Mundarija: Kirish i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Go’sht va go’shtli maxsulotla
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.13. Qizartirib yopib pishirilgan go‘sht
Dimlangan qorin. Qorin ivitiladi, qaynoq suvga pishirib olinadi, tozalanadi,
yuviladi va sovuq suvga solib (bir kg qoringa 3 l suv), ustiga ildizsabzavotlar, tuz, 40 dorivor qo‘shib, 4-5 soat qaynatiladi. Pishgan qorinni ugrasimon to‘g‘rab jazlangan sabzi, boshpiyoz, petrushka, dorivorlar, limon sharbati qo‘shib, ustiga oq sardak sepiladi va yarim soat dimlanadi. Pishgan qorin qaynatilgan kartoshka bilan ustiga ko‘katlar sepib beriladi. Pishirilgan qorinni tomat sardak bilan berish uchun to‘g‘raladi boshpiyoz bilan bir oz qovurib, ustiga sardak qo‘yiladi va ziravorlar solib, yarim soat dimlanadi. 1.13. Qizartirib yopib pishirilgan go‘sht Qizartirib pishirishdan oldin go‘sht chala pishiriladi yoki qovuriladi. Go‘sht taomlar qovurish shkafida yuqori temperaturada (300 - 350°) sirtida qizil po‘st xosil bo‘lib, ichidagi temperaturasi 80 - 90° ga yetguncha qizartirib pishiriladi. Taom bevosita iste’molga berishdan oldin qizartirib pishiriladi, agar go‘sht porsiyali tovalarda va idishlarda qizartiryb pishiriladigan bo‘lsa, o‘shaning o’zida beriladi.[17] Dulma, zapekanka, qiymalangan go‘sht, qovoqcha, baqlajon, murch va pomidor oddiy usulda tayyorlanadi (qizartirib pishi.rilgan sabzavotlarga qarang). Sholg‘om, kartoshka va pomidor dulmalari. O‘rtacha kattalikdagi sholg‘omning po’stini archib, bosh tomoni kesib olinadi, yuviladi, taxirini yuqotish uchun 3- 5 minut qaynoq suvga solinadi va tuz solingan qaynoq suvga solib, pishgunicha qaynatiladi. Shundan keyin sovitilib, o’zagi qoshiqda uyib oli- nadi. To‘g‘ri shaklli yirik kartoshkaning po‘stini archib yuviladi va ikkiga kesiladi. Chuqurcha xosil qilish uchun o‘rtasi o‘yib olinadi va yetilguncha qaynatiladi. Katta pomidor bandining tagi chuqurcha qilib uyib olinadi va urug‘i xamda pardasi olib tashlanadi. Tayyorlangan sabzavotlarning go‘shtli qiymaga solib ustiga maydalangan pishloq qo‘shiladi. Moy sepib; qizartirib pishiriladi. Piyozli sardakda qizartirib pishirilgan mol go‘shti, Porsiyali tovaga yoki idishga sardak solinadi va unga 1-2 bo‘lak pishirilgan yoki dimlangan mol go‘shti qo‘yib sardak solinadi, maydalangan pishloq va moy sepiladi. Atrofiga pishirilgan kartoshka bo‘laklari yoki kartoshka massasi to’siq qilib qo‘yiladi. Taom qovurish shkafida 10 - 15 minut qizartirib pishiriladi. 41 Sutli sardakda qizartirib pishirilgan qo‘y va buzoq go‘shti. Qo‘y va buzoq go‘shti piyozli sardakda pishirilgan mol go‘shti singari qizartirib nishiriladi. Lekin bunda go‘sht va kartoshkani oldindan qovurib olish kerak. Sut sardagi o‘rtacha quyuqlikda tayyorlanishi lozim. Forshmak. Birinchi sort mol go‘shti yoki buzoq go‘shtini bo‘lak-bo‘lak qilib to’g’rab qovuriladi. Kartoshkani archib; pishirib quritiladi. Seld balig‘ini tozalab, filesi ajratib olinadi. Bosh piyoz mayda to‘g‘raladi va bir oz jazlanadi. Qovurilgan go‘sht, kartoshka, piyoz va seld balig‘ini qiymalagichdan o‘tkazib, yaxshilab aralashtiriladi. Tuxumning sarig‘i, qaymoq, tuz va tuyilgan murch solib yaxshilab aralashtiriladi va tuxum oqini solib, ehtiyotlik bilan yana yuqoridan pastga qarab aralashtiriladi. Massa yumshog’ chiqishi uchun uni qo’shimcha ravishda jovonchada tuyub, elakdan o‘tkazsa ham bo’ladi. Ko‘pincha yoki soteyniklarga yog‘ suryb suxari sepiladi va forshmak uchun tayyorlangan massani solib, ustiga maydalangan pishlog’ sepib qizartirib pishiriladi. Forshmak aralashmasiga vino (madera vinesi) va bir ozgina tuyulgan muskat yong‘ogi solish ham mumkin. Forshmakni nonning ichiga solib ham pishirish mumkin. Buning uchuv non mag’zini uyib olyb, chuqurchasiga qaymoq surtiladi va forshmak masasi solib, ustiga maydalangan pishloq, va yog‘ sepib, qizartirib pishiriladi. Forshmak ilvasin go‘shtidan ham shunday pishiriladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling