Moslashuvchanlik. Bu sathda o`qituvchi o`quv axborotlarini auditoriyadagi talabalarning saviyalarini hisobga olmaydi;
Lokal – modellashtirish. Bu sathda o`qituvchi axborotlarni bayon qilibgina qolmay, balki ayrim masalalar bo`yich bilim,ko`nikma va malakalar tizimini modellashtira olishi lozim;
Tizimli – modellashtirilgan bilim. Bu sathda konkret fanni o`zlashtirish uchun zarur bo`lgan o`z faoliyati va talabalar faoliyatini tizimini modellashtiradi;
Tizimli modellashtirilgan faoliyat. Bu sathda o`qituvchi talabalar bilan birga barcha o`quv-tarbiya ishlari tizimini modellashtira oladi.
2.3. O’qituvchi innovatsion salohiyatining rivojlantirish omillari.
A.I.Prigojin ta’biri bilan aytganda, innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg`un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o`zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir. O`qituvchi innovatsion salohiyatini rivojlantirishning bir necha ko`rinishda namayon bo`ladi. Ta`limning bugungi vazifasi o`qituvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot-ta`lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko`rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo’llash va axborot oqimlaridan oqilona foydalanishga o`rgatishdan iborat. Shu maqsadda, o`quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlar imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga o`rgatish zarur. Bu masalaning yechimi tabiiyki, mazkur jarayonning asosiy tashkilotchisi - pedagoglarni tayyorlash sifatiga bog`liq. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo`lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Ta`lim jarayoniga innovatsion faoliyat va salohiyatlarni qo`llash bugungi kunda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni talab etadi:
O`quv faninng aniq maqsadini aniqlash;
Fanning hajmi va mazmunini aniqlash;
Zarur bo`lgan ta`lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish;
Fanning moddiy texnik ta`minotini yaratish;
Ta`lim oluvchilarning xususiyatlarini o`rganish;
O`qituvchining tayyorligini va dars mashg`ulotini loyihalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |