Mundarija kirish I bob. Katta yosh guruhidagi bolalarning tasviriy qobilyatlarini va ijodkorligini rivojlantirishning nazariy asoslari
Download 52.17 Kb.
|
2 5400075386421782902
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA……….…………………….....................................................................26 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…......................................27
MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………………...3 I BOB. KATTA YOSH GURUHIDAGI BOLALARNING TASVIRIY QOBILYATLARINI VA IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI…............................................................................................6 1.1 Katta yosh guruhidagi bolalarni tasviriy qobiliyati va ijodkorligini rivojlantirishning mohiyati……………………………………………………………6 1.2 Katta yosh guruhidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati………………………………………………………………..12 II BOB. KATTA YOSH GURUHIDAGI BOLALARNING IJODIY QOBILYATLARINI TASVIRIY FAOLIYAT ORQALI RIVOJLANTIRISH JARAYONLARI…....................................................................................................17 2.1. Katta yosh guruhidagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini va ijodkorligini rivojlantirish imkoniyatlari.......................................................................................17 2.2. Katta yosh guruhidagi bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishning metod va usullari…………………….......................................................................................21 XULOSA……….…………………….....................................................................26 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…......................................27 KIRISh Hozirgi kunda mamlakatimizda Maktabgacha ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib borilmoqda. Bunga yaqqol misol tariqasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlatimiz rahbari etib tayinlanganida ilk kunlardanoq ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish maktabgacha ta’lim sohasiga qaratgan e’tiborini keltirishimiz mumkin. 2016-yilning 29-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘grisida”gi PQ-2707-sonli qarori tasdiqlandi. Makur qarorda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy texnika bazasini yanada mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tizimi tarmog‘ini yanada kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, talim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intellelektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivijlantirish uchun sharoit yaratish asosiy maqsad qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarning estetik qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachining o’rni beqiyos. U chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo’lishi, buning uchun muntazam ravishda o’z ustida ishlashi, o’zining ilmiy nazariy saviyasini tinimsiz ko’tarishi, ilg’or tajribalarga tayanishi kerak. Davlat umumilliy dasturi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni ham shaklan, ham mazmunan zamon talablariga moslashtirish, ta’lim sifat- samaradorligini uzluksiz takomillashtirib borishga yo’naltirildi. Tasviriy faoliyat bo’yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti dasturi va maktabda tasviriy san’at dasturi bolalarda tevarak atrofga nisbatan, san’at bolalarda estetik munosabatni tarbiyalash ijodiy qobiliyat va tasvirlashlarini rivojlantirishni ko’zda tutadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’limiy faoliyatlarida, maktabda muvaffaqiyatli o’qib ketishlari uchun zarur bo’lgan vazifalar hal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning analiz, sintez, takrorlash, konkretlashtirish kabilar shakllanadi. Shuningdek bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o’z harakatini o’rtoqlarining harakatiga bo’ysundirishga o’rganadilar. Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida tasviriy faoliyat ta’limiy faoliyatlari bolalarda, o’quv faoliyatida zarur bo’lgan malaka ko’nikmalarni shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining tasviriy faoliyat birlamchi yo’nalishi maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy-estetik tarbiyalash hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bolaning xususiyatlari, imkoniyatlari, layoqati va qobiliyatlarini e’tiborga olgan holda uni shaxs sifatida mukammal rivojlantirishga qaratilgan ta’limdir. Ma’lumki, har bir shaxs o‘zining intilishlari, qobiliyati va imkoniyatlariga ko‘ra hayotda o‘z o‘rnini topa olgan sharoitda rivojlanuvchi jamiyatni barpo etishi mumkin. Shuning uchun bizning asosiy vazifamiz maktabgacha yoshdagi bolalarni bilimga undash, faollikka chaqirish, amaliy faoliyatning har bir turida ijodkorlik tushunchalarning muhimligini ko‘rsatish, fikrlashga o‘rgatishdan iboratdir. Demak, zamonaviy maktabgacha ta’lim oldida bolalarga yoshligidan boshlab mustaqil, faol ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish vazifasi turibdi. Download 52.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling