Mundarija: Kirish i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


 Go‘sht qiymasidan tayyorlangan ovqatlar


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/43
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1509699
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Bog'liq
Go’sht va go’shtli maxsulotla

1.14. Go‘sht qiymasidan tayyorlangan ovqatlar 
Kotlet, bitochka, shnitsel. Kotlet massasidan kotlet, bitochka, shnitsellar 
yasaladi; shnitsel tayyorlanadigan kotlet massasiga bug‘doy unidan yopilgan non 
kamroq solinadi. Maxsus bitochkalar tayyorlanadigan kotlet massasi cho‘chqa va 
mol go‘shtidan tayyorlanadi, unga boshpiyoz yoki sarimsoq, qo’shish ham mum-
kin. Kotlet massasini suxariga bosib, bevosita iste’molga berishdan oldin 
qovuriladi, buning uchun maxsulot yog‘i 100 - 160
°
gacha qizdirilgan tovaga 
solinadi va ikki tomoni sovutilgach, qovurish shkafiga 5- 7 minut qo‘yiladi. 
Kotlet va shnitsellar ustiga moy sepib, bitochka esa smetanali sardak, qizil 
sardak va piyozli sardak, gorchitsa yoki kornishon solingan piyozli sardak qo‘shib 


42 
beriladi. Qayla uchui qovurilgan kartoshka, kartoshka-pyure, sut sardagida tayyor-
langan sabzavotlar, yog‘da dimlab qaynatilgan sabzavotlar, gurunch va hokazolar 
ishlatiladi.[17] 
Zraza. Kotlet massasi shnitsel tayyorlangandek tayyorlanadi. Lekin zrazaga 
bug‘doy noni kamrog’ solinadi. Qiyma jazlanma boshpiyoz, to‘g‘ralgan tuxum, 
suxari, petrushka ko‘kidan tayyorlaiadi: Zrazani tuxumsimon shaklda yasab, 
bulanadi va pshuriladi. Qovurilgan zrazaning ustiga eritilgan yog‘ sepib alohida 
tomat sardak, piyoz sardak berish mumkin. Zrazalar bir porsiyaga ikki donadan 
qilib sara bug‘doy yormasidan tayyorlangan bo‘tqa yoki murakkab qayla bilan 
beriladi. 
Tefteli va frikadelka. Bu mahsulot unga bulanadi va qovurilgach, tomat yoki 
sizil sardakka solib; 7- 10 minut dimlanadi. Tefteli porsiyasiga 3-4 donadan, 
frikadelka esa 6-10 donadan solib beriladi. Qayla sifatida qovurilgan kartoshka 
yoki guruch beriladi. 
Sut sardagida qizartirib pishirilgan kotletlar. Yasalgan kotletlar bulanmaydi
yog‘ surtilgan tova yoki protivenga solib, kotletning bo‘yiga qarab chuqurcha 
yasaladi va shu chuqurchaga shira va oshpazlik sopchasidan quyuq sut sardagi 
solib to‘ldiriladi va ustiga maydalangan pishloq va moy sepib qizartirib pishiriladi. 
Taom turli xil qaylalar bilan beriladi. Qizil sardak taomning yoniga qo‘yiladi.
Smetanali sardakda qizartirib pishirilgan bitochka. Gargo‘sha guruch 
bo‘tqasiga jazlangan tomat-pyure solib, ikkitadan bitochka qo‘yiladi, ustidan 
tomat va piyozli smetana sardagi qo‘yiladi, maydalangan pishloq sepib qizartirib 
pishiriladi. 
Lo‘la kabob. Qo’y go‘shti, boshpiyoz, qo’y yog‘i mayda chopiladi yoki 
qiymalagichdan o‘tkaziladi va tuz, murch, limon sharbati solib, 2- 3 soat qo‘yib 
qo‘yiladi. Shu massadan bir porsiyaga ikki donadan qilib lo‘la yasaladi va sixga 
o‘tkazib, laqqa 
ko’mlir alangasida pishiriladi. Qayla uchun ko‘k yoki boshpiyoz, 
bir bo‘lak limon ishlatiladi. Lavash (bexamirturush) non aloxida beriladi. 


43 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling