MAHSULOTLARNING SIFATI NAZORATI HAQIDA TUSHUNCHA Mahsulot sifatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi bir qancha omillar mavjud boʻlib, ushbu omillarni bir qancha guruhlarga ajratish mumkin.
1)Tashqi omillar:
sifatga qoʻyilgan talablar darajasi (iste’molchilar, taraqqiyot, raqobatchilar);
kapital, mehnat, materiallar, energiya, xizmatlarni yetkazib beruvchilarning mavjudligi;
sifat sohasida va davlat organlari faoliyati sohasida amaldagi qonunchilikning mavjudligi.
2)Korxonaning ichki omillari:
korxonaning moddiy bazasi (moliya holati, uskunalar, infratuzilma);
xodimlarning bilimi, malakasi va motivatsiyasi;
loyihaning sifati (mukammal dizayn);
ijro sifati (ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash);
jarayonlar barqarorligi.
Mahsulot sifatini ta’minlashda menejment tizimi, shuningdek sifatni boshqarish tizimi muhim ahamiyatga ega. Ushbu tizimlar quyidagilarni ta’minlab beradi:
marketing;
mijozlar bilan munosabatlar (shartnomalar, xizmat);
mahsulotni yaratishning barcha bosqichlarida sifat nazorati;
sifatni ta’minlashdagi muammolarga tezkor javob berish.
Zamonaviy sharoitda mahsulot sifati tushunchasi nafaqat iste’molchilarning talablarini, balki mahsulotning texnologik xususiyatlarini, dizayn va badiiy xususiyatlarini, ishonchliligini, chidamliligini, dizaynda qismlar va tugunlarni
standartlashtirish va birlashtirish darajasini va boshqalarni qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |