Mundarija kirish i-bob Ilm yo’li variativ dasturi asosida bolalarni maktabga tayyorlash


Bolani maktabda uqishiga aqliy tayyorgarlik


Download 43.1 Kb.
bet4/7
Sana03.02.2023
Hajmi43.1 Kb.
#1156513
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
adabiyotlar

2.1 Bolani maktabda uqishiga aqliy tayyorgarlik
Oʻzbekiston respublikasida taʼlim sohasida keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Respublikada joriy etilgan taʼlim tizimi, uning turlari va shakllari orqali har bir fuqaroning taʼlim olishdagi konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirib kelinmoqda. Davlatimiz tomonidan ilmiy sohadagi rivojlanishlar keng qoʻllabquvvatlanmoqda. Ayniqsa bu oʻrinda yosh avlodni kichik yoshdan boshlab sogʻlom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali taʼlim-tarbiya shakllarini hamda usullarini joriy etish va shu orqali bolalarni rivojlantirish borasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston respublikasi qonunining 8 –moddasida:

  • Maktabgacha taʼlim va tarbiya bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, maʼnaviy-axloqiy, etik va estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashga qaratilgan taʼlim turidir.

  • Maktabgacha taʼlim-tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni boshlangʻich taʼlimga bir yillik tayyorlashni nazarda tutadi - deb koʻrsatilgan.

Maktabgacha taʼlimda bolani har tomonlama rivojlantirish, uning umumiy taʼlimda erishiladigan sezilarli yutuqlariga asos boʻladi. Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8dekabrdagi “Boshlangʻich taʼlimga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 999-sonli qarorini ijro etish doirasida davlat oʻz zimmasiga 6-7 yoshli bolalarning maktabga toʻlovsiz majburiy bir yillik tayyorgarligi boʻyicha majburiyatini oldi. 6-7 yoshli bolalar uchun moʻljallangan majburiy boshlangʻich taʼlimga bir yillik tayyorlash guruhlari, bolalarini toʻliq kunli maktabgacha taʼlim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega boʻlmagan yoki muayyan sabablarga koʻra, bolasini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bermagan ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishiga va istisnosiz barcha bolalarning taʼlim olish va rivojlanishga teng imkoniyatga ega boʻlishini taʼminlashga qaratilgan.
Davlat tomonidan taʼlimga berilgan eʼtibor va bu sohadagi yuksalishlar otaonalar tomonidan eʼtirof etilib, farzand taʼlim-tarbiyasiga nisbatan ularni bu boradagi masʼuliyatini kuchaytirmoqda. Ota-onalarimiz tomonidan bolaning ushbu yosh davrida farzandlari tezroq mustaqil oʻqishni va yozishni bilishni istashlari haqida xohish-istaklarni bildiradilar. Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash - dolzarb masala.
Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bola yosh rivojlanish bosqichlarida uning jismoniy, maʼnaviy, imkoniyatlarini hisobga olmasdan turib, uni intensiv mashgʻulotlar bilan maktab taʼlimiga tayyorlovga oʻrgatish mumkin emas. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun maktab taʼlimining shakl va metodlarini qoʻllamaslik kerak. Bolalarning yoshga bogʻliq psixofiziologiyasi, ushbu yoshdagi bolalarning intellektual rivojlanishi uchun maqbul sharoitlar yaratish, maktabgacha taʼlimga oid ish shakllari, didaktik oʻyinlardan, koʻrgazmali-predmetli mashgʻulotlardan, bolalarning amaliy va tasviriy faoliyatining turli shakllaridan keng foydalangan holda tarbiyaviy ishlar usullari qoʻllagan holda amalga oshirilish zarur. Bunday shakllar va usullar yosh bolaning fikrlash va faoliyatining oʻziga xos xususiyatlariga mos keladi, uning bilim faoliyatini ragʻbatlantiradi va intellektual rivojlanishga hissa qoʻshadi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan xalqaro tajribalar hisobga olinib, 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga taʼlim-tarbiya berish va maktab taʼlimiga tayyorlash maqsadida “Ilm yoʻli” variativ dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur 6-7 yoshli bolalar uchun moʻljallangan majburiy boshlangʻich taʼlimga bir yillik tayyorlash guruhlari maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan Davlat talablariga muvofiq, bolaning rivojlanishidagi 5 muhim soha : bolalarning jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish sohalarini har tomonlama uygʻun rivojlanishini taʼminlashga moʻljallangan boʻlib, bunda bola taʼlimiy faoliyatning yetakchi ishtirokchisi sifatida namoyon boʻladi. Dastur talablari bolani har tomonlama rivojlantirib, maktab taʼlimiga tayyorlaydi, unda turli xil koʻnikmalarni shakllantirishda xizmat qiladi. Bu yoshda bolani savodxonligi boʻyicha olib boriladigan taʼlimiy jarayonlar bolalarda nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalarini rivojlantirish sohasi va bola rivojlanishining barcha sohalari bilan chambarchas bogʻliq holda amalga oshiriladi. Bolaning soʻz boyligi oshadi, nutqqa nisbatan qiziqish uygʻonadi, unda mazmunli gapirish, boshlangʻich til boʻyicha maʼlumotga ega boʻlish, badiiy adabiyotga muhabbat shakllanadi. Jamoada oʻzini tutish, savollarga javob berish, kattalar bilan muloqotga kirishish va ular oldida soʻzlash, shaxsiy qarorlarini qabul qilish, boshqalarga namuna boʻlish, qiyin vaziyatlarda amaliy yechim topish uchun intilish koʻnikmalari rivojlanadi.
Bolada qoʻl barmoqlari mayda motorikasi rivojlantirilib, yozuv malakalari shakllanadi. Ular qogʻozda toʻgʻri chiziqlar, soʻzlar va qisqa gaplarni yozadi, yozuv qatorini aniqlay oladi, qoʻlni uzmasdan nuqta chiziqlarni birlashtirib rasm chizish malakalari shakllanadi.
Bolani bu yosh davrida ogʻzaki nutq asosiy oʻrinni egallaydi. Nutq rangbarang ifodali tovushlar yigʻindisidir. U bolani ertaga maktabda muvaffaqiyatli oʻqishi uchun zamin yaratadi. “Soʻz boyligi - deb taʼkidlagan edi Q.Shodiyeva - bolaga barcha mashgʻulotlarda beriladigan bilimlarni tez va puxta oʻzlashtirib olish va bu bilim, tushunchalarni nutq orqali ifodalash imkonini beradi”. Bola nutqining rivojlanishi bevosita uning lugʻatiga bogʻliq. Albatta shuni taʼkidlash lozimki, bolaning lugʻat boyligi bola dunyoni anglashi orqali ifodalanadi. Bola maʼlumotlarni atrof-muhitni kuzatish, ota-onalar, kattalar, tarbiyachilar, oʻrtoqlari, kitoblar, filmlar, mashgʻulot va oʻyinlar orqali oladi. Bularning barchasida bolaga maʼlumotlar ogʻzaki nutq orqali beriladi. Buning natijasida bolaning lugʻat boyligi oshib borishi, u soʻzlar, ularning maʼnosi, ularni qoʻllab, gaplarni grammatik jihatdan toʻgʻri tuzishni, toʻgʻri tovush talaffuzini amalga oshirishi zarur. Bolaga bu maʼlum qiyinchiliklarni tugʻdiradi. Bu jarayon boladan aqliy faollikni talab etadi. Bunda tarbiyachilar tomonidan bolani nutqini rivojlantirish va uni savodxonligini amalga oshirish boʻyicha tizimli taʼlim-tarbiyaviy ishlar amalga oshirilishi zarur. Bu jarayonlar Ilk qadam oʻquv dasturi va Ilm yoʻli variativ oʻquv dasturi asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida va majburiy tayyorlov guruhlarida nutq oʻstirish mashgʻulotlari, rivojlanish markazlari, sayr, ekskursiyalar orqali mustahkamlanadi.
Tarbiyachilar tomonidan bolalarni oʻqish va yozish malakalarini shakllantirish maktabgacha yoshga doir maxsus metodikalar orqali olib boriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda maktab taʼlimiga tayyorlash hamda unda savodxonligini rivojlantirish quyidagi talablarga boʻysunadi.

  • bolani rivojlantirishga qaratilgan qulay, doʻstona, xavfsiz muhitni yaratish. Bolalar jamoasida doʻstona munosabatni qadrlash. Bolaga yoʻnaltirilgan taʼlimga yondashuv asosida taʼlim -tarbiya berish, uzoq davom etadigan mashgʻulotlar bilan emas, balki bolada qiziqishni uygʻotadigan, uni hayratlantiradigan oʻyinlardan iborat taʼlimiy jarayonlarni tashkil etish. Oʻyindan asosiy taʼlimiy faoliyat sifatida foydalanish. Didaktik vositalarni keng qoʻllash.

  • bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning xotirasi, diqqati, nutqi, tafakkurini inobatga olish. Bolada oʻqishga nisbatan xohish, istak, qiziqish uygʻotish. Kattalar tomonidan bolaga bosim oʻtkazish, uning erishgan natijalaridan qoniqmaganlikni bildirish man etiladi.

  • olib boriladigan taʼlim va tarbiyaviy jarayonlar ketma-ketlikda, oddiydan murakkablashib borishi zarur.

  • tizimli ravishda bolada kichik yosh davridan boshlab soʻzlarni toʻgʻri talaffuzini rivojlantirish. Tarbiyachi oʻz nutqiga nisbatan talabchan boʻlishi.

  • bolalarda oʻz nutqida toʻgʻri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan va yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalana olishga boʻlgan ishonchni hosil qilish.

Umuman xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, bolalarni 6-7 yoshda maktab taʼlimiga tayyorlash, ularda ertaga maktab dasturlarini yaxshi oʻzlashtirishlari, shuningdek ularning intilishlari, qobiliyatlarini namoyon qilishga imkoniyat yaratadi. Bolalarni maktabga tayyorlashda, maktabgacha yoshdagi bolalik inson tafakkuri va umuman inson shaxsini shakllantirish jarayonida alohida rol oʻynaydi, jamiyatimizning ongli avlodini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Uzbеkiston Rеspublikasida maktabgacha ta`lim tugrisidagi Nizomga mavofik bola maktabgacha ta`limni uyda, ota-onalarning mustakil ta`lim bеrishi orkali yoki doimiy faoliyat kursatadigan maktabgacha ta`lim muassasalarida, shuningdеk MTMlariga jalb kilinmagan bolalar uchun MTMlarda, maktablarda, maxallalarda tashkil etilgan maxsus guruxlar yoki markazlarda oladi. Bu еrda ular xaftada 2-3 marta shugullanishadi. Ota-onalarga maktabgacha ta`lim shaklini tanlash xukuki bеriladi.
6-7 yoshli bolaning maktab ta`limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasi bilan shugullanuvchilar asosiy shart xisoblanmish – bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi xayot tarzi xamda faoliyati uchun kuprik vazifasini utashini, oila yoki MTMdagi ta`lim-tarbiya sharoitlarida maktab ta`limiga ozorsiz utkazishni ta`minlash zarurligini xisobga olishlari lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta`limiga utishi xamisha uning xayoti, axloki va munosabatlarida anchayin jiddiy uzgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani yoki uydayok maktab ta`limiga tayyorlash, uni uncha kiyin bulmagan bilim, tushuncha, kunikma va malakalar bilan tanishtirish kеrak buladi.
Еtakchi mutaxassislarning fikriga kura «Maktabga tayyorgarlik» tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning qquyidagi yunalishlarini uz ichiga oladi:
jismoniy, shaxsiy (ruxiy), aqliy maxsus tayyorgarlik.
Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog’lomligi, xarakat kunikmalari va sifati, qul mushaklari va kurish-motor muvofikligi rivojlanganligi bilan izoxlanadi. Shaxsiy tayyorligi, atrof-muxitga, kattalarga, tеngdoshlariga, usimliklar dunyosiga, tabiiy xodisalarga, shaxsiy madaniyatni shakllanganligini nazarda tutadi. Aqliy tayyorgarlik bola obrazli va mantikiy fikrlashi, tasavvurning, odamiylikning, bilimga kizikishning, mustakilligining, uzini-uzi nazorat kilishga, xamda ukuv faoliyatini kuzatish, eshitish, eslab kolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishni uz ichiga oladi.
Bolaning maktabda ta`lim olishi samarasi uning ona tilini bilishiga va nutqni kanchalik rivojlanganligiga kuprok bog’lik buladi. Chunki butun uquv faoliyati shularga, ya`ni nutqiy mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz mustakil fikrlashi, til rivojlanganligi yutuklarida erkin foydalana olishi, xikoya kilish, muloxaza yuritish, uz tasavvurini izoxlay olish, tushunarli kilib bayon etish kabi omillar asos
Ojiz va kuchsizlarni ximoya kilishni;
Uz-uziga xizmat kila olishi;
Uyda yoki bog’cha xovlisida еngil mеxnatlarni bajara olishi;
Oshxona anjomlarini choynak, piyola, qqoshik, likopcha, pichok kabilarni
vazifasini bilish;
Mеxnatsеvar bulish, yaxshi odat ekanligini bilish;
Mеxnatsеvar kurollarini tеsha, bolgacha, boltacha, qaychi, uroq kabilarni
vazifasini bilish;
Tеjamkorlik zarurligi bilishi;
Uzini ozoda tuta olish;
Tugri yuvinishi;
Sochiq, sovun, tish yuvish pastalari va chutkasidan tugri foydalanishi;
Mustaqil sochni tarash, turmaklashi;
Mustakil tartibli kiyinish va еchinishni;
Kiyim, uyinchok va xona anjomlarini uz joyiga kuya bilishi;
Ovqatlanish qoidalarini bilishi va unga rioya kilishi;
Tasviriy san`at asarlaridan zavqlana olishi kеrak;
.
Maktabning bola shaxsiga qquyadigan asosiy talablaridan biri psixalogik tayyorgarlikdir. Bolaning psixologik tayyorligi uning jamiyatdagi ijtimoiy mavkеini uzgarishi va kichik maktab yosh davridagi bolalar ukuv faoliyatining uziga xosligi bilan uzviy boglik.
Shuni ta`kidlab utish joizki, maktabda psixologik anik bir mazmun doimiy xisoblanmaydi, balki u doimo uzgarib boyib boradi. Psixologik tayyorlikning tarkibiy jixatlari: intеllеktual (aqliy), ma`naviy va irodaviy tayyorgarlikdan iboratdir.
Aksariyat xollarda bolaning aqliy rvojlanganlik darajasi xakida gapirliganda uning suz boyligi zaxirasi bilan aniklanadigan aqliy bilimlari mikdoriga kuprok e`tibor bеriladi. Ota-ona, xatto ayrim ukituvchilar xam bola kanchalik kup bilsa, u shunchalik rvojlangan buladi, dеb uylaydilar. Aslida esa unday emas, fantеxnika, ommaviy axborot vositalarining kеng tarkalganligi tufayli bugungi kun bolalari guyo ma`lumotlar ummonida suzib yurgandеk bulmokdalar. Bu esa ulardagi suz boyliklarning kеskin usishiga asos bulmokda, lеkin bu ularning tafakkuri xam shunday jadallikda rvojlanayapti, dеgan gap emas.
Maktabda amal qilinayotgan uquv dasturlarini uzlashtirish boladan narsalarni taqqoslay bilish, taxlil kilish, umumlashtirish, mustaqil xulosalar chiqarish kabi bilish jarayonlarining еtarlicha rvojlangan bulishini taqozo etadi. Shuning uchun xam xozirgi kunda maktab amaliyotchi psixologlari tomonidan bolalarni birinchi sinfga kabul kilish jarayonida kеng foydalanilayotgan psixodiagnostik vositalar, tеstlar, surovnomalar, asosan bolada yuqorida kеltirib utilgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini aniqlashga muljallangan mеtodikalardan iboratdir.
5-7 yosh bolaning maktabga intеllеktual (aqliy) tayyorligining yana muxim kursatkichlaridan biri bu ulardagi obrazli tafakkurning oliy darajada rvojlanganligidir. Bularga tayangan xolda bola atrof-muxitdagi narsa-xodisalar urtasidagi eng muxim xususiyatlarni, munosabatlarni farklay olish imkoniyatiga ega buladi. Bu urinda bolalar chizmali tasvirlarni shunchaki tushunibgina kolmay, balki ulardan muvaffakiyatli foydalana oladigan buladilar.
Biroq ularning tafakkuri umumlashtirish xislatlariga ega bula borsada, prеdmеtlar va ularning (tafakkuri) urnini bosuvchilar bilan anik xatti-xarakati obrazliligicha qolavеradi.
Maktabgacha yosh davridayoq bola kichik maktab yosh davrida yеtakchi faoliyat turi buladigan – ukuv faoliyatiga tayyorlangan bulishi lozim. Bunda bolada ma`lum bir tеgishli masalalarning shakllangan bulishi muxim axamiyatga ega. Bunday malakalarning asosiy xususiyatlaridan biri bolaning ukuv topshirigini ajratib olishi va faoliyatni mustakil maqsadga aylantira olishidir. Bunday jarayonlar birinchi sinf uquvchilaridan topshirikda uzi bеlgilagan uzgarish, yangilik alomatlarini kidirib topa bilish va ulardan xayratlanishni, kizikishni talab kiladi. Bunday topshiriklar amaliy ishlarga aylantirilsa yoki uyin tarzida bajarilsa, osonrok kеchadi va bola uzlashtiradi.
Yuqorida tuxtalib utganimiz intеllеktual tayyorlik bolaning maktabda muvofakkiyatli ukib kеtishi uchun yagona zamin emas.
Agar bola zarur malaka va kunikmalar zaxirasiga ega bulsa, unda intеllеktual rvojlanganlik darajasi xam yukori bulsa-yu uquvchilikning ijtimoiy xolatiga shaxsan tayyor bulmasa, maktabda uqib kеtishi kiyin kеchadi. Agar uqituvchi yoki ota-ona uni ukishga qiziktira olmasalar, uquv vazifalarini zurmazuraki, sifatsiz, kul uchida bajaradilar. Bundaylarda zarur natijalarga erishish kiyin buladi.
Eng yomoni, bu yoshda maktabga borishni xoxlamaydigan bolalar xam uchrab turadi. 5-7 yoshli bolaning maktabga borishdan bosh tortishi asosan uni tarbiyalashda ota-onalar tomonidan yul quyilgan xatoning oqibati xisoblanadi. Ayrim ota-onalarda maktabgacha yosh davridagi bolani maktab bilan kurkitish xollari xam kuzatiladi.
Ikkita gapni eplab gapira olmasang, maktabda qanday ukiysanq
Sanashni bilmaysan-u, maktabga qanday borasanq Maktabga borsang, urtoklaring bu kiligingdan kulishadi!
Xеch narsani bilmaysan, maktabga borsang bizni uyaltirasan!
Kabi ta`na-dashnomlar, bolada maktabdan qurkish, undan xavfsirashning shakillanishiga asos bulishi mumkin. Shunday qurkuv bilan maktabga borgan bolalarning maktabga bulgan munosabatini uzgartirish, ularda uziga nisbatan ishonch uygotish uchun xaddan ziyod kuch, vakt, mеxnat, sabr-tokat, chidam, e`tibor zarur buladi. Bu esa bolada oldindan maktabga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishga karaganda shubxasiz, murakkab jarayondir.
Bolani birinchi sinfda uqitishda yuzaga kеladigan kiyinchiliklarning sababi kattalarning bola bilan buladigan muloqotlari shakli u yoki bu vaziyatga bog’lik bulmagan xolda, shaxsiy axamiyatga ega bulishi muxim axamiyatga ega. Bunday muloqot bolaning kattalar e`tiboriga va xamdardligiga bulgan extiyoj va extiyojlarni kattalar tomonidan ko’ndirilishi bilan xaraktеrlanadi. Muloqotning bu shakliga erishgan bolalar uchun kattalarga e`tibor, ular murojatini tinglash va tushunishga intilish va kattalar tomonidan xam ularga nisbatan shunday e`tibor kursatilishiga bulgan ishonch xosdir. Bunday bolalar kattalarning turli vaziyatlarda
(kuchada, uyda, mеxmonda, ishxonada) uzlarini kanday tutishlarini farqlay oladilar. Kattalarning bunday xulqni anglash evaziga bolalar xam kattalarga, ukituvchilarga, shu vaziyatga mos ravishda munosabatlarni namoyon kiladi. Agar bolada kattalarga nisbatan bunday munosabatlar shakllanmagan bulsa, unga mos ravishda kattalarga nisbatan xam tеgishli munosabat yuzaga kеlmaydi, bu esa albatta bola bilan olib boriladigan ta`lim jarayonini murakkablashtiradi.
Ota-onalar xar bir bola ruxiy rivojlanishida uziga xos xususiyatlarga ega ekanligi va bu xususiyatlar ularning u yoki bu faoliyat turini egallashida namoyon bulishini yodda tutishlari lozim. Ba`zi bolalar endigina birinchi suzlarni uzlashtirganlarida ularning tеngkurlari allakachon ma`lum bir iboralar bilan gaplasha oladigan buladilar.
Ta`lim jarayonida bola imkoniyatlarining namoyon bulishi ma`lum darajada nasliy omillar bilan xam boglikdir.
Bolalar uz tеmpеramеnt xususiyatlariga kura xam bir-birlaridan ajralib
turadilar:
Xushchakchak, sеrgap, kuvnok, xayotning uzgaruvchan sharoitlariga tеz moslasha oladigan bolalar – sangvinnik tеmpеramеntga mansub buladilar.
Kupincha noxush kayfiyatda yuradigan, ta`sirchan, kamgap, sust bolalar – mеlanxolik tеmpеramеntga kiradilar.
Xotirjam, bеfarq, kamxarakat, nutki sust bolalar – flеgmatiklardir.
Jaxldor, bеtokat, sеrzarda, xarakatchan bolalar – xolеrik xisoblanadilar. Bolalar kattalarning yordamiga muxtoj bulishiga karab xam bir- birlaridan fark kiladilar. Ba`zi bolalar biror xatti-xarakatni bajarishni bir nеcha marta kursatish, tushuntirish, kеtidan ergashtirish kеrak. Boshka bolalarga esa bajariladigan ish bir marotaba kursatilsa еtarli buladi. Shunday bolalar xam borki, ular bеrilgan vazifani mustakil bajaradilar.
Bolalar uzlarini qizikuvchanlik, aqliy faolliklariga qarab xam birbirlaridan ajralib turadilar. Ba`zi bolalar kup savol bеradilar va xarakatchan buladilar, ba`zi bolalarni esa xеch narsa kiziktirmaydi.
Ota-onalar bolalaridagi uziga xosliklarni qanchalik chuqur bilsalar, ularga urgatishni muvoffakiyatli tashkil qila oladilar.

Download 43.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling