Kurs ishi mavzusining o’rganilish darajasi. Ma’lumki, o’z davrida
Markaziy Osiyo eng yirik aholi punktlaridan biri bo’lgan. Lekin, uzoq yillar
davomida iqtisodiy, siyosiy va madaniy omillar tufayli tadqiqotchilarlarning
e’tiboridan chetda qolgan. Mazkur yodgorliklar sovetlar davrida G. Chayld, V.
Masson, V. Sarianidi, M. Dyakonov, A. Kabırov, A. Asqarov, U. Rahmonov kabi
tadqiqotchilar tomonidan u yoki bu darajada o’rganilgan. Lekin mazkur
tadqiqotlarning aksariyatida Markaziy Osiyo tarixiga umumiy, ya’ni kompleks
ravishda yondashilmaganligi ajablanarlidir. Masalan ingliz olimi G. Chayldning
Markaziy Osiyo shaharlari ilmiy izlanishlarida paydo bo‘lish masalasi Qadimgi
Sharq arxeologiyasining bir bo‘lagi sifatida qaralgan bo‘lsa, M. Dyakonov,
tadqiqotlarida Markaziy Osiyo shaharlashish jarayoniga asosiy e'tibor qaratilgan.
Lekin mazkur manzilgohlar tarixini o’rganishda rus olimi V. Masson tadqiqotlarini
qayd etmaslik noto‘g‘ri bo‘ladi. Mazkur olim Markaziy Osiyo shaharlashishi va
vujudga kelish jarayoni, uning hududiy xususiyatlari, aholining joylashuvi,
mashg‘ulotlari, moddiy va ma'naviy madaniyati haqida kengroq ma’lumot
berganligi bilan xarakterlidir
Mavzuning maqsad va vazifasi: Kurs ishi mavzusining asosiy maqsadi,
mavjud manbalar yordamida Ilk o’rta asrlar Markaziy Osiyo shaharlari va ularni
rivojlanishi va hududlarda joylashgan yodgorliklarni kompleks tarzda o‘rganishdan
iborat. Mavzuning maqsadidan kelib chiqib, muammo ilmiy yechimini izlashda
quyidagi ilmiy vazifalarni amalga oshirishni ko`zda tutilgan: Markaziy Osiyo
hududidagi ilk dehqonchilik va shaharsozlik madaniyatining vujudga kelish
jarayonlari tarixini o‘rganish. Markaziy Osiyo shaharlari tipologiyasini tadqiq etish.
O’rta Osiyo hududida joylashgan Buxoro va Samarqand shaharsozlik tarixini
mavjud arxeologik va moddiy manbalar asosida tadqiq etish. O‘rta Osiyo
hududidagi ilk shaharsozlik madaniyatining vujudga kelishga doir ilmiy xulosalar
chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |