Mundarija: Kirish I. Bob. Iqtisosiyotni modernizatsiyalash sharoitida oziq-ovqa mahsulotlarining raqobatbardoshlig


II BOB XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA OZIQ OVQAT MAHSULOTLARNI SIFATI VA UNI BAHOLASH USULLARI


Download 48.92 Kb.
bet3/8
Sana22.02.2023
Hajmi48.92 Kb.
#1221646
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROYTIDA XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA OZIQ OVQAT MAHSULOTLARNI

II BOB XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA OZIQ OVQAT MAHSULOTLARNI SIFATI VA UNI BAHOLASH USULLARI.
2.1. MAHSULOT SIFAT DARAJASI TOGRISIDA TUSHUNCHA.
Oziq-ovqat mahsulotlari sifati - ularning iste’mol qilish uchun yaroqli ekanligini belgilovchi hamda inson organizmining oziq va lazzatli moddalarga bo‘lgan fiziologik talabini qondira oladigan xususiyatlari yig‘indisidir.
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida inson organizmi zarur bo‘lgan hamma moddalar mavjud. Bu moddalar mahsulotlarda turlicha bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlari qanchalik to‘yimli sifatli bo‘lsa tirik organizmning normal rivojlanishi uchun yaxshi bo‘ladi.
SHuning uchun mahsulotning kimyoviy tarkibi va ozuqalik qiymatini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Oziq-ovqat mahsulotlari turli zararli va yuqumli kasal tarqatuvchi bakteriyalar uchun qulay muhit hisoblanadi. SHuning uchun oziq-ovqat mahsulotlari doimo nazorat qilib boriladi. Oziq-ovqat mahsulotlari - issiqlik manbaidir. Har qanday organizm o‘zining hayot mobaynida mehnat qobiliyatiga yarasha energiya sarflaydi va bu energiya doimiy ravishda to‘ldirib turiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining chiqaradigan energiyasi uning tarkibidagi oqsil, yog‘ va uglevodlarning miqdoriga bog‘liq. Bu moddalar organizmda oksidlanish natijasida o‘zidan ma’lum darajada issiqlik energiyasini chiqaradi.
Demak, oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida qanchalik oqsil, yog‘ va uglevodlari ko‘p bo‘lsa, shunchalik ularning ozuqalik qiymati yuqori bo‘ladi. Organizm xujayralarini tiklash va yangi xujayralar hosil qilish uchun asosan oqsil moddalari kerak bo‘ladi.
Tirik xujayralarda doimo eski xujayralar parchalanib yangilari paydo bo‘ladi.
SHuning uchun organizm faoliyatini bir tekis olib borish uchun uzluksiz oqsil moddalar bilan ta’minlab turish zarur. Kishi ehtiyojini qondirish uchun ma’lum miqdorda sifatli oziq-moddalarni iste’mol qilish zarur. Har bir oziq-ovqat mahsulotiga uchta asosiy talab qo‘ymladi:
1.Har bir mahsulot ovqatli qiymatiga ega bo‘lishi, ya’ni tarkibida to‘liq qiymatga ega bo‘lgan moddalardan: oqsil, yog‘, uglevodlardan biri bo‘litshi shart.
2.Tayyor mahsulot kishi organizmi uchun zararsiz bo‘lishi, ya’ni tarkibida zararli moddalarning bo‘lmasligi lozim.
3.Hamma mahsulotlar ma’lum mazaga ega bo‘lishi shart.
Oziq-ovqat mahsulotlarining ahamiyatini kishi ehtiyojlarini qondirish darajasiga qarab uchga bo‘lish mumkin:
Birinchidan ular to‘yimlilik xususiyatlariga ega, ya’ni tarkibida oqsil, yog‘ va uglevod moddalari bor bo‘lishi. Bu moddalarning miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik mahsulotlarning ozuqalik qiymati yuqori bo‘ladi.
Ikkinchidan maza beruvchi ahamiyatga ega ko‘pchilik mahsulotlarning tarkibida suv, oziq-ovqat kislotalari, glyukozitlar, efir moylari, xushbo‘y oshlovchi moddalar bor. Bu moddalar etarli to‘yimli bo‘lmasa ham, yoqimli o‘tkir maza va xidga ega bo‘lganligi tufayli ko‘p miqdorda iste’mol qilinadi. Bularga misol: piyoz, pomidor, bodring, garimdori, kofe, tamaki, tuzlangan va achitilgan mahsulotlar, spirtli va spirtsiz ichimliklar, dorivor va ziravorlar, ho‘l sabzavotlar - mevalar kiradi.
Uchinchidan shafobaxsh ahamiyatga ega ayrim oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida kishi organizmi uchun zarur bo‘lgan moddalar: vitaminlar, kislotalar, glyukoza va boshqa davolovchi parhez moddalar bor. Bu tur mahsulotiga sut, qatiq mahsulotlari, asal, ho‘l sabzavotlar va mevalar ayniqsa limon, uzum, qulupnay, tarvuz, mineral suvlar va boshqa mahsulotlar kiradi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining ahamiyati va ovqatlik qiymati ularning tarkibiy qismlariga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun har mahsulotni ta’riflash uning tarkibiy qismlarini o‘rganish zarur. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari bu xildagi talablar davlat standarti hamda mahsulot sifat ko‘rsatkichlari qiymatini belgilovchi talablar boshqa texnik xujjatlarda aks ettirilgan bo‘ladi.
Sifati past darajadagi xom-ashyodan yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlab bo‘lmaydi. Qayta ishlangan mahsulotning sifati ko‘p darajada tayyorlash, texnlogiyasi va usullariga bog‘liqdir.
Ba’zi paytlarda tayyorlash texnologiyasining buzilishi, mahsulot sifatining ancha pasayishiga olib kelishi mumkin.
Qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqarish jarayonini yaxshi nazorat qilinishiga ham bog‘liqdir. SHuni aytish kerakka oziq-ovqat mahsulotlarini qanday sifatda ishlab chiqarish va iste’mol qilish zarur bo‘lsa, u shunday bo‘lishi kerak. Ularning sifatini pasaytirib ishlab chiqarish yoki tarkibini o‘zgartirish aslo mumkin emas. Lekin amaliyotda bunday hollar sodir bo‘lmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga ta’sir qiladigan omillardan yana biri ularni omborlarda va magazinlarda saqlash usullari va sharoitlaridir.
Oziq-ovqat mahsulotlari saqlash muddatlari va sharoitlariga qarab ular bir-biridan keskin farq qiladi.
Masalan 0 0S atrofida ko‘pchilik meva va sabzavotlarni saqlash mumkin bo‘lsada, shu haroratda kartoshkani saqlashga ruhsat etilmaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini sifatiga ularni tashish qoidalariga rioya qilish ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ular jihozlangan maxsus transportlarda tashiladi, bu transportlardan boshqa maqsadlarda foydalanish qat’iyan man etiladi.
Masalan: sut, un, non, tirik baliq va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari.
Agar mahsulotni sifat ko‘rsatkichini bitta xossasini ifodalasa, bu - (edinichnыmi) yagona oddiy, agar bir necha xossasini belgilasa, kompleksli deyiladi.(edinichnыy) - yagona sifat ko‘rsatkichiga misol:
a) makaron mahsulotlarining pishiqligi;
b) sutning kislotaliligi;
v) kartoshka tuganaklarining katta-kichikligi.
Kompleksli sifat ko‘rsatkichiga sabzavot va mevalarning tashqi tuzilishi, rangi, kasallangan - kasallanmaganligi, mexanik ezilganmi-yo‘qmi.
Mahsulotni sifat ko‘rsatkichini aniqlashni quyidagiusullari mavjud:
1.Organoleptik
2.Fizik (shakli, katta-kichikligi, sof og‘irligi, gigroskopik zichligi)
3.Kimyoviy (kimyoviy tarkibi)
4.Fizik-kimyoviy (harorat havoni namligi, quyosh nuri, namligi, gigroskopikligi, oqsilllarning eskirishi)

Download 48.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling