Mundarija: Kirish i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


Shnitsel. Shnitsel cho‘chqa va buzoq go‘shtidan tayyorlanadi


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/43
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1509699
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Bog'liq
Go’sht va go’shtli maxsulotla

Shnitsel. Shnitsel cho‘chqa va buzoq go‘shtidan tayyorlanadi (bir porsiyaga 
bir bo‘lakdan), lezon va suxariga bosib qovuriladi, ustiga yog‘ va urib 
yumshatilgan kotletga qo‘shib beriladigan qaylalar qo‘yib beriladi. Shnitselga 
kavar va limon sedrasi bilan tayyorlangan yog‘ qo‘yib, ustiga bir bulok limon 


35 
qo‘yib berish mumkin 
Shnitsel urib yumshatilgan go‘shtdan kalinligi 0,6 - 1 sm keladigan qilib 
tuxumsimon shaklda yasaladi.[17] 
1- Romshteks. Bulangan romshteksni faqat umurtqa qismidan emas, balki 
molning bashqa qismlaridan; ya’ni birinchi sort mol go‘shtidan (umurtqa qismi, 
sonning tashqi va ichki tomonidan) tayyorlash mumkin. Urib yumshatilgan, 
lezonga botirilgan, suxariga bulangan masalliq qovurilib, qovurilgan kartoshka 
bilan birga qo‘shib beriladi. Qovurilgan kartoshkaga dimlangan karam, pishirilgan 
gulkaram, dimlab qaynatilgan sabzavot, yashil- no‘xat qo‘shib berish xam 
mumkin. 
Qovurilgan miya. Miya tuz solingan nordon suvda pishirilgan, quritiladi, 
«shashka» shaklida to‘g‘raladi, tuzlanadi, unga bulab tuxumga bosiladi va 
suxariga bulab yog‘da qovurilgdi. Miya ustiga yog‘ qo‘yib, bir bulok limon va 
petrushka ko‘ki bilan birga yoki limon sharvatini yog‘ va petrushka ko‘ki bilan 
qaynatib; ustiga sepib beriladi. Qayla uchun qovurilgan kartoshka, kartoshka 
pyure, yashil no‘xat ishlatiladi. Miyani ham yog‘da qovurish mumkin. Buning 
uchun miya faqat unga bulanadi. 
Qovurilgan buyrak. Cho‘chqa, buzoq va qo‘yning yangi buyragi «shashka» 
shaklida to‘g‘rab qovurilgdi. Buyrakni taqsimlash oldidangina qovurish kerak
chunki uni saqlaganda sifati yomonlashadi. Qayla uchun qovurilgan kartoshka 
beriladi. 
Buyrakni turli usulda iste’molga berish mumkin: 1) ustiga limon sharvati 
sepiladi, 2) tilik qilib to‘g‘rab qovurilgan pomidor qo’shiladi; 3) ustiga 
qaynatilgan qizil vinoli sardakka qo‘ziqorin bo‘laklari qo‘shib tayyorlangan sardak 
qo‘yiladi; 4) qizil sardak, piyozli sardak, smetanali sardak, tomat pyure solingan 
smetanali sardak qo‘yib beriladi. 
Suxariga qo’sib qovurilgan buyrak (broshe). Buzoq buyragini ortiqcha yog‘ 
va pardasidan tozalab yuviladi, quritiladi va bo’ylamasiga kesib, ikki tomonga 
(kitobni ochgandek) ochiladi. Keyin Buyrakni unga bulab lezonga botiriladi va 
suxariga bulanadi. Tayyorlangan buyrakni sim yoki novda sixga tortib yoqqa 


36 
cho‘mdirib qovuriladi va qovurish shkafida yetiltirib qovuriladi. Taom berish 
oldidan oddiy six shaklli six («atle») ga almashtiriladi. Qayla uchun yoqqa 
qovurilgan kartoshka (solomka) beriladi. Taom yashil salat bilan bezatiladi. 
Buyrakning, ustiga yashil yog‘ qo‘yiladi. 
Qovurilgan jigar. Jigarni bir porsiyaga 1-2 bo‘lakdan qilib to‘g‘rab, ustiga 
murch, tuz sepiladi va unga botirib qovuriladi. Qayla uchun qovurilgan kartoshka, 
kartoshka pyure beriladi, iste’molga berayotganda ustiga yog‘ sepiladi. Jigar 
qovurayotganda qo‘yib ketmasligiga axamiyat berish kerak. Jigar 1 - 1,5 minut 
ortiqcha qovurilsa ham sifati yomonlashadi. Jigarga qovurilgan boshpiyoz qo‘shib 
yoki smetanali sardak qo‘yib berish mumkin. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling