Mundarija: Kirish i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


 QO’Y GO‘SHTINI NIMTALASH VA SUYAKLARDAN AJRATISH


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/43
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1509699
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
Bog'liq
Go’sht va go’shtli maxsulotla

 
1.4. QO’Y GO‘SHTINI NIMTALASH VA SUYAKLARDAN AJRATISH 


20 
Qo‘y go‘shti buyrak bilan kelgan bo‘lsa buyragi ajratiladi va tos suyagi bilan bel 
umurtqasi birlashgan yeridan ko‘ndalangiga bo‘linib old va orqa bo‘laklarga 
ajratiladi (8- rasm).[17] 
Old qismini bo‘laklash va suyakdan ajratish. Qo‘yning old qismi: qo‘l, bo‘yin, 
to‘sh, biqin qismlarga ajratib bo‘laklanadi. Avval qo‘li ajratiladi, so‘ng bo‘yin 
umurtqa suyagi oxirgi bo‘g‘indan chopib, bo‘yin bo‘lagi ajratiladi. Qolgan qismini 
ajratish uchun umurtqa suyagining tepa turtib chiqqan yeri ikki tomonlama 
suyagiga taqalib, go‘shti uzunasiga kesiladi va qovurg‘a suyagi bilan umurtqa 
suyagi birlashgan yeridan ikki yoqlama chopilib, umurtqa suyagi ajratib olinadi. 
To‘sh qismi uzunasiga chopib ikkiga bo‘linadi va yakkita bo‘lak hosil qilinadi. Bir 
bo‘lagi to‘nkaga tashqi tomoni bilan qo‘yilib qovurg‘a suyagini umurtqa suyagidan 
ajralgan qismidan 8 sm qoldirilib, har bir qovurg‘a suyagi chopiladi. Go‘shti 
kesilib, to‘sh bo‘lagi va biqin bo‘lagi ajratiladi. 
Bo‘yin bo‘lagidan go‘shtini ajratish uchun uzunasiga kesilib ingichka pichoq 
yordamida bo‘yin umurtqa suyagi izi bo‘yicha go‘shti kesilib, butun holda 
ajratiladi. Qo‘l bo‘lagi xuddi mol go‘shti qo‘l bo‘lagini suyakdan ajratishga 
o‘xshash olib boriladi. Go‘shtni tozalashda paylari va dag‘al birlatsttiruvchi 
to‘qimalari olib tashlanadi. Tashqi go‘sht pardalari ajratilmaydi. To‘sh bo‘lagi 
suyakdan tozalanmaydi. Biqin go‘shti chetidagi pay ajratilsa, to‘shning etak 
qismidagi peshnob go‘shti. kesib olinsa, yetarli darajada tozalangan hisoblanadi. 
Orqa qismini bo‘laklash va suyakdan ajratish. Son bo‘lagi tos suyagi 
birlashgan yeri va umurtqa suyagi bilan birlashgan yerlaridan chopilib ikkiga 
ajratiladi. Buning natijasida ikkita son bo‘lagi hosil bo‘ladi. Agar son bo‘laklari 5 
kg ga yetmasa, faqat tos suyagi ajratilib qolgan suyaklari ajratilmay ishlatiladi, 
% da bu go‘sht butunligicha qovurish uchun ishlatilishi mumkin. 
Son bo‘lagi katta holda bo‘lsa, xuddi mol go‘shti son bo‘lagiga o‘xshash 
go‘shtning pardali izlari bo‘yicha suyaklardan ajratib 4 bo‘lakka bo‘linadi. * 
Pazandalik ishlovidan o‘tgan, ya’ni bo‘laklarga bo‘linib, suyaklardan ajratilgan 
qo‘y go‘shti; qo‘l, bo‘yin, to‘sh, biqin va son qismlarga ajraladi. Ishlov berish 


21 
davomida I kategoriyadagi qo‘y go‘shti 28,5% gacha, II kategoriyadagi qo‘y 
go‘shti 33,8% gacha o‘z vaznini yo‘-qotishi mumkin. 
Buzoq go‘shtini bo‘laklash va suyaklardan ajratish qo‘y go‘shtinikiga o‘xshash 
olib boriladi. 
Bo‘laklarga bo‘linib, suyaklaridan, paypardalaridan tozalanib tayyorlangan 
go‘sht bo‘laklari pazandalikda ishlatilishiga qarab navlarga ajratiladi. 
Son go‘shti — butunligicha qovurish, porsiyalanib yoki mayda kesilib qovurish 
uchun ishlatiladi. 
Porsiyalanib, urvoqqa belanib qovurilgan holda ham ishlatiladi, 
Biqin — butunligicha qovurish uchun, porsiyalanib yoki porsiyalanib, urvoqqa 
belanib yoki mayda kesilib qovurish uchun ishlatiladi.
Qo‘l — rulet shaklida o‘rab qovurish uchun, qaynatib pishirish uchun
porsiyalanib yoki mayda qesib dimlash uchun ishlatiladi. 
To‘sh— butun holda qiyma tiqib qovurish uchun qaynatib pishirish uchun, 
mayda kesib dimlash uchun ishlatiladi. 
Bo‘yin— qiyma tayyorlash va qiymali mahsulot tayyorlashga ishlatiladi. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling