyorlangan kletski, pishirilgan makaron qo‘shib beriladi. Taomni iste’molga 
berayotganda ustiga ko‘katlar sepiladi. 
Karam qo‘shib dimlangan cho‘chqa go‘shti, dudlangan son tushti va kolbasa. 
Go‘sht mahsulotlari, sabzi va petrushkani somoncha yoki «kubik» qilib to‘g‘rab 
qovuriladi va dimlangan karamga (karam tomat bilan dimlanadi) qo‘shib 
dimlanadi. Dimlash oxirida taomga quruq sho‘rvada suyultirilgan jazlama un va 
qand qo‘shiladi, agar karam yangi bo‘lsa, unga sirka solinadi. 
Ragu. 2-sort qo‘y go‘shtini 20-30 g li qilib to‘g‘raladi: Bu maqsadda butun 
tana yoki yelka umurtqa qismlari, kurak va son to’shti ishlatilsa, ilik suyaklari va 
umurtqa suyaklari olib tashlanadi. Go‘sht qovuriladi va ustiga issiq quruq sho‘rva, 
jazlangan tomat-pyure qo‘shib, yarim soat dimlanadi. Quruq sho‘rvani qo‘yib olib, 
unga jazlama un solib qizil sardak tayyorlanadi va bu sardak yana go‘shtga 
solinadi. Go‘shtga butunligicha yoki «kubik» qilib qovurilgan kartoshka
petrushka, sholg‘om va sabzi «kubik» qilib, boshpiyoz tilik qilib qo’shib, 
yetilguncha dimlanadi. Tayyor raguga qaynatilgan yashil no‘xat yoki loviya
solish mumkin. Ko‘rsatilgan sabzavotlardan tashqari boshqa sabzavotlar - 
baqlajon, gulkaram, chuchuk qalampir va hokazolar qo‘ shish ham mumkin. Ragu 
porsiyali tovalarda beriladi; ustiga ko‘katlar sepiladi. 
Azu, urib yumshatib «shpal» shaklida kesilgan go‘sht qovuriladi va issiq 
quruq sho‘rva qo‘yib, jazlangan boshpiyoz, tomatpyure yoki pomidori solib
yetilguncha dimlanadi. Quyuq sho‘rva qo‘yib olinadi va unga jazlama un qo‘shib 
sardak tayyorlanadi. Go‘shtga sardak, archib «rombik» qilib to‘g‘rab issiq suvga 
botirib olingan bodring, to‘g‘ralgan sarimsoq, «kubik» qilib to‘g‘rab qovurilgan 
kartoshka solib, 10 - 15 minut dimlanadi. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling