Mundarija: kirish I bob iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarining nazariy asoslari
Download 0.56 Mb.
|
Inflyasiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi
Inflyatsiya ko`rsatkichlari. Inflyatsiyada nafakat chakana baho, balki ulgurji baho ham oshib boradi. G`arb mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy kursatkichi kilib chakana baholarning uzgarishi (oshishi) kabul kilingan. Agar ma`lum davrda baholar ikki marta oshsa, pul ham ikki marta kadrsizlangan deb hisoblanadi.
Chakana baholar usishini h isoblash maxsus davlat organlari tomonidan aniklanadigan baxolar indeksiga asoslanadi. Baxolar indeksini hisoblashning boshlangich nuktasi kilib (yuz foiz deb) bazis yili olinadi va joriy yilda baholar uzgarishi, urtacha yillik usishi sur`ati hisoblanishi mumkin. Baholar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar bahosi yigindisi, ya`ni, tovarlar bozor savati baxosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy bahosi, ya`ni bozor savati bahosiga nisbati sifatida aniklanishi mumkin. Bahol ar indeksini hisoblashda iste`mol tovarlar bahosining indeksi katta axamiyatga ega. Baholar indeksi turli usullarda baholar darajasini solishtirishga imkon beradi. Joriy yildagi baholar indeksining bazis yildagi baholar indeksiga nisbatan oshish i - inflyatsiya - ―Baholar darajasining oshishi‖ dan, baholar indeksining kamayishi-deflyatsiya-―Baholar darajasining kamayishi dan dalolat beradi. Aytalik , bazis davr 1990 yil bulsin (Baholar darajasi 100% deb olamiz) va 1997 yilda baho darajasi 350. Demak 1990 - 1997 yillarda baholar 3,50 marta yoki 250% ga oshgan, yoki 1990 yilda biror tovar 100 sum turgan bulsa, 1997 yilda shu toavar 350 sum turadi. Iste`mol tovarlar bahosi indeksidan tashkari ba`zi guruh tovarlar va xizmatlar masalan, kipim, oyok kiyimlar, transport, uy joy xizmatlari va bophalar buyicha baholar indekslarini hisoblash mumkin. Inflyatsiyaning usish sur`atlari tugrisida gapirganda, uning rivojlanishini son jihatdan aniklanishning boshka yuli ham mavjud. Buning usul ―70 lar koidasi‖ deb ataladi. Agar har yili inflyatsiya darajasi ma`lum bulsa, baholar ikki karra oshishi uchun necha yil kerak ekanligini aniklash mumkin. Buning uchun ―70‖ ni har yilgi inflyatsiya darajasiga bulish kerak. Masalan, inflyatsiyaning har yillik darajasi 5% bulsa, baholar darajasi 14 yildan keyin, ikki karra oshishi kerak. Agar har yillik inflyatsiyasi darajasi 20% bulsa, baholar darajasi 3 yildan keyin ikki karra oshishi kerak.Shuni ta`kidlash kerakki, bu usul hamma vakt ham, masalan, inflyatsiyaning usishi sur`atlari yukori, (har kuni, oyda uzgarib boradigan) bulsa, kulay hisoblanmaydi ―70 lar koidasi‖ aholi jamgarmalarining, real yoki milliy maxsulot hajmining ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini tutri aniklab berishga imkon beradi. «O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida» gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq Markaziy bankning bosh maqadi milliy valyutaning barqarorligini ta`minlashdan iborat. Bunda milliy valyutaning ichki va tashqi barqarorligini ta`minlash ko`zda tutiladi. Milliy valyutaning ichki barqarorligi inflyatsiyaga qarshi siyosatni yuritish orqali so`mning to`lov qobiliyatini doimiy darajada ushlab turish, ichki to`lovlar va hisob-kitoblar tizimining talab darajada ishlashi hamda so`mning respublika xududida yagona qonuniy to`lov vositasi sifatida muomalada bo`lishini ta`minlashni ko`zda tutadi. 2018 yilda Markaziy bank monetar siyosatni inflyatsiya sur`atlari va aholining inflyatsion kutishlari darajasini keskin kamaytirish vazifalaridan kelib chiqqan holda amalga oshirdi. Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar narx-navo o`sishini sezilarli darajada pasaytirish imkonini berdi.2018 yilda iste`mol tovarlari narxlari asosida hisoblangan inflyatsiya darajasi 2017 yildagi 21,6 foizdan 3,8 foizgacha pasaydi. Shuningdek, inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar monetar agregatlar zaxira pullar va pul massasining maqsadli parametrlarini belgilash orqali ham amalga oshirilmoqda. 2018 yilda ham Markaziy bank monetar siyosatining asosiy yo`nalishi inflyatsiya darajasini yanada pasaytirish va uning past darajada ushlab turilishini ta`minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo`lib qoladi. Inflyatsiya darajasining bosqichma-bosqich pasayishi iqtsiodiyotning real sektoriga ajratiladigan kreditlar hajmining oshishiga va shu asosda barqaror iqtisodiy o`sish jarayonlarini qo`llab-quvvatlashga zamin yaratadi. Pul-kredit siyosatining 2019 yilga mo`ljallangan asosiy yo`nalishlari inflyatsiya darajasini yaqin yillar ichida yiliga 5-6 foiz, shu jumladan 2019 yilda 6-8 foiz darajasidan oshirmaslikni ko`zda tutadi. Pul agreatlari va bank tizimi likvidligini yanada samaraliroq boshqarish maqsadida, Markaziy bank zaxira pullar hajmini tartibga solish uchun iqtsiodiyotning pulga bo`lgan real talabidan kelib chiqqan holda pul-kredit siyosatining bozor mexanizmlarini keng qo`llashni davom ettiradi. Bu esa ortiqcha likvidlik va ehtimoliy inflyatsiyaning oldini olishga qaratilgan qator aniq choratadbirlar ko`rishni taqozo etadi. Milliy valyutaning tashqi barqarorligini ta`minlashga doir chora-tadbirlar valyuta bozorining faoliyat ko`rsatishi, ijobiy to`lov balansini ta`minlash va etarli darajada oltin-valyuta zaxiralarini shakllantirish, barqaror va yagona almashuv kursini saqlab turish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni o`z ichiga oladi. 2018 yilda milliy valyutaning erkin ayirboshlanishini ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlar uchun talab va taklifdan kelib chiqqan holda yagona almashuv kursi belgilanganidan ochiq valyuta bozorini shakllantirish imkonini berdi. Valyuta bozorining erkinlashtirilganligi va eksportchilar uchun qulay ayirboshlash kursining saqlab turilganligi noxom ashyo tovarlar eksportini keskin oshirish hamda mamlakatimizda import o`rnini bosuvchi ishlab chiqarishni kengeaytirish imkonini berdi. Bu esa xom ashyo turiga kiruvchi eksport mahsulotlari bilan savdo qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan bir qatorda to`lov balansi qoldig`ining ijobiy bo`lishini va oltin-valyuta zaxiralarining sezilarli darajada o`sishini ta`minladi. Hozirgi paytdagi mavjud xalqaro zaxiralar darajasi va to`lov balansi holati almashuv kursini barqaror saqlab turish va valyutaga bo`lgan talabni to`liq qondirish imkonini beradi. Markaziy bank 2020yilda ham so`mning talab va taklif asosida shakllanadigan o`zgaruvchan almashuv kursini qo`llab-quvvatlashni davom ettiradi. Ayni paytda Markaziy bank ichki va tashqi narxlar dinamikasi, to`lov balansi ko`rsatkichlarini hisobga olgan holda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini qo`llab-quvvatlashga doir tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Qat`iy pul kredit siyosatini amalga oshirish va iqtisodiyotning real o`sishini qo`llab-quvvatlash vazifalaridan kelib chiqqan holda maqbul foiz stavkalari siyosatini yuritish moliya tizimini rivojlantirish yo`nalishlaridan biri bo`lib hisoblanadi. 2020yilda inflyatsiya sur`atining sezilarli darajada pasaygani Markaziy bankka qayta moliyalash stavkasini yiliga 30 foizdan 20 foizgacha bosqichmabosqich kamaytirish imkonini berdi. Qayta moliyalash stavkasining pasayishi moliya tizimidagi foiz stavkalarining ham mos ravishda o`zgarishiga olib keldi. Markaziy bank tijorat banklari depozitlari va kreditlari foiz stavkalari, pulga (kredit resurslariga) bo`lgan talab va taklif ustidan doimiy monitoring o`rnatgan holda banklararo bozorda kredit mablag`larini jalb qilish va joylashtirish operatsiyalarini amalga oshirib bordi. Shuningdek, bank tizimining samarali faoliyat yuritishi milliy valyuta barqarorligini ta`minlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Markaziy bankning ushbu yo`nalishdagi asosiy vazifasi iqtisodiyotda moliyaviy vositachilik darajasini oshirish uchun zarur sharoitlarni, jamg`armalarni investitsiyalarga yo`naltirishning samarali tizimini yaratishdan iboratdir. 2020yilda bank tizimida iqtisodiyotnin real sektoridagi jarayonlarni aks ettiruvchi sifat o`zgarishlari ruy berdi. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi banklarda omonatlarning keskin o`sishiga, tijorat banklari tomonidan aholiga kursatilayotgan xizmatlar ko`lamining, shu jumladan iste`mol kreditlari hajmining ortishiga olib keldi. Xususiy sektorni rivojlantirish banklar tomonidan kredit liniyalari ajratish, boshlang`ich kapitalni moliyalashtirish, tadbirkorlarga konsalting va boshqa xizmatlarni ko`rsatish orqali qo`llab-quvvatlanmoqda. Bank ishida yangi texnologiyalarni qo`llash tijorat banklarida hisob kitoblarni jadallashtirish, aktiv va passivlani yanada samarali boshqarishga o`tish, naqd pulsiz to`lovlarning yangi turlarini joriy etish imkonini berdi. Ma`lumki, milliy valyutaga bo`lgan ishonchni yanada oshirish, bank tizimi uchun mablag`larning barqaror manbaini shakllantirish maqsadida 2017 yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Fuqoralarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to`g`risida» gi Qonun qabul qilingan va ushbu qonunga muvofiq fuqoralarning banklardagi omonatlarini kafolatlash tizimi yaratilgan.2018 yilda esa bank sirining saqlanishini ta`minlash hamda bank mijozlari haqidagi ma`lumotlarni oshkor qilishga yo`l qo`yiladigan shartsharoitlarni belgilab beruvchi «Bank siri to`grisida» gi Qonun qabul qilindi. Shuningdek, bozor tamoyillariga asoslangan sog`lom va barqaror bank tizimini shakllantirish maqsadida2018 yilning aprelida Respublika Bank Kengashi tomonidan xususiylashtirishni kengaytirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi, shu jumladan, plastik kartochkalar tizimini yanada rivojlantirish, bank nazorati tizimini yanada takomillashtirish, banklarning chakana xizmatlari ko`lamini kengaytirish, ularning moliyaviy barqarorligi va kapitallashtirilishini oshirishga doir keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi «2018-2019 yillarda Bank tizimini isloh qilishning navbatdagi bosqichi Dasturi» tasdiqlandi. 2020 yilda ham Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda iqtisodiyotdagi moliyaviy xizmat turlari va ularning sifatini oshirishga qaratilgan ishlarni davom ettiradi. Xususan, real vaqt rejimidagi naqd pulsiz to`lovlar tizimiga o`tish, tashqi savdo operatsiyalarini hisobga olishning yagona elektron tizimini yaratish ishlari nihoyasiga etkaziladi, banklarni nazorat qilish va ularni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko`riladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling