Mundarija: Kirish i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


 Dimlama go‘sht va kalla-pocha hamda ich mahsulotlari


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/43
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1509699
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
Bog'liq
Go’sht va go’shtli maxsulotla

1.10. Dimlama go‘sht va kalla-pocha hamda ich mahsulotlari 
Ancha qattiq va biriktiruvchi to‘qimalari dag‘al go’sht bo’lagini yumshatish 
kerak bo‘lgandagina go‘sht dimlanadi. Kislota kollagenning parchalanishi va uning 
glyutinga aylanishini tezlashtiradi. Shuning uchun dimlaganda nordon sardaklar 
tomatpyure, nordon vino, marinadlangan meva va sharvatli rezavorlar ishlatiladi. 
Go‘sht dimlaganda dorinorlar (lavr yaprog‘i, murch, ba’zan dolchin, 
qalampirmunchoq, koriandr, arpabodyon, mayoran, zira) va xushbo‘y sabzavotlar 
(boshpiyoz, sabzi, selderey, petrushka) ishlatiladi. Vino va dorivorlar dimlash 
tugallanishidan 10 - 15 minut oldin solinadi.[16] 
Go‘sht yirik bo‘lakli, porsiya bo’lakli yoki ancha mayda bo‘lakli qilib 
dimlanadi. 
Dimlash uchun sonning yon va tashqi tomonlari, mol go‘shtining kuragi, 
mayda tuyoqli mollarning esa asosan kuragi va to’shi ishlatiladi. 
Tayyorlangan go‘shtga tuz, murch sepiladi va qovuriladi. Sabzavot go‘sht 
bilan birga yoki alohida qovuriladi. Qovurilgan go‘sht va sabzavotlarni idishga 
solib, quruq sho‘rva qo’yiladi va dorivor solib yopiq idishda dimlanadi. 
Dimlangan go‘shtga qayla tayyorlash uchun kartoshka, sabzi, bryukva va 


37 
boshqa dimlangan sabzavotlar hamda makaron ishlatiladi. Sabzavotlarni yirik 
«kubik» qilib to‘g‘rab qovuriladi va sardak bilan birga dimlanadi. Sabzavotlarni 
go‘sht bilan birga dimlash xam mumkin, lekin taomlarni ko‘plab tayyorlaganda 
qayla bilan go‘shtni porsiyalarga ajratish qiyinlashadi. Dimlangan go‘sht oddiy 
qayla bilan ham beriladi. 
1.11. Yirik bo‘laklab dimlangan go‘sht 
 
Dimlama go‘sht. Yirik go‘sht bo‘laklari quruq sho‘rva, sabzi, boshpiyoz va 
petrushka bilan birga dimlanadi. Dimlangan go‘shtni iste’molga berayotganda 
tolasini ko‘ndalangiga qilib, bir porsiyaga 1- 2 bo‘lakdan kesiladi va ustiga sardak 
sepib, yoniga. makaron, kartoshka, karto‘shka bo‘tqadan tayyorlangan qayla 
qo‘yiladi.[16] 
Qaylaga qo‘shimcha qilib dolchin va qalampirmunchoq bilan pishirilgan 
brusnika berish mumkin. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling