Mundarija: Kirish i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/43
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1509699
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Bog'liq
Go’sht va go’shtli maxsulotla

Sof qiyma shnitseli. Qiymani porsiyalarga bo‘linadi. 1 santimetr
qalinlikda oval shakl berilib, lezonga botiriladi va non urvog‘iga belanadi. 
Qiymali romshteks. Mol go‘shti qiymasini porsiyalarga bo‘linib, cho‘zinchoq 
shakl beriladi, lezonga botirilib, non urvog‘iga belanadi. 
Frikadelka. Go‘shtni bo‘laklarga bo‘lib go‘sht qiymalagichdan o‘tkaziladi. Unga 
xom tuxum, jazlangan piyoz, tuz, murch va bir oz suv qo‘shib aralashtiriladi. 
So‘ng miqdori 7—10 grammdan qilib porsiyalanadi va shar shakli beriladi. . 
Qiyma — kabob. Qo‘y go‘shti qiymasidan tayyorlanadi. Go‘shtni bo‘laklarga 
bo‘lib to‘g‘ralgan piyoz, dumba yog‘i bilan qo‘shib go‘sht qiymalagichdan 2—3 
marta o‘tkaziladi. Tuz, murch, ziravor qo‘shib aralashtiriladi. Bir oz limon 
sharbatini qo‘shish ham mumkin. Aralashma marinadlanishi uchun 2—3 soat 
davomida sovitkichga qo‘yiladi. So‘ng porsiyaga ajratilib, kichik xasip bo‘lagi 
shakli berilib sixga tortiladi va qo‘yiladi. 
 
 
1.6 . GO’SHT KOTLET MASSASI VA UNDAN YARIM TAYYOR 
MAHSULOTLARNI TAYYORLASH 


23 
Go‘sht kotlet massasini tayyorlashda mol go‘shtining bo‘yin, boldir, peshnob 
bo‘laklari go‘shtlarini va suyaklarini tozalaganda chiqadigan mayda go‘sht 
bo‘lakchalari: cho‘chqaning go‘sht bo‘laklarini tozalaganda chiqadigan mayda 
bo‘laklari, ba’zan qo‘y go‘shti bo‘laklarini tozalaganda chiqadigan mayda go‘sht 
bo‘lakchalari, bo‘yinning yumshoq joyi ishlatilishi mumkin. Go‘sht yog‘liqli 
darajasi 10% gacha bo‘lsa, tayyorlanadigan kotlet massasi sifat darajasi yaxssh 
bo‘ladi. Agar go‘shtning yog‘liqli darajasi xam bo‘lsa, 5—10% miqdorda dumba 
yog‘i ho‘shib tayyorlanishi mumkin. Go‘sht paylaridan, dag‘al birlashtiruvchi 
to‘qimalaridan, qotib qolgan qonlaridan tozalanib, kqchik bo‘lakchalar ko‘rinishida 
kesilib, go‘sht qiymalovchi mashinadan o‘tkaziladi. Bir oz suvi qochgan birinchi 
navli bug‘doy bulka non» suv yoki sutda bo‘ktirilib, suyuqligi siqiladi va go‘sht 
qiymasi bilan aralashtirib, tuz, murch, qo‘shilgan holda yana go‘sht qiymalovchi 
mashinadan o‘tkaziladi. Quyuq suyuqligiga qarab sut yoki suv qo‘shib 
aralashtirib, urib pishitiladi. Bunda kotlet massasining mayinlik va g‘ovakli 
darajasi oshadi. Agar meyoridan ko‘proq urib pishitilsa tarkibidagi yog‘ miqdori 
kamayib o‘z sifatini pasaytirishi mumkin.[17] 
Bir kilogramm go‘sht uchun 250 gramm bug‘doy noni, 300 gramm suv yoki sut, 
20 gramm tuz, 1 gramm murch ishlatiladi. 
Go‘sht kotlet massasidan quyidagi yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanadi. 
Kotlet. Go‘sht kotlet massasidan 57 gramm miqdorida uzib olinib, qalinligi 2—
2,5 santimetr, uzunligi 10—12 santimetr, kyongligi 5 santimetrli uchi o‘tkirlangan 
cho‘ziq shakl berilib, urvoqqa belanadi. Porsiyasiga 1—2 donadan ishlatiladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling