Mundarija: Kirish i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/43
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1509699
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Bog'liq
Go’sht va go’shtli maxsulotla

Bitochki. Go‘sht kotlet massasidan 57 gramm miqdorda uzilib, qalinligi 2—2,5 
santimetr, diametri -6 santimetrli doyra shakli berilib, urvoqqa belanadi. 
Porsiyasiga 2 donadan ishlatiladi. 
Kotlet va bitochki uchun qiyma tayyorlash jarayonida porsiyasiga 5—8 gramm 
piyoz yoki 0,5—0,8 gramm sarimsoqpiyoz qo‘shish mumkin. Bunda tayyorlangan 
yarim tayyor mahsulot shu zahoti issiq ishlovga jo‘natilishv lozim, aks holda 
go‘sht rangi o‘zgarishi va mahsulot sifati yomonlashishi mumkin. 


24 
Shnitsel. Go‘sht kotlet massasida porsiyaga taqsimlanadi, urvoqqa belanadi, 
qalinligini 1 santimetrga keltirilib oval shakl beriladi. Porsiyasiga 1 donadan 
ishlatiladi. 
Zrazi. Go‘sht kotlet massasi kamroq non qo‘shib tayyorlanadi. Porsiyaga 
taqsimlanadi, qalinligi 1 cm da «obi non» shakli beriladi, o‘rtasiga qiyma solinib, 
chetlari birlashtiriladi, qirra yedirilgan g‘isht shakli berilib, urvoqqa belanadi. 
Porsiyasiga 1—2 donadan ishlatiladi. Qiymaga chopilgan tuxum, jazlan-gan piyoz, 
ko‘kat, tuz, murch aralashtiriladi. Qiyma sifatida yana mayda kesilgan quymoq 
ishlatilishi ham. mumkin. 
Tefteli. Go‘sht kotlet massasi non miqdori kamroq qo‘shib tayyorlangandan 
so‘ng mayda chopilib, jazlangan piyoz bilan aralashtirilib, porsiyalanadi. So‘ng 
kattaroq yong‘oqcha shaklida yumaloqlanib unga belanadi. 
Rulet. Go‘sht kotlet massasiga non. kamroq qo‘shib tayyorlanadi. Ho‘llangan 
sochiq yoki doka ustiga qalinligi 1,5—2 santimetr qilib to‘g‘ri to‘rtburchak shakli-
da yoyiladi, kotlet massasi o‘rtasiga bir oz cho‘ziq holda.qiyma qo‘yiladi va 
chetlari sochiq yoki doka yordamida birlashtirilib, baton shaklini beriladi. 
Yog‘lanib urvoq sepilgan temir tovaga chokini pastga qilib sochiq yoki dokadan 
bo‘shatiladi ustiga lezon surtilib ustidan urvoq sepiladi va ust tomonidan bir necha 
yeridan teshiladi. Teshishga sabab issiq ishlovda yorilib ketishdan saqlash. 
Qiyma sifatida pishirib yog‘langan makaron yoki pishirib chopilgan tuxum, yoki 
jazlangan piyoz ishlatiladi. 
Yana jazlangan piyoz va pishirib chopilgan tuxum aralashmasini ham ishlatish 
mumkin. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling