Mundarija: kirish I bob. Ijtimoiy normalar turlari
Download 54.4 Kb.
|
Matkarimov Muhammadkarim
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB.HUQUQ VA AXLOQ O’RTASIDAGI FARQ………………………...15
Ijtimoiy normalar tizimi MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………………….2 I BOB. IJTIMOIY NORMALAR TURLARI…………………………………..7 Qonun va axloq…………………………………………………………….11 Huquq va axloqning umumiy va farqlovchi belgilari……………………….11 II BOB.HUQUQ VA AXLOQ O’RTASIDAGI FARQ………………………...15 2.1. Normativ tartib………………………………………………………………..16 2.2. Huquq va boshqa ijtimoiy normalar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik…………….23 XULOSA…………………………………………………………………………32 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………35 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Moddiy va ma’naviy, ijtimoiy-siyosiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni dilida jo qilib olgan, hayotni go’zal va farovon qilish, tinchlik, demokratiya, yangi hayot uchun kirishayotgan mehnatkash inson – eng oliy darajadagi boylik, qadriyatdir. Insonning oliy qadriyat ekanligi uning dastavval o’z-o’ziga va jamiyatning insonga bo’lgan axloqiy munosabatlarida ifodalanadi. O’zbekiston Respublikasi o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismlari bo’lgan inson huquqlari va manfaatlari kabi demokratik qadriyatni rivojlantirish imkoniyatini berdi. O’zbekiston Respublikasi Asosiy Qonuni bo’lmish Konstitutsiyaning qabul qilinishi olamshumul ahamiyatga ega bo’ldi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi inson va davlat, inson va jamiyat munosabatlarining ishonchli kafolati, yillik faoliyatimizning yo’riqnomasi bo’lganligi, unda bugungi real voqeligimiz hamda ertangi kunimizga chuqur ishonch o’zining ifodasini topganligini kundalik hayotimizda ro’y berayotgan o’zgarishlar amalda tasdiqlamoqda. Istiqlol yillari davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha jabhalardagi islohotlar inson qadr-qimmatini yuksaltirish, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat tuyg’usini shakllantirish, aholi uchun munosib turmush tarzini yaratishga qaratildi. Mustaqil O’zbekistonning Bosh Qomusi – Konstitutsiyasining 2-bo’limida inson huquqlari va erkinliklarining umum e’tirof etilgan standartlari o’z ifodasini topdi, davlatning fuqaro oldida ma’sulligi mustahkamlandi. Zero, O’zbekiston Respublikasida insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash nafaqat davlat doirasidagi harakatlar bilan cheklanmasdan, xalqaro munosabatlarda inson huquqlariga doir universal xalqaro-huquqiy hujjatlarga qo’shilib bormoqda. Erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lidan borayotgan mustaqil davlatimiz inson huquqlarining himoyasi va demokratik islohotlarni chuqurlashtirish borasida jahon hamjamiyatidagi mavjud siyosiy jarayonlar bilan hamohang qadam tashlamoqda. Bugungi kunda O’zbekiston tomonidan inson xuquqlariga doir 60 ga yaqin xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya, Ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi Konvensiya, Qiynoq va boshqa shavqatsiz, inson qadr-qimmatini kamsituvchi g’ayrinsoniy muomala turlari va jazolarga barham berish to’g’risidagi Konvensiya, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi Pakt ushbu hujjatlar jumlasidandir. O’zbekiston Respublikasi tomonidan davlat mustaqilligining dastlabki damlarida, ya’ni 1991-yilda Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasiga qo’shilganligida chuqur ramziy ma’no bor. O’zbekistonda inson huquqlari masalalari qay darajada rivojlanganligini ilmiy-amaliy tahlil qilish, tegishli tavsiya va xulosalarni qabul qilish nihoyatda e’tiborga sazovordir. Zero, Inson huquqlariga oid Yevropa standartlari O’zbekistonda ham muayyan darajada o’z ifodasini topishi mamlakatimizni yanada rivojlantirishi shubhasiz. Inson huquqlari va erkinliklarini mustahkamlashga doir O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati izchil rivojlanib borib, mamlakatimiz inson huquqlariga sodiqligi o’zining konstitutsiyaviy ifodasini topib, bugungi kunda shu sohada keng qonunchilik bazasi yaratildi. Muhimi shundaki, O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini tobora mustahkamlash va rivojlantirish uchun hal qiluvchi omillar, jumladan, xalq hokimiyatchiligi, davlatning inson oldida mas’ulligi belgilandi. Inson huquqlari, eng avvalo, umuminsoniy qadriyatlarga, umumjahon sivilizatsiyasiga, bu sohada boshqa xalqaro erishilgan tajribalarga hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va meyorlariga asoslangan. O’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo’lib, inson huquqlariga doir bir qator xalqaro-huquqiy hujjatlarni imzolagan. Mamlakatimizda xalqaro huquq normalari va umuminsoniy qadriyatlar milliy qonunchiligimizga singdirilib, ustuvor maqomga ega bo’ldi. Adolatli fuqarolik jamiyatning huquqiy asoslari jadallik bilan shakllantirilmoqda. Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlik davlat faoliyatining muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanib, bunda shaxsning huquq va erkinliklari kafolatini real ta’minlash asosiy maqsad qilib qo’yilgan. 2005-yil 7-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda Prezidentimiz Islom Karimov “Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat” mavzusida ma’ruza qilib, unda inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida belgilab qo’yilgani, Konstitutsiyamiz g’oyat murakkab mashaqqatli rivojlanish yo’lidan borishda, o’ta tahlikali vaziyatlarda to’g’ri yo’lni topish va kelajakka ishonch bilan qarashda asos bo’lib xizmat qilib kelayotganligi ta’kidladi. Darhaqiqat, Konstitutsiyamiz yurtimizda yashayotgan har qaysi fuqaro, har qaysi oila taqdirida, ularning bugungi hayoti, ertangi kelajagi, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda beqiyos ahamiyatga egadir. “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat. Bu – mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu – insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir”. Inson huquqlari himoyasi muhim masalalardan biri bo’lib kelgan. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligining ilk qadamlarida inson huquqlarini himoya qilishga har tomonlama etibor qaratib keldi va bu bo’yicha bir qator ishlar olib borilmoqda. O’tgan davrda qonun ijodkorligi yo’nalishida amalga oshirilgan ishlar shunchalik sermahsul va serqirra bo’ldiki, bular inson, jamiyat va davlat masalalariga tegishli aksariyat muammolarni o’z ichiga oldi. I.A.Karimov qabul qilingan yangi Konstitutsiya nuqtai nazaridan qonunchilikni ko’rib chiqish lozim, degan talabni ilgari surdi. Prezident tomonidan talablarni hayotga joriy etish mamlakatimizda turli sohalar bo’yicha kodekslar va huquqiy meyorlar tayyorlashga jadal kirishildi. Bu hujjatlar xo’jalik yuritishni takomillashtirish, ma’muriy huquq, jinoyat huquqi va jinoyat jarayoni, fuqarolik kodeksi va boshqa kodekslarning asosiy demokratik tamoyillari, inson erki va huquqlarini himoya kiladi va ular izchillik bilan tatbiq etilmokda. Respublika Prezidenti boshchiligida ham jamiyatimizni yanada demokratlashtirishga qaratilgan talaygina tadbirlar amalga oshirildi. Bunday amalga oshirilgan ishlar xalqning milliy xususiyatlarini, tarixi, urf-odatlarini hisobga olgan holda sharqona demokratiya yaratishni nazarda tutadi. Shuning uchun inson huquqlariga tegishli bo’lgan masalalarni tartibga solgan mamlakatlarning inson huquqlari bo’yicha qoidalarini respublikamizning o’ziga xos va noyob xususiyatlarini nazar-e’tiborga olib tatbiq etish maksadga muvofikdir. Inson huquqlarini himoya kilish bilan bog’liq masalalar yuzasidan fuqarolar tegishli huquq-tartibotni muhofaza etuvchi idoralarga murojaat etganida, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari tufayli fuqaroning huquqlarini kamsitadigan hollar mavjudligi amaliyotda ma’lum. Yurtboshimiz O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qator sessiyalarida bunday salbiy holatlarni bartaraf etish zarurligini kayd etgan. Prezidentimizning asarlarini o’rganish orqali ularning ko’pchiligida inson huquqlari va erkinliklari, davlat, huquq, qonun masalalariga alohida e’tibor berilganligini ko’rishimiz mumkin. Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasini ustuvor vazifa deb qarash va shu asosida yo’l tutish, bu jarayonni tubdan tezlashtirish bugungi kunda biz uchun eng dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Download 54.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling