Kurs ishning maqsadi va vazifalari. Mustaqil taraqqiyot yillarida yurtimizda huquqiy davlat, demokratik jamiyat, erkin va farovon hayot qurish yo’lida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Inson huquq va erkinliklari kafolatlarini ta’minlovchi mavjud qonunchilik tizimini va O’zbekistonning bu boradagi siyosatini o’rganish mazkur kurs ishimizning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Shu maqsadda quyidagi vazifalarni o’z oldimizga qo’ydik:
- Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari tushunchasi va mazmuni nazariy jihatdan tahlil qilish;
- O’zbekistonning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi siyosatini o’rganish va tahlil qilish;
- Jamiyatni demokratlashtirishda inson, uning huquq va erkinliklari, qadr-qimmati va manfaatlarining ustuvor ekanligini ko’rsatish;
- Konstitutsiyamiz va boshqa qonun hujjatlarida inson huquq va erkinliklarining kafolatlari mazmunini ochib berish;
- Inson huquqlarini sud orqali himoya qilish sohasidagi yutuqlar va muammolarni ochib berish.
Kurs ishi mavzusining obyekti va predmeti. Mavzuning obyekti O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq inson huquq va erkinliklarining kafolatlari hisoblanadi.
Mavzuning predmetini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar bilan bog’liq ravishda inson huquq va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash bilan bog’liq munosabatlar tashkil etadi.
Ishning amaliy ahamiyati. Kurs ishida keltirilgan ma’lumotlardan O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, Huqushunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish, Siyosatshunoslik fanlarini o’rganishda, kurs ishlari va referatlar yozishda, seminarlarga tayyorgarlik ko’rishda, mustaqil ishlarni bajarishda foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi mavzuning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda mavzuni har tomonlama o’rganishni ta’minlaydi.
Kurs ish 25 sahifadan iborat bo’lib, kirish, 4 paragrafni o’z ichiga olgan 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi.
1.Mavzuga doir ma’lumotlarni yig’ish va rejani shakllantirish
2.Ijtimoiy normalar haqida ma’lumotga ega bo’lish
3.Kurs ishini jihozlab uni himoyaga tayyor qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |