Mundarija: kirish I bob. Iqbol mirzo she’riyаtiga bir nazar


Download 0.56 Mb.
bet13/14
Sana13.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1457502
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
IQBOL MIRZO

Iqbol Mirzo

she’rlarida qo’llanilgan

sinonim iboralar

Mum tishlamoq

Tilini tishlamoq

Gapirmaslik

Dili qonga to’lmoq

Jigar-bag’ri qon

G’am-alamli

Ko’ngli to’q

Ko’zi to’q

Nafsigaiito’q

Yaxshi ko’rmoq

Xush ko’rmoq

Yoqtirmoq

Bag’ri qon

Yuragi qon

G’am-alamli

Qalbiga nish urmoq

Zahrini sochmoq

Dilini og’ritmoq

Ko’nglini og’ritmoq

Bag’rini tilmoq

Ranjitmoq

Ko’ngli ezildi

Bag’ri ezildi

Ko’ngli og’ridi

Yuragi potirlamoq

Yuragi o’ynamoq

Bezovtalanmoq

Ko’zi to’rt bo’lmoq

Dili qo’msamoq

Sog’inmoq

Qon yig’ladi

Ko’z yoshi sim bo’ldi

Qattiq azoblandi

Dili kuyinmoq

Ko’ngil so’ramoq

Achinmoq

2.Ibora bilan so’z sinonimik munosabatga kirishadi. Bu leksik-frazeologik sinonimlikdir. Buni quyidagi jadval asosidada Iqbol Mirzo she’rlarida qo’llanilgan iboralarning leksemalar bilan sinonimligida ko’rib chiqamiz.





Ibora

Leksema(so’z)

Tiz cho’kmoq

Mag’lub bo’lmoq

Yurak-bag’ri yara

Alamli

Chap bermoq

Uddaburon

Ko’zi giryon

Intizor

Ko’nglini qitiqlamoq

Shubhalanmoq

Dunyoga jar solmoq

Bo’rttirib xabar tarqatmoq

Sir tutmoq

Yashirmoq

Dunyodan uzilgan

Chetda qolib ketmoq

Yuragi qurtlamoq

Nasfiga qul

Ko’ngli yarim

Yetim

Bag’rini ochmoq

Qabul qilmoq

Bir sinonimik uyani tashkil qiluvchi iboralar o’zaro obrazlilik darajasi, ma’nolarning kuchayib borishi(gradatsiya) bilan bir-biridan farqlanadi.Buni quyida Iqbol Mirzo she’rlarida qo’llanilgan iboralar misolida ko’rib chiqamiz:


Yuragi ingradi – Yuragi titradi – Yuragi to’kildi;
Xush ko’rmoq – yaxshi ko’rmoq – Ko’ngil bermoq;
Ko’nglini og’ritmoq – Zahrini sochmoq – Bag’rini tilmoq – Qalbiga nish urmoq;
Yuragi qon – Bag’ri qon – Dili qonga to’lmoq – Jigar bag’ri qon;
Ko’ngli ezildi – Bag’ri ezildi – Yuragi to’kildi;
Dili qo’msamoq – Yuragi oqmoq – Ko’zi to’rt bo’lmoq;
Ko’ngli to’lmadi – Dili qo’zg’aldi – Yuragini qon qildi.
Shoir she’rlarida sinonim iboralardan tashqari bir-biriga antonim bo’la oladigan iboralar ham qatnashganini ko’ramiz.

Tomirida qon muzlamoq

Qoni qaynamoq

Ko’ngli to’lmoq

Ko’ngli to’lmaslik

Yuragi to’lmoq

Yuragi o’ynamoq

Oqko’ngil

Ko’ngli tosh

Tin olmoq

Yuragi potirlamoq

Iqbol Mirzo she’rlarida qo’llanilgan iboralarni tahlil etish jarayonida shunisi aniq bo’ldiki shoir she’rlarida dil, ko’ngil, yurak, bag’ir hamda qon so’zlari ko’p qo’llanilgan. Bular somatik iboralardir. Ko’ngil, yurak, dil, bag’ir so’zlari o’zaro sinonimdir. Ushbu dil, yurak, bag’ir, yurak, qon komponentli iboralar insonning ichki tuyg’ulari, kechinmalari va his-hayajoni, ruhiy holatini ifodalashga xizmat qiladi.


Ularning asosiy qismi ot+fe’l tuzilishiga ega bo’lgan ikki hamda uch komponentli fe’l iboralardir: dili qo’zg’aldi, dili qo’msadi, dili qonga to’lmoq, ko’ngil so’ramoq, ko’ngli to’lmoq, ko’nglini qitiqlamoq, yuragi ingradi, yuragini qon qilmoq, yuragi o’ynamoq, bag’rini ochmoq, bag’ri ezilmoq, qoni qaynamoq, qoni muzlamoq kabi.
Dil, ko’ngil, yurak, bag’ir komponentli iboralarning ma’lum qismi sifat birikmalar bo’lib, struktura jihatdan ot+sifat tuzilishiga ega. Masalan, dili vayron, dili dog’, dili uyg’oq,ko’ngli yarim, ko’ngli to’q, ko’ngli tosh, bag’ri qon, bag’ri tosh. Bu iboralarning barchasi shaxsning fe’l-atvori, ichki ruhiy holatini ifodalash uchun xizmat qiladi.
Tahllillar davomida yana shunisi aniq bo’ldiki shoir she’rlarida “Yurak-bag’ri…”, “Jigar-bag’ri…” ko’rinishidagi iboralar ko’p qo’llanilgan. Bunday ko’rinishli iboralar shaxsning g’oyat darajada ruhiy azoblanishi,g’am-alamlari, iztiroblarini kuchaytirib ko’rsatib bergan. Masalan, yurak-bag’ri yara, jigar-bag’ri qon, yurak-bag’ri qon, yurak-bag’rini qon qilmoq, yurak-bag’rini tirnamoq kabilar.
Bir paradigma doirasida birlashgan iboralar ma’nosida semantik umumiylik bo’lishiga qaramasdan, ular funksional-stilistik jihatdan bir-biridan farqlanadi. Shu sababli, ularning biri o’rnida ikkinchisini qo’llash hamma vaqt ham mumkin bo’lmaydi. Chunki ular ifoda ottenkasiga ko’ra bir-biridan ajralib turadi.3


UMUMIY XULOSALAR
Iqbol Mirzo ijodining lisoniy xususiyatlarini o’rganish bo’yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Bugungi kunda o’zbek adabiyotshunosligida badiiy asar tahliliga bag’ishlangan keng qamrovli tadqiqotlar olib borilayotganligi bu sohaning jadal suratda rivojlanib borayotganligini ko’rsatadi.
2. Alohida olingan ijodkorlar asarlarining o’ziga xos xususiyatlarini qo’llagan ma’no ko’chish turlari tadqiq qilish orqali ochib beruvchi tahlil adabiyotshunoslikning barcha yo’nalishlari bilan aloqadordir. Ijodida metafora va sinekdoxalarning tutgan o’rni, qo’llanish imkoniyatlari muallif mahoratiga, individual uslubiga bog’liq bo’lib, poetik matnlarda ularning badiiy-estetik xususiyatlari yaqqol namoyon bo’ladi.
3. She’rlarda muallif tomonidan to’g’ri tanlangan vositalar o’ziga xos ma’no nozikliklariga ega bo’ladi. Tilimizdagi bir qator so’z va iboralarning emotsional-ekspressiv xususiyatiga ega bo’lishi ularning she’riyatda metaforik vosita sifatida ishtirok etishiga imkoniyat yaratadi. Shuning uchun Iqbol Mirzo tomonidan ma’lum bir uslubiy maqsadda tanlangan xalqchil birikmalar, metaforik tasvirlar, fikrlarning o’quvchi tomonidan tez va to’g’ri tushunilishini ta’minlashdan tashqari obrazlilikni ham vujudga keltiradi. Iqbol Mirzo she’riyatida asar mazmunini ochishga, qahramonlar xarakter-xususiyatlarini obrazli tarzda ifodalashda ko’chma ma’no asosida yuzaga keluvchi vositalar muhim ahamiyatga ega Iqbol Mirzo ma’no ko’chimlaridan foydalanishda so’zlarning jozibadorligini hisobga olishni o’ziga xos uslubiy vazifa etib belgilaydi. Shuning uchun uning she’rlarida qo’llanilgan metafora, metonimiya, sinekdoxa kabi tasviriy vositalar, she’riy san’atlar muallifning individual uslubi bilan bog’liq holda namoyon bo’lgan. Har bir ijodkor tildagi mavjud vositalardan o’rinli foydalana olishi bilan o’z ijodi mahsuli bo’lgan she’rlari tilining aniq va tushunarli, ifodali va ta’sirchanligini ta’minlashga erishadi. Iqbol Mirzo she’rlarida qo’llanilgan metaforalar fikr ifodalashda qulaylik tug’dirishdan tashqari tasvirlangan jarayonni, voqelikning poetik manzarasini o’quvchi ko’z o’ngida aniq gavdalantiradi, unda zavq uyg’otadi, kitobxonda ularga nisbatan subyektiv munosabatning yuzaga kelishiga zamin yaratadi.
4. Iqbol Mirzo she’riy san’atlardan foydalanishda o’zbek she’riyatining davrlar osha shakllangan va takomillashgan an’ana va mezonlariga amal qiladi. Iqbol Mirzo favqulodda kashf qilgan badiiy topilmalar, kutilmagan obrazli ifodalar kitobxonni hayratga soladi, ulardagi shoirning hayotni teran ko’z bilan kuzatishi asosida yuzaga kelgan o’ziga xos badiiy tafakkur, bir-birini to’ldiruvchi mantiqiy xulosalar matnga poetik bo’yoq, ta’sirchanlik bag’ishlaydi. Shuning uchun u tomonidan qo’llanilgan va matnga bog’liq holda badiiy obrazga aylangan tushunchalar she’rdan she’rga ko’char ekan, har gal o’zlarining yangi-yangi nozik qirralarini kitobxonga oshkor etadi va poetik ta’sirchanlik xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi.
5. Iqbol Mirzo she’riyatida o’xshatish, jonlantirish, antiteza, sifatlash, takror kabi she’riy san’atlar faol qo’llanilgan bo’lib, ular kitobxonni shoir ruhiyatiga oshno qiladi, betakror poetik manzaralar hosil qiladi, muhim vosita sifatida she’rlarda badiiy-estetik ta’sirchanlikni oshirishga, turli ma’no nozikliklarini ifodalashga xizmat qilgan. She’riyatda bu vositalarni qo’llash bilan shoir kitobxonni tasvirlanayotgan kishining ichki olamiga olib kiradi, uning kechinmalari, his-tuyg’ulari bilan tanishtiradi. Bundan tashqari kitobxonga ruhiy lazzat, orom bag’ishlashni ham nazarda tutadi. Yuqorida qayd etilgan holatlar Iqbol Mirzoning metafora va badiiy san’atlardan foydalanishda mohir so’z san’atkori ekanligidan dalolat beradi. Ishda erishilgan natijalardan o’zbek adabiyotshunosligida alohida olingan ijodkorlar asarlarining metaforik xususiyatlari, xususan, she’riy asarlarning metaforik imkoniyatlari va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish bo’yicha kelgusida magistrlik dissertatsiyalari yozishda foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Iqbol Mirzo ijodi keng qamrovli ummon. Uning har bir she’ri shu ummon tubidagi qimmatbaho dur.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling