Mundarija: Kirish i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


Yirik bo‘laklab qovurilgan go‘sht


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/43
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1509699
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Bog'liq
Go’sht va go’shtli maxsulotla

1.9.Yirik bo‘laklab qovurilgan go‘sht 
 
Mol go‘shti yirik bo‘laklab (pushti mag’iz, yelka qismy va umurtsa qismi) 
qovuriladi; qo’y, cho‘chqa, buzoq (son va suyaksiz tush), cho‘chqa bolasining 
go‘shti ham yirik bo‘laklab qovuriladi. Qovurishdan oldin hamma qismlar 
tozalanadi.[16] 
Yumshoq yelka go‘shtini rulet qilib o’rab, kanop bilan bog‘lanadi. Son go‘shti 
qatlami bo‘yicha ikki-uch bo‘lakka ajratiladi. Buzoqning tush go‘shtini qiymalab, 
qovurga suyagi bilan birga qovuriladi. 
Yirik go‘sht bo‘laklari qovurilganda ichi pishmasdan usti qizaradi. Shuning 
uchun yirik bo‘lakli go‘sht qovurish shkafida past temperaturada qovuriladi. 
Go‘sht protivenga bo‘laklari orasida 4- 5 sm joy qoladigan qilib qo’yiladi. 
Cho‘chqa bolasi yelkasini yuqori tomonga qilib qo’yib, smetana suriladi. Bunday 
qovurilganda u qizarib pishadi. 
Go‘shtni qizartirib pishirish uchun u avval ochiq idishda kam yog‘ solib, 
plitada 140 - 160° gacha qizdirib qovuriladi. Shundan keyin mahsulot qovurish 


28 
shkafida 175 - 200° temperaturada yetiltirib qovuriladi. Qovurish uchun elektr yoki 
gazli qovurish shkaflaridan foydalangan ma’qul, chunki bunday ;qovurish shkafida 
temperaturani rostlab turish mumkin. 
Go‘sht govurilayotganda unga har 10 - 15 minutda yog‘ quyib turish kerak. 
Go‘shtning pishib yetilganligi uning qattiq-yumshoqligi va ingichka pichoq 
urilganda otib chiqqan selining rangiga qarab aniqlanadi (go‘sht yetilib 
qovurilganda seli rangsiz bo‘ladi: go‘sht o‘rtacha pishib yetilganida yuqori 
qatlamidagi seli rangsiz, ichki qatlamida esa pushti rangda; sal-pal qovurilganda 
selining rangi qo‘ng‘ir - to‘q pushti rangda bo‘ladi). Go‘shtning pishib yetilish 
vavti go‘sht bo‘laklarining katta-kichikligiga, go‘shtning turi va yetilish darajasiga 
bog‘liq bo‘ladi. Mol go‘shtining yetilib pishish vaqti sal-pal qovurilgan file uchun 
30 - 45 minutni, to’la qovurilgan yelka qismi uchun 1 soatu 40 minut. ni tashkil 
etadi. 
Qovurilgan yirik go‘sht bo‘laklari protivenda 50-60° da saqlanadi. Qovurilgan 
go‘shtni iste’molchiga berishdan oldin tolasini ko’ndalangiga (mol go‘shti 2-3 
bo‘lak, buzoq' cho‘chqa, qo’y to’shti 1-2 bo‘lakdan qilib) kesib yog‘ va go‘sht seli 
tuyib beriladi. Go‘sht seli olish uchun go‘shtni qovurishdan qolgan go’shg va selta 
suv yoki quruq sho‘rva solinadi va plitaga tuyib qaynatiladi. Bunda yog‘och 
kurakcha bilan oqsil zarralari protiven tubidan ajratib olinadi. Selni suzib o‘tkazib, 
ortitcha yog’i sidirib olinadi. 
Yirik bo‘lakli mol go‘shtiga shpik, (cho‘chqa yog‘i) tuy va echki go‘shtiga 
sarimsoq qo’shish mumkin. Bunday taomlarni yog‘da titilmagan go‘sht singari 
qovurib, iste’molchiga beriladi. 
Qo‘y va buzoq to’shiga qiyma qo’shish uchun o‘rtasidan kesiladi. Hosil 
bo‘lgan teshikka guruch yoki qora bug‘doy yormasi tayyorlab, boshpiyoz bilan 
jazlangan bo’tqa, xom tuxum va petrushka tiqiladi. Teshik chetini tikib, 
mahsulotni tuzlab, qovurish shkafida qovuriladi, qovurga suyagini ajratib olib 
porsiyalarga kesiladi-da, go‘sht seli qo‘shib iste’molga beriladi. To’sh go‘shtiga 
jig’ar solib pishirilgan bo‘tqa ham tiqish mumkin. 
Qayla pishirish uchun rangi va mazasi turlicha bo‘lgan maxsulotlar tanlash 


29 
kerak. Kartoshkaga hech vaqt yormalar va juhori qo’shmaslik kerak va ). k. 
Mol go‘shtidan qovurilgan taomga qayla sifatida yog‘ qo‘shilgan qaynatma 
kartoshka, qovurilgan kartoshka yoki murakkab qayla beriladi. Murakkab qayla bir 
necha xil mahsulotlardan: kartoshka, sabzi, sholg’om, yashil no‘xat, yog‘ yoki sut 
sardagidan tayyorlangan brukva, qovurilgan pomidor, gulkaram va xokazolardan 
tayyorlanadi. 
Qovurilgan buzoq go‘shti sutda pishirilgan kartoshka, qovurilgan kartoshka
yashil no‘hat, loviya yoki no’hat qazogi, sutli sardakka tayyorlangan sabzavotlar, 
yog‘ solingan makaron, dimlab qaynatilgan guruch va murakkab qaylalar qo‘shib 
beriladi. 
Qovurilgan cho‘chqa go‘shtiga dimlama karam, qovurma kartoshka, kartoshka 
pyure, qora bug‘doy yormasidan pishirilgan gargusqa bo‘tqa, pishirilgan loviya, 
no‘xat va murakkab qaylalar qo‘shib beriladi. 
Qovurilgan qo’y go‘shtiga qayla sifatida dimlab qaynatilgan guruch, qora 
bug‘doy yormasidan tayyorlangan bo‘tqa, qaynatilgan va qovurilgan kartoshka
qaynatib tomat sardagi qo‘shilgan loviya ishlatiladi. Qovurilgan qo’y go‘shtini 
go‘sht seli bilangina emas, piyoz qo’shilgan sutli sardak bilan ham berish
mumkin. 
Cho‘chqa bolasining go‘shtiga qayla sifatida qora bug‘doy yormasidan 
tayyorlangan gargusga bo‘tqa, guruch bo‘tqa, qovurilgai kartoshka beriladi. 
Qovurilgan go‘shtlarga qayla bilan birga qo‘shimcha qilib yashil salat, marinad 
qilingan mevalar qo‘shib berish ham mumkin. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling