Mundarija: Kirish I bob. Ko’pburchaklarni o’qitish


Download 0.52 Mb.
bet2/11
Sana17.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1543248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ko\'pburchaklar.Muntazam ko\'pburchaklar.

MASALANING QO’YILISHI: Kurs ishi Geometriya kursida ko’pburchaklar va ko’pyoqlarni, ularning turlarini o’quvchilarga har xil interfaol usullar orqli bilim berish.


MAVZUNING DOLZARBLIGI: Geometriya materiallarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda ziyraklik, diqqat rivojlanadi. Har bir o’quvchining qobiliyati, sezgilari va o’zlashtirishi o’ziga xos hamda bir-biriga o’xshamasdir. Biri eshitib mavzuni yaxshi eslab qolsa, yana biri o’qib, boshqasi esa ko’rish orqali xotirasida yaxshi eslab qoladi. Shunday ekan biz darslarni ko’rgazmali va zamonaviy texnalogiyalardan foydalanib o’tishimiz zarur.


ISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI: Kurs ishining maqsadi geometriya elementlarini bolalarga nafaqat boshlang’ich sinfdan, balki bog’cha davridanoq tanishtirib borish.

O’quvchilar kesma va siniq chiziqning uzunligini o’lchay olishni, belgilangan uzunlikdagi kesmani yasash, burchaklarni transportirdan foydalanib


yasash, berilgan formula va ma’lumotlarga ko’ra kvadrat, to’g’ri to’rtburchak, kub, to’g’riburchakli parallelepipedning tomonlari uzunligi, perimetri, yuzi va hajmi kabi o’lchovlarini hisoblay olish ko’nikmalarini egallashiga yordam berish.

Darslarni hozirgi zamonaviy texnalogiyalardan foydalanib o’tish.




ISHNING TUZILISHI: Kurs ishi: kirish qismi, ikki bob, o’z ish tajribalarimdan natijalar, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ushbu ish matnli sahifalardan tashkil topgan, har bir bob paragriflarga ajratilgan bo’lib, ular o’zining nomerlanishi va belgilanishlariga ega.

Kurs ishning birinchi bobida Ko’pburchaklar, muntazam ko’pburchaklar haqida asosiy tushunchalar, ularning ichki va tashqi chizilgan aylanalar radiuslari, ba’zi muntazam ko’pburchaklarni yasash, ko’pburchak ortogonal proyeksiyasining yuzi, uni aniqlash uchun kerakli ma’lumot va tushunchalar, ko’pburchaklarga oid masalalar va ularning yechimlari keltirilgan.


Ikkinchi bobda ikki yoqli, uch yoqli va ko’p yoqli burchaklar haqida asosiy tushunchalar, prizma, parallelepiped, piramida, kesik piramida, muntazam piramida, muntazam ko’pyoqlar ularning asosiy formulalari va ko’pyoqlarga doir masalalar yechilgan.


Kurs ishida ko’pburchaklar, ko’pyoqlarning ta’riflari va ularning isbotlari keltirilgan.


I BOB. Ko’pburchaklar.Ko’pburchaklarni o’qitish.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling