Mundarija kirish I bob. Mark Tven Amerika bolalar adabiyoti asoschisi
Download 250.5 Kb.
|
Mark Tven – bolalar yozuvchisi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.3. Mark Tven asarlarining o`zbek tilidagi nashrlari…………………………….25 II bob. Mark Tvenning bolalar hayoti aks ettirilgan asarlarining poetik tahlili…………………………………………………………………………….34
- II.2. “Geklberry Finning sarguzashtlari” asarida realizm va romantizm uyg`unligi………………………………………………………………………. .40
MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………………….3 I bob. Mark Tven Amerika bolalar adabiyoti asoschisi………………..8 I.1. Mark Tvenning Amerika adabiyotiga qo`shgan hissasi…………………….8 I.2.Mark Tven ijodining O`zbekistonda o`rganilishi……………………………19 I.3. Mark Tven asarlarining o`zbek tilidagi nashrlari…………………………….25 II bob. Mark Tvenning bolalar hayoti aks ettirilgan asarlarining poetik tahlili…………………………………………………………………………….34 II.1. “Tom Soyerning sarguzashtlari” asarida bolalar ruhiyatining ifodalanishi…34 II.2. “Geklberry Finning sarguzashtlari” asarida realizm va romantizm uyg`unligi………………………………………………………………………. .40 Umumiy xulosalar……………………………………………………… 49 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………………….50 Kirish Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati. Adabiyot – ko`ngil fani. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Yozuvchi qalbi – esa bir g‘aroyib olam. U ko`zga ko`rinmas iplar bilan xalqning hayotiga bog‘langan. Yurt besaranjom bo`lsa, u bezovtalanadi. Badiiy adabiyotning ijtimoiy-madaniy hayotda, insonlardagi o`zaro go`zal muomala va munosabatlarning shakllanishida tutgan o`rni nihoyatda katta. U kishilarga, xususan, yoshlarga olam va odamlarga bog‘liq hodisalar mohiyatini anglash, insonga xos tuyg‘ularning rangin qirralarini his etish, insoniy fazilatlar va nuqsonlar mohiyati haqida o`ylash imkonini beradi. Adabiyot qadim zamonlardan hozirga qadar “jamiyat”, “ma’naviyat”, “madaniyat” va “san’at” tushunchalari bilan birgalikda yashab keldi. Badiiy adabiyot har bir inson ma’naviy dunyosini bebaho insoniy fazilatlar, o`lmas milliy qadriyatlar bilan boyitadi. Ma’naviyati yuksak inson chinakam shaxs darajasiga ko`tarilishi mumkin. Badiiy adabiyot shaxsning jamiyatda o`z o`rnini topishga ko`maklashadi. Bu jarayon o`qilgan asarlarni uqish, ulardan o`rinli xulosalar chiqarish, badiiy so`zdan ta’sirlanish, ko`ngilni poklash, o`ziga ma’qul kelgan ezguliklarni yaqinlariga ham ravo ko`rish, eng muhimi, badiiy asarlar vositasida odam o`z-o`zini kamol toptirishi orqali sodir bo`ladi. Yoshlarni ozod ruhli, erkin fikrli, adolatli, xolis, sabr-qanoatli qilib kamolga yetkazishdek tabarruk vazifani badiiy adabiyot o`z so`zining quvvati va sehri bilan bajaradi. Badiiy adabiyotimizda shunday xususiyatga ega bo`lgan bir qancha asarlar borki, ular hanuzgacha o`z qimmatini yo`qotgani yo`q. Ular nafaqat yurtimizda, balki butun jahon bo`ylab uzoq yillar davomida yo`lchi yulduz bo`lib xizmat qilmoqda. Yurtimiz uzra mustaqillik shabadasi esayotganiga ham mana yigirma sakkiz yil bo`lyapti. Istiqlolga erishgan xalqimizning o`z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari, tarixini bilishga, ushbu tabarruk tuproqda yashab o`tgan buyuk allomalar, ularning buyuk asarlarini o`rganishga qiziqish ortmoqda. Xalqimizda nafaqat o`z adabiyotimizni, balki jahon adabiyotini o`rganishga ham qiziqish juda yuqori darajada hisoblanadi. Bunday donishmandlar qoldirgan moddiy va ma`naviy meros o`z xalqimiz va butun jahon xalqlari tomonidan ham tan olingan. Shunday ekan, Sharq xalqlarining, jumladan, o`zbek xalqining huquqiy-axloqiy, tarbiyaviy madaniyatining poydevori nihoyatda pishiq, ildizlari mustahkam ekanligiga shubha yo`qdir. Yurtimizda adabiyot sohasiga juda katta e`tibor qaratilmoqda. Nafaqat o`zbek adabiyotini balki chet el yozuvchilari tomonidan yozilgan nodir asarlarni o`rganishga ham e`tibor kuchaygandan kuchayib boryapti. Birinchi Prezidentimizning “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor”1 risolasida iste’dodlarni topish, tarbiyalash, mehnatlarini munosib qadrlash, keksa adiblarga e’tiborni kuchaytirish, xalqaro adabiy aloqalarni munosib yo`lga qo`yish borasida juda muhim va dolzarb fikrlar bildirgandi. Yurtboshimizning “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” risolasi ma’naviyatimizga katta g‘amxo`rlikning yorqin namunasi bo`lgan. Ushbu kitob kelajak faoliyatimizda dasturilamal bo`lib xizmat qiladigan, nafaqat adiblar, balki jami ziyolilarimiz o`qishi zarur bo`lgan muhim davlat hujjatidir. Uni qayta-qayta o`qimoq, mag‘zini chaqmoq, dilga joylamoq kerak. Unda adabiyotimizning xoh keksa, xoh yosh vakili bo`lsin, barchasi uchun zarur va foydali bo`lgan yo`riqlar, chuqur ma’nolar mujassam. Davlatimiz rahbarining ziyolilarimizni ilg‘or qismi bo`lgan badiiy adabiyot vakillariga xalqimizning qalbi, uning oliy maqsadlarini yaqindan biladigan insonlar sifatida munosabat bildirishlari bejiz emas. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 3-avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuv o`tkazdi. Prezidentimiz uchrashuvda so`zlagan nutqida “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bo`ladi”, – degan fikrni qat’iyat bilan ta’kidladi. Prezidentimiz xalqimizning ma’naviy kamolotida ijodkorlarning xizmati beqiyos ekaniga alohida urg`u berib, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida barcha sohalar vakillari qatori madaniyat va san’at ahlidan ham yanada faollik, yangi-yangi ijodiy g‘oya va tashabbuslar bilan yashash, izlanish ruhi talab etilayotganini aytib o`taganlar. Yurtboshimiz o`zbek yozuvchilari asarlari bilan bir qatorda chet el yozuvchilari asarlarini o`rganishni, jahon adabiyotidagi mashhur asarlar, yozuvchilarning ibratli g`oyalari orqali ham ma’naviyatimizni yanada boyitishga e`tibor qaratilishini ta`kidlaydilar. Bu e`tibor tufayli tarjima sohasi juda jadal rivojlanmoqda. Chunki barcha xalqlar bir-birining adabiyoti va madaniyati bilan uzviy aloqa o`rnatgan taqdirdagina o`zlarining adabiyoti va madaniyatini rivojlantira oladilar. Alohida olingan har bir milliy adabiyot mavqeyidan turib qaralsa, tarjima ko`proq rang-baranglik, xilma-xillikka qulaylik tug’diruvchi omil sifatida namoyon bo`ladi. Tarjima yangi janrlarning milliy adabiyotlarga kirib borishini ta’minlovchi unsur hisoblanadi va shu jihatdan olib qaralsa, birlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo`ladi. Jahon adabiyoti durdonalari tarjima tufayli bir tildan boshqa tilga o`girilganda, o`sha tilda so`zlashuvchi xalqning milliy ongini o`stirishda, yangicha estetik did paydo qilishda, dunyoqarashini tarbiyalashda faol rol o`ynaydi. Demak, tarjima tarbiyaviy, ma’rifiy ahamiyatga ega. Yangi adabiyot orqali o`z xalqimizning o`tmishi, bugungi va kelajak hayotini o`rgansak, badiiy tarjima asarlari orqali o`zga xalqlarning hayoti, o`tmishi, turmush tarzi bilan tanishamiz. Har bir xalq adabiyotini eng yuqori cho`qqilarga ko`taradigan daho san`atkorlar bo`ladi. Bu daho zotlar ro`yobga chiqargan bemisl ishlar, ular yaratgan o`lmas asarlar hamon o`zlari mansub bo`lgan xalqning zakovatini dunyoga tanitib, butun insoniyatning ongini yoritib, qalbi va tafakkuriga kuch-quvvat, qudrat bag'ishlab kelmoqda. Jahon adabiyoti tarixida qiziqarli sarguzasht-detektiv asarlar yaratib, ulkan shuhrat qozongan yozuvchilar kam emas. Ular orasida o`z asarlari bilan jahon xalqlari ichida juda ko`p muxlislarga erishgan mashhur yozuvchilardan biri Mark Tven hisoblanadi. Mark Tven o`z asarlari, dunyoviy qarashlari bilan tanilgan. U Amerika hayotidagi turli chirkin illatlarni, kamchiliklarni ochiq oydin ochib bergan, kambag`allarning og`ir hayoti, turli qarama-qarshiliklarini tanqid qilgan. Uning o`z davrida e`tiborga olinmagan fikrlari vaqtlar o`tib qanchalik ahamiyatga ega ekani ma`lum bo`lmoqda Bunday donishmandlar qoldirgan moddiy va ma`naviy meros nafaqat o`z xalqi, balki butun jahon xalqlari tomonidan ham tan olingan. Shunday ekan, G`arb xalqlarining, jumladan, Amerika xalqining huquqiy-axloqiy, tarbiyaviy madaniyatining poydevori nihoyatda pishiq, ildizlari mustahkam ekanligiga shubha yo`qdir. Ularning merosini tadqiq qilish, o`rganishdek sharafli va ayni choqda mashaqqatli ishga har kim ham bel bog'lay olmaydi. Buning uchun ham kishida o`ziga xos bilim, zakovat, did va farosat, fikrni to`g'ri anglay bilish salohiyati bo`lmog'i lozim. Zero, mana shunday nozikfahm tadqiqotchigina o`z ishi bilan daho zotlar va xalq orasida yaqinlik paydo qila oladi. Shu jumlada, chet el adabiyot durdonalaridan bir qanchasi o`zbek tiliga tarjima qilingan. Shular qatorida Amerikaning mashhur yozuvchisi Mark Tvenning asarlari ham bir necha bor tarjima qilingan. Amerika yozuvchilaridan hech birining asari Mark Tven asarlaridek o`zbek tiliga ko`p tarjima qilingani yo`q. 1939-, 1940-, 1948-yillarda “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”2, 1947- va 1960-yillarda mazkur asarning davomi “Geklberri Finning boshidan kechirganlari”, 1962-yili “Shahzoda va gado”, 1959-yili “Hikoya va pamfletlar to`plami”, 1963-yili “Ezma Bessi” hikoyalar to`plami va nihoyat, 1966-yili “Janna d’Ark” tarixiy romani o`zbek tiliga tarjima qilindi. Ulardan “Geklberri Finning boshidan kechirganlari” Abduvoris Abdumajidov tarjima qilgan. “Qirol Artur saroyidagi konnektikutlik Yanki” romanlarining Odil Rahimiy, “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” asarining Ilyos Muslim va A. Pirnazarovlar tomonidan o`zbekchaga o`girilgan nashrlari ham yurtimiz bo`ylab juda ko`p kitobxonlar tomonidan sevib o`qilmoqda. Download 250.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling