Mundarija: kirish I bob. Ijtimoiy normalar turlari
Download 54.4 Kb.
|
Matkarimov Muhammadkarim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqning asosiy belgilari
Obyektiv huquq – umummajburiy xulq-avtor qoidalarining yig’indisi. Bu normalar u yoki bu insonning, subyektning irodasi hamda xohish-istagidan qat’i nazar mavjud bо’ladi.
Subyektiv huquq – muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bо’lgan huquq. Masalan, fuqaro Jо’rayevning ma’lum narsaga, aytaylik avtomobilga nisbatan mulk huquqi. Subyektiv huquq yuridik jihatdan shaxs erkinligini ta’minlaydi, unga mustaqillik beradi va tashabbus kо’rsatishiga imkon yaratadi. Subyektiv huquq obyektiv huquqqa asoslanadi, obyektiv huquq bо’lmasa, subyektiv huquq ham bо’lmaydi. Subyektiv huquq insondan (yoki tashkilotdan), ya’ni huquqdor shaxsdan ajralmagan holda mavjud bо’ladi. Huquq davlat bilan chambarchas bog’langan. Davlatsiz huquq bо’lishi mumkin emas, chunki aynan davlat huquqni keltirib chiqaradi va huquqiy normalarning amalga oshirilishini kafolatlaydi, huquqni muhofaza qiladi. О’z navbatida, davlat ham huquqsiz mavjud bо’lishi mumkin emas. Aks holda u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi vositadan mahrum bо’ladi. Huquqning asosiy belgilari quyidagilardir: 1) davlat yо’li bilan о’rnatilishi; 2) barcha uchun majburiyligi; 3) huquq normalarining qonunlar va boshqa muayyan manbalarda ifodalanishi; 4) subyektiv huquqlar orqali harakat qilish; 5) davlat tomonidan ta’minlanganligi. Huquq adolatdan ajralmasdir. Rim huquqida huquqning halol yashash, о’zgalarni xafa qilmaslik, har kimga keraklisini berish kabi qoidalari yozib qо’yilgan edi. Huquq ezgulik va adolatlilik san’ati-dir. Huquqda adolat mezoni ifodalanadi. Huquqni tushunishda uch xil yondashuvni kо’rsatish mumkin: birinchidan, hukuqni normativ tushunish. Mazkur yondashuvda huquq – huquqiy normalar yig’indisi yoki tizimi sifatida ta’riflanadi. Huquqiy adabiyotlarda bu yondashuv huquqni tor ma’noda tushunish deyiladi; ikkinchidan, huquqni sotsiologik tushunish. Bu yondashuvda huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bilan tenglashtiriladi; uchinchidan, huquqni falsafiy tushunish. Bu yondashuvda «huquq» tushunchasi erk va adolat о’lchovlari bilan ta’riflanadi. Yuridik adabiyotlarda sо’nggi ikki yondashuv asosida huquqni keng ma’noda tushunish shakllangan. Huquqni keng ma’noda tushunish tarafdorlari bо’lgan huquqshunos olimlar huquqni ta’riflashda huquq normalaridan tashqari huquq tushunchasiga huquqiy ong, huquqiy munosabat va boshqa bir qator huquqiy hodisalarni ham qо’shadilar. Shuni alohida ta’kidlash joizki, huquqni tushunishda turlicha yondashuvlarning bо’lishi tabiiy. Sababi huquq – о’ta murakkab va serqirra ijtimoiy hodisadir. Har bir huquqshunos olim huquqning u yoki bu xususiyatiga, jihatiga alohida e’tibor berishi mumkin. Ammo huquqni tushunishdagi turli xil yondashuvlarni bir-biriga qarama-qarshi qо’yish notо’g’ri bо’ladi. Chunki, fikrimizcha, huquqqa turlicha yondashuvlar bir-birlarini tо’ldiradi, huquqning mohiyatini ochib berishiga yordam beradi, xolos.Haqiqat - doimo keskin qarama-qarshi fikrlarda emas, balki ular о’rtasidadir. Qarama-qarshi tushunchalarni yaqinlashtirish mumkin, murosa asosida esa ma’qul keladigan «huquq» tushunchasini berish mumkin. Huquq davlat bilan mustahkam bog’langan. Davlatsiz pozitiv huquq bо’lishi mumkin emas, chunki aynan davlat pozitiv huquqni keltirib chiqaradi va huquqiy normalarning amalga oshirilishini kafolatlaydi, huquqni muhofaza qiladi. О’z navbatida, davlat ham huquqsiz mavjud bо’lishi mumkin emas. Aks holda u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi vositadan mahrum bо’ladi. Download 54.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling