Mundarija: kirish I bob. Ijtimoiy normalar turlari
Tabiiy huquq va pozitiv huquq
Download 54.4 Kb.
|
Matkarimov Muhammadkarim
Tabiiy huquq va pozitiv huquq.
Qadimda vujudga kelgan tabiiy huquq g’oyasi golland huquqshunosi Gugo Grotsiyning "Urush va tinchlik huquqi haqida" nomli asarida (1625 y.) puxta ishlangan. Tabiiy huquq - bu insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bо’lgan huquq va erkinliklari majmuidir. Tabiiy huquq nazariyasi namoyondalari - tabiiy huquqlar qatoriga: insonning erkinlik huquqi, insonlar bilan muloqatda bо’lish, nasl qoldirish, hayotga va oddiy turmush sharoitiga, xususiy mulkka ega bо’lish, hayotini va sog’lig’ini himoya qilish kiradi. Shu asosda tabiiy huquqlardan kelib chiqadigan asosiy vazifalar - bu qonuniy - boshqa odamlarga, jamiyatga va davlatga zarar yetkazmaslik, boshqa insonlarning huquqlarini amalga oshishiga halal bermaslikdir. Shunday ekan, tabiiy huquq, huquq haqidagi eng yuksak, chuqur axloqiy va oliy darajada adolatli tushunchalarning majmuasini ifodalaydi. Pozitiv (ijobiy) huquq - bu davlat tomonidan qabul qilingan qoidalar, ya’ni qonunchilik va uning boshqa manbalarida ifodalangan huquqdir. Ijobiy huquq qonunchiliksiz, huquq qoidalarisiz, pretsendentsiz, normativ shartnomasiz bо’lmaydi. Shuning uchun ham qonunchilik va huquq kо’pincha aynan bir narsa deb hisoblanadi. Huquqning tabiiy va pozitiv turlarga bо’linishi huquqshunoslik fanining bir qator bahsli masalalarini hal qiladi. Birinchidan, huquqni "keng" va "tor" ma’noda tushunish о’z mazmunini yо’qotadi. Chunki tabiiy va pozitiv huquq g’oyasi nazariy jihatdan aniq va ishonchli, amaliy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Ikkinchidan, huquqning paydo bо’lishi davlat bilan bog’lanmagan, chunki tabiiy huquq davlatdan oldin paydo bо’lib, usiz mavjud bо’lishi mumkin. Pozitiv huquqni esa davlatsiz tasavvur qilish mumkin emas va u davlat huquqni yaratishining natijasida bо’ladi. Pozitiv huquq, Gegel ta’biri bilan aytganda, umuman davlatda amal qiladigan huquqdir va u oqilona kuchga ega bо’lgani uchun emas, chunki u mavjuddir". Uchinchidan, huquq va qonunchilik о’rtasidagi о’zaro munosabat aniqlashadi. Qonunchilik tabiiy huquqning ma’lum bir qismini ifodalab beradi. Huquqning qolgan qismi esa prinsip, huquqiy ong va boshqa huquqiy kо’rinishlarda mavjud bо’ladi. Qonunchilik tabiiy huquqni tо’g’ri tasvirlashi mumkin. XULOSA Mavzuni o’rganish davomida quyidagi xulosalarga keldik: Huquqiy kafolatlar – fuqarolar huquq va erkinliklarini qonunlar asosida mustahkamlash va ta’minlashdir. Huquqiy kafolatlarni real amalga oshishi faqat demokratik rejim sharoitidagina kuzatiladi.Fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlarini bir necha guruhlarga bo’lish mumkin. Kafolatlar qanday tur, shakl yoki ko’rinishda bo’lmasin bir maqsadga yo’naltirilgan. Inson huquq va erkinliklari kafolatlarining asosiy vazifasi shundan iboratki, birinchidan, inson huquqlarini amalga oshirishni ta’minlash, ularning buzilishiga yo’l qo’yilgan bo’lsa, ularni bartaraf etish; ikkinchidan, ushbu huquqlar bilan bog’liq bo’lgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash siyosatini olib borish. Inson huquqlarining va erkinliklarining kafolati – bu umumxalq muhokamasidan o’tkazilgan, davlat tomonidan o’rnatilgan yoki tasdiqlangan, shaxslar va fuqarolarga belgilab qo’yilgan huquq va erkinliklarni amalda ta’minlashga yordam beradigan huquqiy vositalar, yuridik usullar va shart-sharoitlar majmuidir.Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda yuridik kafolatlar alohida o’rin tutadi, chunki boshqa barcha kafolatlar yuridik jihatdan tartibga solinishni taqozo etadi. YA’ni, yuridik kafolatlar fuqarolarning huquq va erkinliklarining qonunlar asosida huquqiy jihatdan kafolatlanishidir. O’zbekiston inson huquqlarini himoya qilish tizimi va mexanizmlarini biron-bir davlatga yoki xalqaro tashkilotga yaxshi ko’rinish uchun rivojlantirmadi. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish va demokratik huquqiy davlat barpo etish mustaqil O’zbekistonning asosiy vazifasiga aylangan edi.Inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari ularni ro’yobga chiqarishga qodir kafolatlarsiz quruq gap bo’lib qoladi. Shu bois bizning Konstitutsiyamizda ularga katta e’tibor berilgan. Amaldagi Konstitutsiyada kafolat-normalar shaxs huquqlari va erkinliklari bilan bir bo’limga kiritilgan, ularda ifodalangan qoidalar esa O’zbekiston Respublikasida inson va fuqarolar huquqiy maqomining asoslarini tavsiflaydi. Bizning nazarimizda, bu o’rinlidir, chunki kafolatlar inson va fuqaro huquqiy maqomi asoslarining tarkibiy qismi sifatida qaralishi lozim. Kafolatlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, axloqiy va tashkiliy-texnikaviy bo’lishi mumkin. Bu hollarning barchasida u yoki bu ijtimoiy va huquqiy institut normal, ya’ni qonunda belgilangan tarzda faoliyat ko’rsatishini ta’minlashi lozim bo’lgan muayyan shart-sharoitlar va vositalar to’g’risida so’z yuritilishi mumkin. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish sharoitida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidagi konstitutsiyaviy kafolatlar tizimini hayotga tatbiq etishga qaratilgan islohotlar jamiyatning shu maqsad yo’lidagi vazifalariga to’liq mos kelmoqda, inson huquqlarini kafolatlovchi milliy mexanizm yaratilmoqda. Inson huquq hamda erkinliklarini ta’minlovchi va kafolatlovchi davlat organlari tizimi tashkil etilib, ixtisoslashgan nodavlat tashkilotlarining paydo bo’lishiga ko’maklashmoqda. Hozirgi paytda insonning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida inson va fuqaro huquq hamda erkinliklarining kafolatlari to’g’risida qonun qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Inson huquqlari g’oyasi milliy parlamentimiz faoliyatida doimiy o’rin egallashi darkor. Har qanday qonun ishlab chiqilayotgan va muhokama etilayotgan paytda insonning asosiy huquqlariga qanchalik mos kelishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Ana shu prinsiplarga og’ishmay rioya etilgan taqdirdagina chinakam fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish mumkin. Demokratik huquqiy davlat muhim belgisi namoyon bo’luvchi va inson huquqlarining ishonchli kafili bo’lgan jamoat nazoratini kuchaytirish bilan bog’lik. Mazkur sohada amalga oshirilishi lozim bo’lgan choralar fikrimcha, jamoat palatasi to’g’risidagi qonun hujjati qabul qilinishi, nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, ular bilan o’zaro davra suxbatlar o’tqazilishi, mustaqil ravishda yoki “Ijtimoiy fikr” markazi bilan o’zaro hamkorlikda maxsus tadqiqotlarni amalga oshirish, ommaviy axborot vositalarining erkinligini yanada kuchaytirish va mustaqil jurnalist tekshiruvlar o’tqazilishini ta’minlashda samarali ishtirok etish bilan bog’liq . Bugungi kunda huquqni muhofaza qilish organlarida turli xil protsessual buzilishlar ro’y bermoqda. Jumladan ushlab turish normalarining buzilishi, qonundagi 72 soat o’rniga ko’proq ushlab turilishi, ushlab turish haqida bayonnoma o’z vaqtida tuzilmasligi, sanksiya olishda, aksariyat gumonlanuvchi shaxslar ishtirok etmasligi, gumonlanuvchi, ayblanuvchigi, ma’naviy, ruhiy yoki jismoniy tazyiq o’tqazilishi; xatto qiynoqlarning qo’llanilishi, tergov hujjatlarning, ayniqsa solik inspeksiyasi va auditor tekiruvlarning soxtalashtirishi, jinoyat sodir etganlikda iqrorlik ko’rgazmalarini zo’rlik ishlatish yo’li bilan olish. Dalillarga baxo berish chog’ida sud tomonidan mas’uliyat bilan yondashmaslik hollari esa, yuqorida tilga olingan qonunbuzarliklarni legallashtirib qo’yishi mumkin. Shu munosabat bilan dastlabki tergov va surishtiruv, sud jarayonida protsessual normalariga aniq rioya qilinishi ustidan jamoat nazoratini joriy qilish eng dolzarb masala sifatida ko’rilishi lozim. Huquqiy ongi o’sgan shaxs esa, yuqorida zikr etilgan qonunbuzilishlari bo’yicha nafaqat davlat sudlariga, balki xalqaro organlariga murojaat qilishi mumkin. Bu esa o’z navbatida ham davlat obro’siga, ham sud obro’siga, ham davlat budjetiga putur yetkazadi. Qonun vakolatli davlat organlari tomonidan ma’lum tartibda o’rnatilgan qat’iy belgilangan huquqiy hujjatlardan iborat. U davlat irodasini, davlat hokimiyati tepasida turgan xalqning, ijtimoiy guruhlarning huquqiy ongini ifodalaydi.Axloq jamiyatning tabaqalarga boʻlinishi va davlat tashkil topishidan oldin ham paydo boʻlgan. Axloq normalari jamoatchilik fikrida shakllanadi. Axloq tamoyillari va me’yorlarini tizimlashtirish, "axloq kodeksi"da to’plash mumkin, lekin umuman olganda, axloqiy qarashlar, g’oyalar, talablar jamoatchilik fikrida ifodalanadi, ularga etkaziladi.Axloqiy qarashlar, g’oyalar badiiy adabiyot orqali yetkaziladi; san’at, ommaviy axborot vositalari. Axloq qonun bilan tartibga solinadigan munosabatlar sohasiga qaraganda kengroq munosabatlar sohasini qamrab oladi. Kundalik hayotda, jamoada, oilada odamlar o’rtasidagi ko’plab munosabatlar axloq ob’ekti bo’lib, lekin qonuniy tartibga solinmaydi. Huquqiy davlatning mazmuni ko’proq o’ziga xoslik bilan tavsiflanadi, bir qator hollarda huquqiy normalar juda batafsil tafsilotlar va aloqalarni nazarda tutadi. Download 54.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling