Mundarija Kirish I bob manjuriya davlatining paydo bo’lishi va Ming imperiyasining tanazzuli
Download 77.04 Kb.
|
manjuriya 1 — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB Manjuriya davlatining kengayishi va uning istilolari
- Xulosa………………………………………………………………………….…34 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..……..36 Kirish
Mundarija Kirish…………………………………………………………………………….3 I BOB Manjuriya davlatining paydo bo’lishi va Ming imperiyasining tanazzuli 1.1 Manchu davlatining yuksalishi………………………………………………..5 1.2 Ming imperiyasining tanazzulga uchrashi…………………………………...14 II BOB Manjuriya davlatining kengayishi va uning istilolari 2.1 Manjur istilosining birinchi bosqichi, Shimoliy Xitoyning manchu istilosi…19 2.2 Manjur istilosining ikkinchi bosqichi ,Yangtszi manchular tomonidan majburan bosib, Fu-vanni qo'lga olish…………………………………………..…………..26 Xulosa………………………………………………………………………….…34 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..……..36 Kirish Tarixda Manjuriya yerlari juda koʻplab mustaqil hududlarga boʻlingan. Ular vaqti-vaqti bilan yo u, yo bu bosqinchi podshoh rahbarligida bir hududga birlashgan va yana boʻlingan. Majuriya shimoliga shimoldan kelgan jangari manjur qabilalari hujum qilib turishgan va oʻz hukmlarini oʻtkazishgan. Janubdan Xitoy kolonizatsiyasi oʻzi bilan Xan davri madaniyati qoldiqlarini olib kelgan. X asrda Manjuriyani kidonlar bosib olishgan. 1115-yildan Szin sulolasiga asos solgan chjurchjenlar boshqaruvi ostida qolgan. 1234-yil Manjuriyani mo’g’ullar bosib olishgan. Xitoyda Moʻgʻul hukmronligi tugatilganidan keyin (1368) yangi Min imperiyasi tuzilib, XV asr boshida butun Manjuriyani bosib olishga harakat qilgan. Lekin butun Min imperiyasi hukmronligi davomida Manjuriyaning Lyaodun yarimoroligina (hozirgi Lyaonin) ularga doimiy boʻysungan. XVI asr oxirida chjurchjen qabila boshliqlaridan boʻlgan Nurxatsi koʻplab chjurchjen va moʻgʻul aymoqlarini oʻz qoʻli ostida birlashtiradi va 1616-yil oʻzini „Soʻnggi Sin“ imperiyasi imperatori deb eʼlon qiladi. Keyinroq Min imperiyasiga boʻysunuvchi Lyaodun qoʻlga kiritiladi. 1636-yil Nurxatsining oʻgʻli Abaxay Soʻnggi Sin imperiyasini Sin imperiyasi, chjurchjenlarni esa „manjurlar“ deb ataydi. 1644-yil Sin imperiyasi qoʻshinlari Buyuk Xitoy devoridan oʻtib Pekinni egallaydilar. Uzoq davom etgan urushdan keyin manjurlar deyarli butun Xitoy hududini oʻz imperiyalariga qoʻshib oladilar. Sin imperiyasida asosiy boshqaruvchi kuch oʻlaroq manjurlar tez orada Xitoy madaniyatini oʻzlashtirganlar lekin ularning tarixiy vatani Manjuriya oʻzida yuridik va etnik tafovutni saqlab qolgan. Etnik xitoylarning Manjuriya hududiga (Lyaodundan shimolga) oʻtishini nazorat qilish maqsadida XVII asrda maxsus Tol devorlar barpo etilgan. XIX asrga kelib, hozirgi Priamurya va Primorye hududlarini Rossiya bosib olgach Sin hukumati mamlakatning shimoli-sharqiy hududlariga xitoyliklarni koʻchirib oʻtkazish lozimligi haqida oʻyladi. XVII-XVIII asrlarda yevropaliklar manjurlar va moʻgʻullarni, shimoliy Osiyoning boshqa xalqlari qatori umumlashtirib „tatarlar“ deb ataganlar. Shunga koʻra Sin imperiyasi tarkibiga kiruvchi Manjuriya va Mongoliya Gʻarbiy Yevropada „Xitoy Tartariyasi“ nomi bilan mashhur boʻladi (misol, Jan Batist Dyualning fransuzcha: la Tartarie chinoise asari., inglizcha: Chinese Tartary Kitchen Atlasida 1773-yil). Tartar bo’g’ozi nomi ham shundan kelib chiqqan (fransuzcha: manche du Tartarie). XIX asr boshiga geograflar „Tartariya“ oʻrniga „Manjuriya“ nomini qoʻllashni tavsiya etganlar. Shu jumladan 1804-yil Parijda chop etilgan butunjahon jogʻrofiyasi („Xitoy mperiyasi“ boʻlimi) „Shimolning ishgʻol etilgan provinsiyalari yoki Manjuriya, Mongoliya, Qalmiqiya, Sifon, Kichik Buxoriya va xatolik-la TARTARIYA deya atalgan boshqa mamlakatlar“, deb nomlanadi. Faqat XIX asr davomida „Manjuriya“ soʻzi ommaviy ravishda qabul qilindi. Download 77.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling