Mundarija: Kirish i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/43
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1509699
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Bog'liq
Go’sht va go’shtli maxsulotla

Dimlangan qorin. Qorin ivitiladi, qaynoq suvga pishirib olinadi, tozalanadi, 
yuviladi va sovuq suvga solib (bir kg qoringa 3 l suv), ustiga ildizsabzavotlar, tuz, 


40 
dorivor qo‘shib, 4-5 soat qaynatiladi. Pishgan qorinni ugrasimon to‘g‘rab jazlangan 
sabzi, boshpiyoz, petrushka, dorivorlar, limon sharbati qo‘shib, ustiga oq sardak 
sepiladi va yarim soat dimlanadi. Pishgan qorin qaynatilgan kartoshka bilan ustiga 
ko‘katlar sepib beriladi. 
Pishirilgan qorinni tomat sardak bilan berish uchun to‘g‘raladi boshpiyoz bilan 
bir oz qovurib, ustiga sardak qo‘yiladi va ziravorlar solib, yarim soat dimlanadi. 
1.13. Qizartirib yopib pishirilgan go‘sht 
Qizartirib pishirishdan oldin go‘sht chala pishiriladi yoki qovuriladi. Go‘sht 
taomlar qovurish shkafida yuqori temperaturada (300 - 350°) sirtida qizil po‘st 
xosil bo‘lib, ichidagi temperaturasi 80 - 90° ga yetguncha qizartirib pishiriladi. 
Taom bevosita iste’molga berishdan oldin qizartirib pishiriladi, agar go‘sht 
porsiyali tovalarda va idishlarda qizartiryb pishiriladigan bo‘lsa, o‘shaning o’zida 
beriladi.[17] 
Dulma, zapekanka, qiymalangan go‘sht, qovoqcha, baqlajon, murch va 
pomidor oddiy usulda tayyorlanadi (qizartirib pishi.rilgan sabzavotlarga qarang). 
Sholg‘om, 
kartoshka 
va 
pomidor 
dulmalari. 
O‘rtacha 
kattalikdagi 
sholg‘omning po’stini archib, bosh tomoni kesib olinadi, yuviladi, taxirini 
yuqotish uchun 3- 5 minut qaynoq suvga solinadi va tuz solingan qaynoq suvga 
solib, pishgunicha qaynatiladi. Shundan keyin sovitilib, o’zagi qoshiqda uyib oli-
nadi. To‘g‘ri shaklli yirik kartoshkaning po‘stini archib yuviladi va ikkiga kesiladi. 
Chuqurcha xosil qilish uchun o‘rtasi o‘yib olinadi va yetilguncha qaynatiladi. Katta 
pomidor bandining tagi chuqurcha qilib uyib olinadi va urug‘i xamda pardasi olib 
tashlanadi. Tayyorlangan sabzavotlarning go‘shtli qiymaga solib ustiga 
maydalangan pishloq qo‘shiladi. Moy sepib; qizartirib pishiriladi. 
Piyozli sardakda qizartirib pishirilgan mol go‘shti, Porsiyali tovaga yoki 
idishga sardak solinadi va unga 1-2 bo‘lak pishirilgan yoki dimlangan mol go‘shti 
qo‘yib sardak solinadi, maydalangan pishloq va moy sepiladi. Atrofiga pishirilgan 
kartoshka bo‘laklari yoki kartoshka massasi to’siq qilib qo‘yiladi. Taom qovurish 
shkafida 10 - 15 minut qizartirib pishiriladi. 


41 
Sutli sardakda qizartirib pishirilgan qo‘y va buzoq go‘shti. Qo‘y va buzoq 
go‘shti piyozli sardakda pishirilgan mol go‘shti singari qizartirib nishiriladi. Lekin 
bunda go‘sht va kartoshkani oldindan qovurib olish kerak. Sut sardagi o‘rtacha 
quyuqlikda tayyorlanishi lozim. 
Forshmak. Birinchi sort mol go‘shti yoki buzoq go‘shtini bo‘lak-bo‘lak qilib 
to’g’rab qovuriladi. Kartoshkani archib; pishirib quritiladi. Seld balig‘ini tozalab, 
filesi ajratib olinadi. Bosh piyoz mayda to‘g‘raladi va bir oz jazlanadi. Qovurilgan 
go‘sht, kartoshka, piyoz va seld balig‘ini qiymalagichdan o‘tkazib, yaxshilab 
aralashtiriladi. Tuxumning sarig‘i, qaymoq, tuz va tuyilgan murch solib yaxshilab 
aralashtiriladi va tuxum oqini solib, ehtiyotlik bilan yana yuqoridan pastga qarab 
aralashtiriladi. Massa yumshog’ chiqishi uchun uni qo’shimcha ravishda 
jovonchada tuyub, elakdan o‘tkazsa ham bo’ladi. Ko‘pincha yoki soteyniklarga 
yog‘ suryb suxari sepiladi va forshmak uchun tayyorlangan massani solib, ustiga 
maydalangan pishlog’ sepib qizartirib pishiriladi. Forshmak aralashmasiga vino 
(madera vinesi) va bir ozgina tuyulgan muskat yong‘ogi solish ham mumkin. 
Forshmakni nonning ichiga solib ham pishirish mumkin. Buning uchuv non 
mag’zini uyib olyb, chuqurchasiga qaymoq surtiladi va forshmak masasi solib, 
ustiga maydalangan pishloq, va yog‘ sepib, qizartirib pishiriladi. 
Forshmak ilvasin go‘shtidan ham shunday pishiriladi. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling