Mundarija kirish I. Bob Ilk o’rta asrlar markaziy osiyo shaharlari va ularni rivojlanishi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Ahmadaliyev Kamron- Ilk o\'rta asrlarda
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Bob - Ilk o’rta asrlar markaziy osiyo shaharlari va ularni rivojlanishi 1.1 Arxeologik ma’lumotlarning shaxarlar tarixini o’rganishdagi axamiyati
Mavzusining ob'yekti va predmeti. Mavzuning ob'yektini ilk o’rta asrlar
davrida vujudga kelgan Buxoro vohasida joylashgan qadimiy shaharlar tarixi, uning predmetini esa mazkur shaharlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarni o‘zida aks ettirgan manbalar tashkil etadi. 4 I. Bob - Ilk o’rta asrlar markaziy osiyo shaharlari va ularni rivojlanishi 1.1 Arxeologik ma’lumotlarning shaxarlar tarixini o’rganishdagi axamiyati Markaziy Osiyoning qadimgi tarixini tadqiq etishdagi murakkab muammolardan biri - Markaziy Osiyoning sivilizatsiyasi va davlatchilikigining paydo bo’lishi xamda rivojlanish bosqichlari xisoblanib, bu jarayonda shaxarlar shakllanishini o’rganish muhim axamiyat kasb etadi. Bu holat sivilizasiya va davlatchilik - urbanistik xususiyatlarni o’zida aks ettiruvchi qonuniyatga ega ekaligi bilan izohlanadi. Chunki, har bir tarixiy davrda aynan shaxarlar davlat saloxiyatining ma'muriy, xarbiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazlari sifatida mavjud bo’lgan. Shaharlarda hunarmandchilik ishlab chikarish va savdo-sotiq, boshqaruv tartibi va xarbiy garnizonlar, o’z davrida yetakchi bo’lgan dinlarga xos ibolatxonalar markazlashgan va faoliyat ko’rsatgan. Shuning uchun ham o’lkamiz tarixi va madaniyatini yorituvchi turli davrlarga oid tarixiy va tarixiy-geografik minbalarda solnomachilar Markaziy Osiyo shaxarlariga katta qaratganlari tasodifiy xol emas. Ayni vaqtda shaxarlarning shakllanishi murakkab va uzoq davom etadigan jarayonligini xam ta'kidlash joizdir. Shaxarlar davlatchilikning dastlabki bosqichlaridayoq paydo bo’lib, uning rivojlanishi, gullab-yashashi va inqiroziy xolatlarini o’zida aks ettiradi. Ammo davlatlar taraqqiyotining ilk bosqichlari yozma manbalarda juda kam aks etgan bo’lsa, ilk shaxarlar haqida deyarli ma’lumotlar uchramaydi. Yozma manbalar urbanizatsiya masalalarining bu jarayon gullabyashnagan davri xaqida ma’lumot beradi, xolos 1 . Arxeologik materiallar bu jarayonni ilk bosqichlarini o’rganish, tushunish va anglab yetish uchun muhim bo’lgan hamda shaxar tizimining asosiy jixatlari - boshqaruv xokimiyatining belgisi bo’lgan harbiy-mudofaa va ma’muriy, rivojlanayotan davlatchilik belgisi bo’lgan ijtimoiy-ierarxik xususiyatlar, turli hunarmandchilik-ishlab chiqarish belgilari, savdo-sotiq va madaniyat almashuvining markazlari, diniy e’tiqodlar markazlarining belgilari kabi ko’plab shaxarlar tarixi va aks ettiruvchi tomonlar asosan, arxeologik topilmalarda o’z ifodasini topadi. Shuning uchun xam qadimgi shaxar xarobalarida bu jarayonni o’rganishimiz uchun muhim bo’lgan haqiqiy tarixning izlari va qoldiqlari saqlanib qolganligi shubxasizdir 2 . Ayni vaqtda arxeologik materiallar o’ziga xos va murakkabdir. Yozma manbalardan farq qilgan holda, ular saqlab qo’yish yoki avlodlarga malumot yetkazish maqsadida maxsus bunyod etilmay, qadimgi tarixiy jarayonlarning mahsuli xisoblanadi. Tarixiy informatsiya arxeologik materiallarda ashyoviy buyumlar, narsalar yoki makonlar shaklida muxrlangan bo’lib, ular ijtimoiy va 1 Eshov B. O’rta Osiyo qadimgi shaharlari tarixi. Darslik. Toshkent. ‘’Fan va tehnologiya’’,2008., 67-b 2 Asqarov. A – Eng qadimiy shahar. T:. 2004. 79-b 5 siyosiy tarix uchun to’g’ridan-to’g’ri to’liq fakt bo’la olmaydi. Aynan shuning uchun xam ularni tarixiy, ijtimoiy va madaniy umumlashtirish darajasiga ko’tarishni faqat arxeologik materiallarni taxliliy uslub orqali tarixga yo’naltirish yoki tarixga aylantirish yo’li bilangina amalga oshirish, izoxlash va talqin etish mumkin. Ob'ektlar tipologiyasi tartibini ishlab chiqish, materiallar xususiyatlarini taxlil etish va ular asosida haqiqiy mavjudlik orasidagi uzviylikni ochib berish arxeologik materialni qayta ishlab tarixiy manbaga aylantirishga imkoniyat yaratadi. Bu jarayonni ob'ektiv yoritish uchun tartibli yondashuv yoki tadqiq etilayotgan mavzu bo’yicha tadqiqotchilar tomonidan to’plangan arxeologik manbalarni mumkin qadar ko’proq egallash va ularni chuqur taxlil qilish lozim bo’ladi. Buning uchun tadqiqotchida materiallarni sifatiy arxeologik sharxlash yoki izoxlashini amalga oshirishda tarix fanining muxim ilmiy-tadqiqot yo’nalishi sifatida ma’lum arxeologik tayyorgarlik va bilimlar zarur bo’ladi. Bu bilimlar mashxur majmualar bilan birgalikda turli yillarda ochilgan ob'ektlarni aniqlash, ularning tuzilish jixatlari, ob'ektlarning ma'lum hududiy va tuzilish guruxlari tipologiyasini o’rganishni talab etadi 1 . Bunday taxlil esa keyingi bosqichda arxeologik manbalarni sotsiologik va madaniyatshunoslik tadqiqotlar darajasida yoki tarixiy manbalar darajasida tushunish uchun keng imkoniyat yaratadi. Qadimgi ishlab chiqarish jarayonlarini tarixan qayta tiklash tadqiqotning muxim qismi xisoblanib, ularni umumlashtirish shaxar va davlat iqtisodiy tarixini tarixiylik nuqtai nazaridan ochib berish imkoniyatini yaratadi. Ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega bo’lgan o’zgarishlar shahar xayoti tuzilishining o’zgarishiga olib keladi. Shuning uchun xam turli davrlarga oid shaxarlar o’ziga xos tuzilish shakliga ega bo’ladi. Shu bilan birgalikda shaxarlar sifatiy jixatdan boshqa aholi joylashuv punktlaridan shaxarga xos. Bo’lgan xususiyatlar bilan ham farqlanadiki, bu jixatlarni aniqlash tadqiqotchir banologlarning xozirgi paytdagi muhim vazifalaridan xisoblanadi 2 . Turli bosqichlarda shaxarlarning uzoq vaqt mobaynida shakllanishi tarkibiy qismlarining rivojlanishi, shaxar tuzilmasining shakllanib bo’lgan jixatlarining turlicha rivojlanishi va turli geografik zonalardagi axoli punktlari shaxarga xos bo’lgan jixatlarni aniqlash juda murakkabdir. Chunki, ayrim gurux shaxarlar ma'muriy markazlar sifatida rivojlansa, ayrim gurux shaxarlarda xarbiy-mudofaa, madaniy yoki ishlab chiqarish vazifalari ustunlik qiladi. Shuning uchun xam dastlabki shaxarlarning tarkibiy qismlarini tadqiq etish - arxeologik materiallarning juda ko’pligi nuqtai nazaridan ko’p qirralidir. Arxeologiyadagi tarkibiylik faqatgina moddiy madaniyat ob'ektlarini o’rganish bo’libgina qolmay, balki umuman jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi tarixi, fan, madaniyat, etiqodlar va san'at, 1 Eshov B. O’rta Osiyo qadimgi shaharlari tarixi. Darslik. Toshkent. ‘’Fan va tehnologiya’’,2008., 69-b 2 Shirinov T. Tariximiz etyudlari. 13-b 6 etnogenez va demografik jarayonlar, davlatchilikning shakllanishi va shaxar madaniyatining rivojlanishi tarixi xamdir. Arxeologik manbalarning ushbu jixatlarini o’rganish uchun maxsus ilmiy konferensiyalar va nazariy tadqiqotlar o’tkazilgan. Boshqa muammolar qatori ularda jamiyat faoliyatining muhim yo’nalishlari markazlashgan va jamiyat rivojlanish darajasining o’ziga xos ko’rsatgichi bo’lgan shaxar masalasi aloxida o’rin egallaydi. Arxeologlar arxeologik manbalar orqali shaxarni ko’p vazifali ijtimoiy aloqalarning murakkab tartibi sifatida tadqiq etadilar. Takidlash joizki, shaxarlarning rivojlanishi jarayonida ular bajarayotgan ko’pgina vazifalarning roli o’zgaradi, ayrimlari yo’qolib boradi, ayrimlari esa mukammalasha borib nisbatan yuqori boskich darajasiga ko’tariladi. Ammo asosiy vazifalar - aholining bir yerga zich joylashuvi, savdo-sotiq va qishloq xo’jaligi bo’lmagan faoliyat (hunarmandchilik, xarbiy, ma'muriy va madaniy markaz) barcha davrlarda saqlanib qoladi. Bularning barchasiga aniqlik kiritish arxeologik manbalarni taxlil etish, qayta ishlash va tarixiylikka yo’naltirishni talab etadi. Ma’lumotlar taxliliga nazariy yondashuv va arxeologik materiallarni qayta ishlab madaniyatshunoslik va sotsiologik darajada tarixiy manbaga aylantirish asosiy tayanch bilim bo’lib, V. M. Masson tomonidan shaxarlar tarixini o’rganishda ko’llanilgan. Tadqiqotchi arxeologik manbalarni talqin qilishning ikkita: madaniyatshunoslik va sotsiologik darajasini ajratadi. Ma'lumki, arxeologik materiallar mavjud bo’lgan buyum-maxsulot shaklidagi madaniyatni aniq tanlashni o’zida aks ettiradi. Ma'lum mintaqadagi turli manbalarni madaniyatshunoslik jixatidan talqin etish biz uchun muhim bo’lib, ular madaniy majmualardagi ajralib turadigan sara jixatlari, xokimiyat ramzi va ilk sivilizasiyalarni aniqlash imkonini beradi. Bu xolat urbanizasiyalashgan madaniyat belgilaridan biridir. Yana ko’pgina urbanistik belgilarni sotsiologik talqinni o’zida aks ettirib, u rivojlanish bosqichidagi ishlab chiqarish jarayonini, me'morchilik turlarini, manzilgohga oid tuzilmalarni ochib beruvchi arxeologik materiallarda o’z ifodasini topadi. Bu yerda materiallar ma’lum tarixiy xususiyatga ega bo’lgan shaxarmonand - ilk shaxar-rivojlangan shaxar makonga oid tizimi shakllanadigan urbanistik tizimni, uning shakllari va jixatlarini ochib beradi. Materiallarning tartibi va taxlili murakkablashgan ijtimoiy tuzumdagi tarixiy jarayonlarni, jumladan, ilk shaxar belgilari, shaxarmonand manzilgoxlar, ilk shaxarlar, rivojlangan shaxar markazlari tizimi tarixini ishlab chiqishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Arxeolog olimlarimiz tomonidan shaxarlar xakida jamlama xususiyatga ega bo’lgan ma'lumotlar berilgan bo’lsa-da, ularda butun mintaqa miqyosida arxeologik materiallarni tarixiy yo’nalishi jarayoniga maxsus joriy etishga xarakat qilinmagan. Bu xolat O’zbekistonning qadimgi tarixini tadqiq etishidagi dissertasiyaviy tadqiqotlarda yaqqol ko’zga tashlanadi va dissertant ushbu 7 bo’shlikni imkon qadar to’ldirishga xarakat qiladi. Undan tashqari, bugungi kunda respublikamiz tarix fani oldidagi muxim vazifalardan biri - jamiyat tarixini ob'ektiv o’rganish va xalqimiz tarixiy xotirasini qayta tiklash, davlatchilik va shaxarlar paydo bo’lishining asoslari, bosqichlari va shakllarini o’rganish, bu jarayonlar rivojlanishining ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy tomonlarini tadqiq etish xam o’ta muxim xisoblanadi 1 . Demak, arxeologiya fani o’rganadigan moddiy manbalar turli mexnat qurollari, xarbiy yarog’lar, zargarlik buyumlari, turli xom ashyolardan ishlangan idishlar, shuningdek, me'morchilik yodgorliklari – ko’hna shaxar va kishlok xarobalari, turar-joy binolari, ustaxonalar, saroylar, ibodatxonalar, istexkomlar, mudofaa inshootlari va shu kabilardan iboratdir. Bu manbalarga qarab o’tmish ajdodlarimizning ishlab chikarish kuchlari, ishlab chikarish jarayoni, turmush tarzi va moddiy madiniyati haqida ma'lum tasavvur xosil qilish mumkin va eng muximi, mintaqamiz xududlaridagi qadimgi axolining bunyodkorlik faoliyati hamda shaxarlar va davlatchilik tarixining eng qadimgi davrlari bo’yicha muhim ma'lumotlar olish mumkin. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling