II BOB. KATTA YOSH GURUHIDAGI BOLALARNING IJODIY QOBILYATLARINI TASVIRIY FAOLIYAT ORQALI RIVOJLANTIRISH JARAYONI
2.1. Katta yosh guruhidagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini, ijodkorligini rivojlantirish monitoringini olib borish.
Bolalarning individual rivojlanishini monitoring qilish deganda nimalar tushuniladi? Olimlar izlanishlar jarayonida bir necha savollarga javob berishgan, ulardan biri- pedagogik diagnostika va padagogik monitoringning o’zaro farqlari? Ilmiy adabiyotlarda bu savollarga turli qarashlar mavjud.
Ba’zi olimlarning fikricha monitoring bu- ta’lim tizimini sifatini tez-tez nazorat qilish, boshqarish vositasi hisoblanadi. (M.M.Potashnik, A.A.Sholatalov, V.V.Afanasyev, I.V.Afanasyeva, E.A.Gvokuzdeva, O.A.Safonova, N.P.Tropnikova, N.Kalinina, L.Yegorova).
Keng ma’noda quyidagicha tavsiflanadi:
Ilmiy qarashlarda monitoring atamasi - biron-bir ob'ekt yoki pedagogik faoliyat hodisaning strategik uzoq muddatli kuzatish tizimi va taktik (aniq) qarorlar qabul qilish uchun ma'lumotlarni berish deb ataladi. Bundan tashqari, monitoring o'quv jarayoni, yig'ish, tahlil qilish, hisobot va axborot bazasini mustaqil almashish, boshqaruv tizimi sifatida qaraladi.Monitoring sifatini ta’minlash bir nechta vazifalarni o’z ichiga oladi:
-uzoq muddatlilik;
-barqarorlik;
-ishonchlilik;
2015-2016 yili ishlab chiqilgan ”Bolalar individual rivojlanishini baholash. Pedagogik monitoring” konsepsiyasida allaqachon bu atamalarga izoh kiritilgan.(Yu.A.Afonkina). “Monitoring”tushunchasi M.M.Potoshnik, A.A.Sholatalov, V.V.Afanasev, I.Afanaseva, E.A.Gvokuzdeva asarlarida aniq yoritib berilgan: Monitoring maxsus tashkil qilinib, ob'ektlar, hodisalarni muntazam kuzatish, barqaror standartlashtirilgan jarayonlarda avvalo natija munosabatlarini aks ettirish, taxlil qilish, tashhislash, istalmagan tendentsiyalarda (yo’nalishlarda) ogohlantirishni baholashni birinchi o’ringa qo’yadi. Monitoring bu (o’quv holatida) jarayonni nazorat qilish.
Tashhis –bu tadqiqotlarni, hodisalarni oshkor qilish va tadqiqot o’tkazish jarayoning bayonoti, tavsifi. N.I.Levshina, L.N.Sannikova bu tushunchalarning ma’lum vazifalari, tamoyillari, bosqichlari va usullari o’zaro umumiy jihatga ega ekanini takidlashmoqda. Shu bilan birga, muhim farqlar ham mavjud: (monitoring) - me'yorlar, standartlar va vaqt jarayoni doimiyligi, davriyligini belgilash uning muhum xususiyati hisoblanadi.Olimlarning fikriga ko’ra pedagogik diagnostika monitoringning bir qismi bo’lib, bu pedagogik monitoring usuli hisoblanadi, umuman olganda bu tushunchalar bir ma’nonni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |