Mundarija kirish I bob. Katta yosh guruhidagi bolalarning tasviriy qobilyatlarini va ijodkorligini rivojlantirishning nazariy asoslari


Katta yosh guruhidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati


Download 52.17 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi52.17 Kb.
#1549228
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5400075386421782902

1.2 Katta yosh guruhidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati.
Rivojlanib kelayotgan maktabgacha pedagogika sohasi bir qancha zarur islohotlarga muhtojligi aniqlandi. Bunda tasviriy faoliyatning umumta’limiy shakllariga innovatsion dasturlar kiritish va ularni zamon talabiga javob bera oladigan darajada rivojlantirish muhim. Qo‘shimcha uzluksiz ta’lim negizida va tajribaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilk rivojlanishning ta’limiy dasturlari tashkil qilinmoqda, ular o‘z ichiga umum ta’limiy va bolalar tasviriy faoliyatining yangi shakllarini oladi. Ijodiy layoqatni rivojlantirishga yo’naltirilgan “Tasviriy ijodiyot va loyihalash” dasturini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, u quyidagi vazifalarni hal etadi:
Bolalarda faoliyat ketma-ketligini shakllantiradi(qo‘l mehnati va tasviriy faoliyat bo‘yicha );
Asosiy psixik jarayonlarni rivojlantirish;
Maxsuliy faoliyatga qaratilgan ishlab chiqaruvchi ijodiy faoliyat bo‘yicha bola ehtiyojjlarini qondirish;
Texnik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va mukammallashtirish;
Tasvirlashning turli vositalaridan foydalanish laqatini rivojlantirish;
Emotsional sohani rivojlantirish.
Kursning asosiy vazifasi har qanday mehnat texnologik va har qanday faoliyatni bajarishda shu texnologiyaga ega bo‘lish keraklgini anglab yetishdir. Ta’limiy faoliyatlar maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati xususiyatlarini inobatga olgan holda rejalashtiriladi va olib boriladi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyatini hisobga olish;
Tasviriy faoliyatni o‘yin bilan bog‘lash. Bu o‘yin motivatsiyasini uyg‘otish va o‘quv personajiga yordam kerakligini bolaga anglatgan holda amalga oshiriladi;
5 yoshli bolalar uchun birinchi ta’limiy faoliyat ish joyining tashkil etilishiga bag‘ishlanadi, bolalarni turli tasvirlash materiallari bilan tanishtirish, mo‘yqalam bilan ishlashning turli yo’llarini namoyish qilinadi. Bolalar vazifalarini eng chiroyli palitralarda ya’ni ranglar jamlanmasida bajaradilar. Bu yoshdagi bolalarga oddiy grafit qalamdan foydalanishga ruxsat etiladi. Bunga natyurmort, tipratikan, ajoyib uycha, mening sevimli masxarabozim, pasxa tuxumlaridan natyurmort va boshqalar. Ba’zi ta’limiy faoliyatlar bolalarda predmetlarni kuzatish va alohida detallarni ko‘rishni shakllantirishga xizmat qiladi: ta’limiy faoliyatlarning mavzulari – natyurmort, mening sevimli masxarabozim.
Bir qator ta’limiy faoliyatlar ijodiy tasavvur va fikrlashni rivojlantirishga yo’naltirilgan: ajoyib uy, ertaknamo gilam, qandli kaktus, oynadagi bezaklar, musiqiy fantaziya va boshqalar. 5 yoshli bola manzarani tasvirlash qonuniyatlarini “Kuzgi o‘rmon” ta’limiy faoliyati misolida o‘rganadi: daraxtlar oldingi planda o‘rtada katta hajmda chiziladi, uzoqdagi daraxtlar esa varoqning pastki qismiga katta bo‘lmagan hajmlarda chiziladi.
Olti yoshli bolalar bilan olib boriladigan birinchi faoliyat issiq va sovuq ranglar bilan amaliy tanishtirishga yo’naltirilgan, ranglarni aralashtirish, belila bilan ishlash, “Tongdagi ufq jilolanishi” (ko‘k va oq) ko’rinishidagi vazifalarni bajarish, ranglar anvoi bilan ishlash – yorqinligi bilan emas balki rangi bilan ajralib turuvchi bo’yoqlar vaziqa : “Qush botishi” (olovrangdan qizil rangga o‘tishi), “kuzdagi barglar sarg‘ayishi ” (yashildan sariq rangga o‘tish). Ganch bilan ishlashda bolalar predmetning hajmi bilan, ularning qismlarini o‘zaro aloqadorligini o‘rganishadi, ularda ikki yo‘llab ishlash malakasi shakllanadi, koordinatsiyalangan xarakatlar rivojlanadi, barmoqlarning mayda muskullari faol rivojlanadi, makon tafakkuri rivojlanadi. Ish uchun kerakli materiallar: plastilin, tuzli hamir, folga, qog‘oz massasi (pape - mashe). Maxsulotlarni bezatish uchun qo‘shimcha materiallar kerak bo‘ladi: munchoqlar, o‘yinchoq to‘pponcha uchun o‘qlar, rangli qog‘oz va boshqalar. Ta’limiy faoliyatlarda bolalar tayoqcha yordamida ishlash texnikasini va ganch usullarini egallab olishlari lozim, dumaloqlashdan (“Bo’g’irsoq”, “Kapalak qurti”), yoyish (“Bo’g’irsoq”, “Mushukcha - mushukvoy”) cho‘zish (qush tumshug‘i – “Bahoroy”), surish, silash, chimchilash (“Mushukcha - mushukvoy” quloqlari). Bolalar plastilindan tipratikan va qurish – yasashdan “Mushukcha - mushukvoy” ta’limiy faoliyatlarida ganch va tayoqcha yordamida ishlashlarni o‘rganib olishadi. Applikatsiya bilan shug‘ullanish ta’limiy faoliyatlarida bolalar turli predmetlarning oddiy va murakkab shakllari bilan tanishadilar. Siluetli tasvirlarni paydo qilish boladan idrok va tasavvurning yaxshigina ishlashini talib qiladi, bu siluetda prdemetning asosiy belgilarini ko‘rsatuvchi detallar yo‘qligi shuni talab qiladi. Applikatsiya bilan ishlash ijodkorlik tasavvurni rivjlantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar oddiy geometrik shakllarning nomi va belgilari bilan tanishadilar. Makonda predmetlarning joylashuvi va ularning bo’laklari (chapda, o‘ngda, markazida va boshqalar) hamda kattaliklari (katta, yokichkina). Bunday murakkab tushunchalar bolalar tomonidan dekorativ bezak berish yoki predmetni bo’laklari bilan tasvirlashda yengilgina o‘zlashtiriladi. Ta’limiy faoliyatlar jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda rang, ritm, simmetriyani his etish tuyg‘usi rivojlanaida va shuning asosida ijodiy did shakllanadi. Applikatsiya bilan shug‘ullanishda bolalarni ishlarni tashkil etishda rejalashtirish, bunda bo’laklarni qay tartibda yopishtirish kompozitsiyaning muvaffaqiyatini ta’minlaydi (avval yirik shakllar keyin mayda detallar yopishtiriladi. Applikatsiya ishlarini bajarishda tabiiy materiallardan foydalaniladi: quritilgan barglar («Baliqlar»), manniy yormasi («Qorbobo»). Qog‘oz bilan ishlashda bolalar ikki turdagi applikatsiya ishini bajaradilar: yassi - «Ayiqchalar uchun koptoklar», «Archa bezaklari», «Pufaklar», «Gullar»; «Ertak o‘ylab topamiz» mavzusi bo‘yicha ta’limiy faoliyatlar sikli : («Jo‘jacha», «Quyoshli vodiy», «Daraxt»);
- hajmli -«Gulli vodiy» mavzusi bo‘icha ta’limiy faoliyatlar («Qush va gullar», «Kapalak»). Bu yoshdagi asosiy vazifa bu – qaychi bilan ishlash texnikasini egallash, bolalarni bir necha kesish usullarini egallab olishlari bilan hal etiladi : to‘g‘ri chiziq bo‘ylab kesish – bunda ingichka yoki qalin chiziqlar tanlab olinadi(koptok bilan o‘ynash uchun yo‘lkacha va boshqalar); kvadrat yoki to‘rtburchakdan aylana yoki oval shaklini kesib olish («Qush», «Pufaklar», «Gullar»); chimchilab uzib olish yo’li bilan shakl xosil qilish («Jo‘jacha»).
Qurish – yasash – amaliy faoliyat – bunda bolalar turli materiallar bilan ishlab biror estetik maxsulotni paydo qiladilar. Bolalar bilan ikki ko’rinishdagi yasashdan foydalanamiz : qog‘ozdan hamda tabiiy materiallardan. Qog’ozdan yasashda bolalarda shakllarning geometrik tekisliklari haqida bilimlari aniqlashadi. Taraf, tomon, burchak va markaz haqida tasavvur shakllanadi. Bolalar qog‘ozni egish, buklash, kesish, yopishtirish yo’libilan ularda yuz beradigan o‘zgarishlarni va ulardan yangi shakl xosil bo‘lishini kuzatadilar.
Qurish bo‘yicha ta’limiy faoliyatlar makon tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi lozim (analiz, sintez); tasavvurni, ritm va simmetriya kabi belgilarni his etish; ishni rejalashtirishga o‘rganish kabilar. Asosiy e’tiborni xarakatlarni shakllantirish va mukammalashtirishga va predmetlarni maqsadli kuzatishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Qog’ozdan yasash ishida turli ish shakllaridan foydalaniladi: qog‘oz chiziqlari bo‘ylab buklash, so‘ng mustaqil qirqish («Shilliqurt», «Osminogcha» - asos «uzuk»; «Ayiqcha» - osnova «tomchi»); qog‘ozni buklash («Avtobus», «Uycha», «Quyoncha»).
tabbiy materiallardan yasashda quyidagi vositalar optimal hisoblanadi: yongoqlarning po‘sti. Tayoqchalar, cho‘chqang‘oq, cho‘chqang‘oqning qalpoqchasi, shoxchalar, shumtol va qovoq urug‘lari. Barcha ta’limiy faoliyatlar bolalarda applikatsiya bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilagan bo‘lishi lozim: qog‘ozni garmoshka qilib buklash («Haltacha», «Ayiqxon - balerina», «Ko‘k qush»); va bir shaklni ikkita qilib olishda – ko‘zlar uchun aylana: olmaxon va kamalak («Ayiq», «Quyon», «Qurbaqalar» va boshqalar.) va xokazo. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda ijodiy loyihalardan foydalanish otaxon pedagogikada yetralicha o‘rganilmagan, amaliyotga kuchsiz tadbiq qilinmoqda. V.D.Simonenko, N.V.Matyash va boshqalarning ishlari natijasi kichik yoshdagi maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining yakka va jamoaviy ijodiy ishlarinini o‘rgatish metodikasini o‘rganish tajribalari asosida shu ishlarni qayta ishlab katta yoshdagi maktabgacha yosh o‘quvchilariga tadbiq etishga xarakat qilingan. Katta yoshdagi maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining proektiv faoliyati tasviriy faoliyat va qo‘l mehnati faoliyati negizida amalga oshiriladi


Download 52.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling