Kavkazsa kabob. Orka va old son yoki besuyak tushni yaxshilab tozalab, 30-
40 g li fkubcha» qilib to‘g‘raladi. Tayyorlangan go‘shtga tuz, murch, mayda
to‘g‘ralgan piyoz, petrushka solib liman sharvati sepiladi, aralashtirib sopol idishda
sirkalanadi, 4 6 soat sovuq joyga qo‘yib qo‘yiladi. Yesh kuy kuzichok go‘shtini
sirkalamasa xam bo‘ladi. Go‘sht bo‘laklarini temir sixga o‘tkazib, yonib turgan
kumir alangasida yoki elektrogrilga qo‘yib pishiriladi. Pishgan kabob sixdan
qizdirilgan idishga tushirib olinadi va yirik-yirik to‘g‘ralgan ko‘k piyoz yoki
yaproq qilib to‘g‘ralgan boshpiyoz va bir parrak limon qo‘shib beriladi. Tuyilgan
zirk va Vostok sardagi alohida beriladi.
Karscha kabob (shashlik po-karski). Qo’yning son go‘shtidan bir porsiyaga
bir bo‘lakdan qilib kesib olib sirkalanadi. Pishirishdan oldin yarimta buyrakli qo’y
go‘shti bo’lagini pardasidan-tozalab, sixning bir tomoniga kirgiziladi. Sixning
ikkinchi tomoniga esa uncha yirik bo‘lmagan pomidor bo‘laklari o‘tkaziladi.
Go‘sht ko’mir alangasida pishirilgdi. Pishgan go‘shtni sixdan tushirib olib, ko‘k
piyoz yoki boshpiyoz, petrushka va bir bulok limon qo‘shib beriladi. Barbaris
alohida beriladi.
Bifshteks, qiymalangan file. Qiymalangan bifshteks naq go‘shtdan
tayyorlangan bifshteks kabi beriladi. Filega esa qovurilgan kartoshka solib, asosiy
qizil sardak, piyozli sardak yoki kornishon solingan piyozli sardak sepiladi.
Otbivnoy (urib yumshatilgan) kotletlar. Kotlet bulok; cho‘chqa va kuy
go‘shtidan tayyorlanadi. Tayyorlangan go‘sht urib yumshatiladi, lezonga
botiriladi, suxariga bulab, qovuriladi. Berayotganda ustiga yog‘ sepiladi. Qayla
uchun yashil no‘xat, dimlab. qaynatilgan sabzavot, sut sardagida pishirilgan
sabzavot, qovurilgan kartoshka va xokazolar qo‘shib beriladi. Odatda urib
yumshatilgan kotletlar murakkab qayla bilan beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |