Mundarija: Kirish I. Bob. Iqtisosiyotni modernizatsiyalash sharoitida oziq-ovqa mahsulotlarining raqobatbardoshlig
Download 48.92 Kb.
|
IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROYTIDA XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA OZIQ OVQAT MAHSULOTLARNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. Xalqaro standartlar asosida oziq ovqat mahsulotlarni sifati va uni baholash usullari
- I. BOB. Iqtisosiyotni modernizatsiyalash sharoitida oziq-ovqa mahsulotlarining raqobatbardoshlig.
Mundarija: Kirish I. BOB. Iqtisosiyotni modernizatsiyalash sharoitida oziq-ovqa mahsulotlarining raqobatbardoshlig…………………………………………………………………...1 1.1.Oziq-ovqat mahsulotlari sifatining ahamiyati va raqobatbardoshlikka tasiri……. 1 1.2.Oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini baholash. ………………..…6 II.BOB. Xalqaro standartlar asosida oziq ovqat mahsulotlarni sifati va uni baholash usullari. ……………………………………………………………...…..11 2.1. Mahsulot sifat darajasi togrisida tushuncha………………………………….…11 2.2. Mahsulot sifatini tekshirish usullari……………………………………..………17 III. Xulosa. ………………………………………………………………………….24 IV. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..……25 IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROYTIDA XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA OZIQ OVQAT MAHSULOTLARNI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH YO'LLARI Reja: Kirish I. BOB. Iqtisosiyotni modernizatsiyalash sharoitida oziq-ovqa mahsulotlarining raqobatbardoshlig. 1.1.Oziq-ovqat mahsulotlari sifatining ahamiyati va raqobatbardoshlikka tasiri. 1.2.Oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini baholash. II.BOB. Xalqaro standartlar asosida oziq ovqat mahsulotlarni sifati va uni baholash usullari. 2.1. Mahsulot sifat darajasi togrisida tushuncha. 2.2. Mahsulot sifatini tekshirish usullari. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. I.I BOB IQTISOSIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING RAQOBATBARDOSHLIG. 1.1 Oziq-ovqat mahsulotlari sifatining ahamiyati va raqobatbardoshlikka tasiri Tahlillarga koʻra, joriy yilda dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi kamida 20 foizga oʻsishi prognoz qilinmoqda. Mana shunday murakkab bir sharoitda aholini sifatli va arzon oziq-ovqat, jumladan, goʻsht va sut mahsulotlari bilan taʼminlashning ahamiyati katta. Prezidentimiz raisligida 18-iyul kuni oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni va aholi daromadlarini koʻpaytirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ayni jihatlar tahlil qilinar ekan, yurtimizda oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirib, narx-navoning aholi roʻzgʻoriga taʼsirini yumshatish choralari koʻrilayotgani taʼkidlandi. Bu boradagi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Ahamiyat bergan boʻlsangiz, soʻnggi yillarda nainki sanoati rivojlangan davlatlar, balki agrar tarmoq yetakchi boʻlgan mamlakatlarda ham oziq-ovqat barqarorligini taʼminlash dolzarb masalaga aylandi. Shu oʻrinda tabiiy savol tugʻiladi: nega va nimaning hisobiga tanqislik kuchaymoqda? Bunga avvalo, sayyoramizda mavjud resurslarning cheklanganligi, aholining tobora oʻsib borayotgan talab va ehtiyojlari sabab boʻlayotgan boʻlsa, boshqa tomondan, yerlarning choʻllanish va shoʻrlanish darajasi ortib borayotgani, tuproq unumdorligining pasayishi, suv tanqisligi kabi muammolar ham salbiy taʼsir qilyapti. Dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotida oʻzining aks taʼsirini namoyon etib ulgurgan va xalqaro maydonda davom etayotgan siyosiy tangliklar, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlariga turli cheklovlarning oʻrnatilishi ham narxlar beqarorligini keltirib chiqarmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, oziq-ovqat, shu jumladan, chorvachilik mahsulotlari, xususan, goʻsht va goʻsht mahsulotlari, parranda, baliq va sut mahsulotlari narxlariga sezilarli darajada salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ichki bozorlarimizda ham asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshishi kuzatildi. Xususan, joylarda sut narxi 30–36 foizga, tuxum narxi 10–12 foizgacha qimmatlashgani maʼlum. Davlatimiz rahbari raisligida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish, mavjud salohiyat va imkoniyatlardan toʻlaqonli foydalanish yuzasidan oʻtkazilgan qator yigʻilishlarda bu kabi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik holatlar salbiy oqibatlarining oldini olish va yumshatish boʻyicha tegishli vazifalar, yangicha ishlash usullari belgilab berilyapti. Sohaga doir tegishli qonunchilik hujjatlari hamda tarmoqni rivojlantirishga oid belgilangan vazifalarga muvofiq, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tizimida qator amaliy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bilasiz, goʻsht, parranda, baliq va sut mahsulotlari yurtdoshlarimiz isteʼmol qiladigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Ushbu turdagi mahsulotlar yetishtirish hajmini koʻpaytirish, narx-navosi barqarorligini taʼminlashda chorva hayvonlari, parrandalarni turli yuqumli kasalliklardan himoya qilish ham muhim ahamiyatga ega. Yurtimizda boqilayotgan chorva mollarining 92 foizi aholi xonadonlari hissasiga toʻgʻri keladi va bu aholining asosiy va qoʻshimcha daromad manbai hisoblanadi. Hozirda respublikamiz hududida veterinariya osoyishtaligini taʼminlash boʻyicha har yili 35-37 million boshgacha chorva mollari 11 turdagi, 100 millionga yaqin parrandalar esa 4 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi emlanadi, shuningdek, profilaktik tadbirlar olib boriladi. Butunjahon hayvonlar salomatligi tashkilotining maʼlumotiga koʻra, 2022-yilning oʻtgan davrida dunyoning 80 ta davlatida 6 mingta holatda oqsil, choʻchqa oʻlati, yuqori patogenli parranda grippi, nodulyar dermatit va boshqa tur kasalliklar kelib chiqishi oqibatida koʻplab hayvon va parrandalarning nobud boʻlishi kuzatilgan. 3 ta davlatda turli hayvonlarda COVID-19 qoʻzgʻatuvchilari kuzatilgan. Respublikamizga chegaradosh va savdo aloqalari oʻrnatilgan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Afgʻonistonda esa kuydirgi, oqsil, parranda grippi va boshqa tur kasalliklar qayd etilgan. Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq, respublika hududini hayvonlarning oʻta xavfli yuqumli kasalliklaridan himoya qilish, veterinariya osoyishtaligini taʼminlash va aholi isteʼmoli uchun sifatli chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berish tashkilotimizning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada hududlarda hayvonlar orasida kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishining oldini boʻyicha profilaktik tadbirlarni “mahallabay” va “xonadonbay” asosida amalga oshirish tizimi yaratildi. Mahallalardagi chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa yoʻnalishlar bilan shugʻullanuvchi xonadonlar soni va ularning faoliyat turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qamrab olgan mahallaning “Veterinariya xizmatlarini “mahallabay” va “xonadonbay” tartibda tashkil etish” pasporti ishlab chiqildi. Mahallalarda veterinariya servis xizmatini koʻrsatish uchun hududiy davlat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlarida xizmat koʻrsatish markazlari tashkil etildi. Ular tomonidan aholi va boshqa xoʻjaliklarda mavjud hayvonlarni doimiy ravishda klinik koʻrikdan oʻtkazish, davolash profilaktika va sunʼiy urugʻlantirish ishlarini olib borish belgilab berildi. Veterinariya xizmati koʻrsatish markazlari tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan 15,1 million bosh yirik shoxli, 10,9 million bosh mayda shoxli mol, 5,8 million parranda, 57,6 ming bosh quyon, 15,3 mingta asalari uyasi hamda qariyb 2 millionta boshqa tur hayvonlarga veterinariya xizmatlari koʻrsatildi. Olib borilayotgan veterinariya tadbirlarini muvofiqlashtirib borish uchun tuman, viloyat va respublika shtablari tashkil etildi. Hayvonlar migratsiyasi, profilaktik tadbirlar va epizootik vaziyatlarni kuzatib borishning raqamlashtirilgan “REGISTON 2021” elektron dasturi ishga tushirildi. Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobiga zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan 6 dona koʻchma laboratoriya, 42 dona maxsus avtotransport, hududiy veterinariya uchastkalari 20 dona konteyner bilan taʼminlandi. Asosiy yuklar harakatlanuvchi 8 ta chegara bojxona oʻtkazish punktiga maxsus dezinfeksiya yoʻlaklari oʻrnatildi hamda Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida zamonaviy veterinariya klinikalari tashkil etildi. Dehqon bozorlari va savdo rastalariga keltirilgan mahsulotlar sifatini tekshirishning samarasini yanada oshirish uchun veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari tezkor usulda tekshiradigan zamonaviy jihozlar bilan taʼminlanib kelinmoqda. Parrandachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish uchun kasalliklarga qarshi emlangan parrandalarning immunitet faolligi va kasalliklarga tezkor usullarda tashxis qoʻyish boʻyicha “Parranda kasalliklarini tashxislash” hamda “Chorva mollari, parrandalar va baliqlar ozuqasi tarkibini tahlil qilish” laboratoriyalari tashkil etildi. Veterinariya xizmati tomonidan 2016-yilda 300 million soʻmlik pullik xizmatlar koʻrsatilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2021-yilda 60 milliard soʻmga yetdi. Joriy yilda pullik xizmat koʻrsatish hajmini 150 milliard soʻmga yetkazish rejalashtirilgan. Albatta, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda chorva mollari va parrandalarni yuqumli kasalliklardan himoya qilish qanchalar muhim boʻlsa, soha uchun malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot va hamqaro hamkorlik aloqalari kuchaytirish ham birdek muhim sanaladi. Bu borada Prezidentimizning 2022-yil 31-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti negizida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tashkil etilganini alohida qayd etib oʻtish joiz. Chunki, mazkur universitet oldiga veterinariya va chorvachilik tarmogʻini barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, professional kadrlarni tayyorlash hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash sifatini oshirish, halqaro hamkorlik va raqobatbardoshlikni taʼminlash, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ fikrlaydigan kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoit yaratish, taʼlimni amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish, xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, oʻquv dasturlari va oʻquv-uslubiy materiallarni keng joriy etish kabi ustuvor vazifalar qoʻyildi. Ayni paytda qoʻmitamiz tasarrufida 3 ta oliy taʼlim, 5 ta texnikum, 3 ta ilmiy-tadqiqot instituti va 1 ta akademik litsey boʻlib, ularda qariyb 9 ming 200 nafar talabalar tahsil olmoqda. Xalqaro hamkorlik doirasida esa Belarus Respublikasining Grodno DAU hamda Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanmoqda. Tizimda ilmiy tadqiqot ishlari samarali yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 3 ta ilmiy tadqiqot instituti universitet bilan oʻz yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlikda faoliyat olib boradi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida respublikamizda chorva mollari naslini yaxshilash, mahsuldorligini oshirish hamda yuqumli va yuqumsiz kasalliklardan himoya qilish maqsadida mahalliy xomashyolar asosida yuqori samarador veterinariya preparatlari va diagnostikumlari yaratildi hamda ularni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Mahalliy shtamlar asosida qoramollarning teylerioz kasalligiga qarshi vaksinaning ilmiy asosi yaratildi. Hayvonlarning kolibakterioz, salmonellyoz va pasterellyoz kasalliklariga qarshi mahalliy vaksina 100 foizgacha samara berishi aniqlandi. Veterinariya biopreparatlarini tayyorlashda foydalaniladigan mikroorganizmlar shtammlarini biologik, morfologik, immunologik xususiyatlari oʻrganilib, 12 ta shtammni pasportizatsiya qilish uslubi ishlab chiqildi. Asalari, quyon va baliq kasalliklariga tashxis qoʻyish, davolash va oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi. Mahalliy ishlab chiqarish shtammlari asosida kolibakterioz, salmonellyoz va pasterellyoz kasalliklarini davolash uchun qon zardobi olish usuli va texnologiyasi yaratildi. Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti bilan hamkorlikda yaratilgan “Alsus” preparati Jizzax viloyatidagi “Golden territoriya” MCHJda 9 ming bosh qoʻy-echkilarda gelmintozlarning oldini olish, davolash maqsadida tatbiq etildi. Hayvonlarning xavfli parazitoz va tabiiy oʻchoqli transmissiv kasalliklarga qarshi “Bioinsektitsid” preparati ishlab chiqildi. Rossiyaning “YUNIGEN” MCHJ QK bilan hamkorlikda yurtimizda ilk bor leykoz kasalligini diagnostika qiluvchi mahalliy “Leykoz IgG–IFA” immunoferment tahlil reagentlari jamlanmasi yaratildi. Tadqiqotlar natijasida qizil choʻl zotli sigirlarning yangi oilalariga asos solinib, 2 ta yangi va sermahsul sigirlarning 10 ta oilasi yaratildi. Shvis zotli qoramollarning yangi vodiy tipi va uchta yangi sermahsul zavod liniyalari hamda shvis zotli qoramollarning 11 ta oilasi yaratilib, Andijon viloyati xoʻjaliklariga joriy etilmoqda. Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlikda yurtimizning har bir hududidan 30 tadan xonadonga 3 boshdan, jami 390 ta xonadonga 1170 bosh yosh qoramollar olib berilib, TMR texnologiyasi asosida oziqlantirish joriy qilindi. Bunda, oziqalar hazmlanishi 20 foizga, buqachalarning oʻsish va rivojlanishi 15 foizga, aholi daromadi 30 foizgacha oshirildi. Hozirda KOPIA markazi bilan hamkorlikda 2021–2023-yillarga moʻljallangan 150 ming dollarlik loyiha amalga oshirilyapti. Ohangaron tumanida goʻsht-yogʻ yoʻnalishidagi jaydari zotli qoʻylarning sermahsul yangi “Aqchasoy” tipi yaratildi. Mahalliy populyatsiyadagi asalarilar Karpat zotli asalarilar bilan chatishtirilib, mahsuldorligi 30–40 foiz yuqori boʻlgan avlodlar olindi hamda Toshkent va Namangan viloyatlaridagi asalarichilik xoʻjaliklarida joriy etildi. Asalarichilikda ilk bor ona asalarilarni sunʼiy usulda urugʻlantirish texnologiyasi ishlab chiqildi. Shuningdek, tadqiqotlar natijasida ilk bor Sibir osyotri baliqlaridan mahalliy iqlim sharoitida sunʼiy urchitish orqali urugʻlik (ikra) olish yoʻlga qoʻyildi. Ochigʻi, soha erishilgan bu kabi yangiliklar roʻyxatini yana uzoq davom ettirish mumkin. Asosiysi, bu kabi natijalar mamlakatimizda soʻnggi yillarda ilm-fan rivoji, ilmiy va amaliy faoliyat integratsiyasini taʼminlashga qaratilgan eʼtibor samarasi boʻlib, bu boradagi ishlar jadal rivojlanmoqda. Download 48.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling