Mundarija kirish I bob. Mark Tven Amerika bolalar adabiyoti asoschisi


Download 250.5 Kb.
bet2/8
Sana05.08.2023
Hajmi250.5 Kb.
#1665400
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mark Tven – bolalar yozuvchisi.

Ishning maqsadi va vazifalari. Mark Tvenning yuqorida sanab o`tilganidek, serqirra ijod sohibi ekanligi, Amerika adabiyotini eng yuqori cho`qqilarga ko`targani adabiyotshunoslar tomonidan yetarlicha o`rganilgan bo`lsa-da, uning bolalar adabiyoti rivojida qanchalik yuqori o`ringa ega ekanligi sinchiklab o`rganilgani yo`q. To`g`ri, uning bolalar hayotiga bag`ishlangan bir qancha asarlari dunyo bo`ylab keng yoyilib, qayta-qayta nashr etilayotgan bo`lsa-da, undagi sermazmun fiklarni tadqiq etish unchalik yuqori darajada emas. Ushbu bitiruv-malakaviy ishida Mark Tvenning bolalar adabiyoti rivojida qanchalik o`rin tutgani, bolalar hayotini uning ichki dunyosini qanchalik ko`ra olgani, bolalar adabiyotiga qo`shgan hissasi masalasini o`rganish asosiy maqsad sifatida belgilab olindi.
Bituriv-malakaviy ishida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko`zda tutiladi:

  • Mark Tvenni serqirra ijodkor sifatida o`rganish;

  • Yozuvchining Amerika adabiyoti rivojiga qo`shgan hissasini aniqlash;

  • Xalq og`zaki ijodi, qardosh xalqlar adabiyoti, o`z davri adabiyotiga Mark Tvenning munosabatini yoritish;

  • Mark Tvenning bolalar adabiyoti rivojidagi o`rni;

  • Adibning bolalar ruhiyatini aks ettirgan asarlarining mazmun, mohiyatini anglash, tadqiq etish.

BMIning predmeti va obyekti. Mazkur bitiruv-malakaviy ishni amalga oshirishda Mark Tvenning bolalar hayotiga bag`ishlangan asarlari asosiy manba sifatida olindi. Shuningdek, serqirra ijod sohibining boshqa ilmiy va badiiy asarlariga ham murojaat qilindi.
Ishning tuzilishi.
Ushbu bitiruv-malakaviy ishi kirish, ikki asosiy bob, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, 53 sahifani tashkil etadi.


I bob. Mark Tven Amerika bolalar adabiyoti asoschisi.


I.1.Mark Tvenning Amerika adabiyotiga qo`shgan hissasi.

Sarguzasht asarlarni sevib mutolaa qilmaydigan odam topilmasa kerak. Chunki bu xildagi hikoya, qissa yoki romanlarda tasvirlangan ajoyib va g’aroyib voqea-hodisalar kitobxonda beixtiyor katta qiziqish uyg’otadi. “Innaykeyin nima bo`larkin?” yoki “Asar nima bilan tugarkan?” deb uni qo`ldan qo`ymay, oxirigacha o`qib chiqilishi tabiiydir.


Jahon adabiyoti tarixida ana shunday qiziqarli sarguzasht-detektiv asarlar yaratib, ulkan shuhrat qozongan yozuvchilar kam emas. Ular orasida amerikalik mashhur adib Mark Tvenning asarlari salmoqli o`rinni egallaydi. San’atkor badiiy adabiyotga Gek Finn va Tom Soyer singari ajoyib bolalar siymosini, ularning kishini hayratga soladigan g’aroyib boshdan kechirgan sarguzashtlarini olib kirdi va shu harakatlari natijasi o`laroq kattalar va kichiklarning sevimli yozuvchilaridan bo`lib qoldi. Uning asarlari qahramonlari Tom Soyer va Geklberri Finn dengizchi bo`lishni orzu qilishadi, Missisipi daryosi bo`ylab sayohat qiladilar. “Tom Soyerning sarguzashtlari” asarida ta'riflangan g`orlarda aslida Mark Tvenning o`zi bolaligida o`ynab yurar edi. Yozuvchi bolalik xotiralari asosida haqiqiy hayot manzarasini chizadi.
19-asr oxiri va 20-asrning boshlarida Amerika adabiyoti realizm ko`tarilishida namoyon bo`ldi. Vaqtning eng mashhur realist yozuvchilari orasida Mark Tven alohida o`rin tutgan. Tven Amerika adabiyotning satirik mutafakkiri va mutaxassisi edi.
Mark Tven (Samuel Klemens) 1835-yil 30-noyabrda Amerika Qo`shma Shtatlarining Missuiru shtatiga qarashli Florid qishlog’ida xizmatchi oilasida tug’ildi. Mark Tven Galeya kometasi yerga uchib kelgan yili tug`ilgan. Yozuvchining o`zi bu faktga juda katta ahamiyat qaratar edi. Keyinchalik u bu joyni “Tom Soyerning sarguzashtlari” yozuvlari yozilgan joy sifatida tasvirlaydi. Uning otasi dastlab sudda yuristlik bilan shug`ullangan. Keyinchalik esa tijorat ishlarida faoliyat ko`rsatgan, biroq xalq ta’biri bilan aytganda, hech qachon “biri ikki bo`lmagan” odamlardan edi. Onasi, Jeyn Klimens o`ynoqi, do`stona, rahmdil uy bekasi edi.
Klemens oilasi yashaydigan Hanibal qishlog'i Missisipi daryosida joylashgan3. Shunga qaramay, qishloqdagi zo`ravonlik odatiy bo`lib, yosh Sem (Samuel) ba'zan o`limga guvoh bo`lgan. To`qqiz yoshligida mahalliy odam chorvadorlik fermasining egasi tomonidan o`ldirilgan va u 10 yoshida qora ko`zli qul tomonidan otib o`ldirilgan. Bu hodisalar kichik bolaning bolalik xotirasida edi. Klemensning otasi 1847-yilda pnevmaniya tufayli vafot etdi. Og’ir turmush sharoiti tufayli Samuel 12 yoshlarida maktabni tark etib, mustaqil hayot kechirishga, tirikchilik qilishga majbur bo`ladi. Uzoq muddat sarson-sargardonlikda mamlakatni kezib yuradi, duch kelgan odamlar xizmatini qiladi. Nihoyat, uzoq urinishlardan keyin o`ziga ma’qul ish topishga muvaffaq bo`ladi. Uning akasi, Orion, “Hanibal jurnali” deb nomlangan gazeta chop etishni boshlagan, Sem esa gazetada tipograf bo`lib ishlagan. Uning akasi Orion Nyu-York va Sent-Luisga safar qilganda, Sem gazetada tortishuvlarga sabab bo`lgan yozuvlarni chop etish va nashr qilish imkoniyatidan foydalanadi. O`sha davrlarda Shimol bilan Janub o`rtasidagi fuqarolar urushi (1861-1865) natijasida Missisipi daryosida kema qatnovi to`xtab qolganidan so`ng Mark Tven Uzoq G`arbga, Nivadaga borib, oltin izlovchilar orasida yuradi. Lekin uning bu intilishlari natija bermagach, endi jurnalistika bilan shug`ullanadi. 18 yoshida u Qo`shma Shtatlarning turli joylariga sayohat qilib, turli bosma matbuotlarda noshir bo`lib ishlagan va kutubxonalarda tahrir qilish bilan shug'ullangan. Mark Tven bosmaxonada ishlab yurgan kezlaridayoq maqola, ocherk, felyetonlar yozgan edi. Bu sohada ma`lum tajribaga ega bo`lishi tufayli u 60-yillar o`rtasida yumoristik hikoyalar ustasi sifatida taniladi. Mark Tvenning ilk maqolasi “Harper's Weekly”da nashr etilgan va xato tufayli “Mark Sveyn4” nomi bilan chiqqan. Shuningdek, u “Rambler”, “Serjant Fantom” taxalluslarida ham maqolalar yozgan bo`lishi mumkin. U ”Epaminond Adrast”, va “Sergap" taxalluslaridan ham foydalangan. Mark Tven Virjiniya hududiy korxonasida ishlaydi va shu davrda gazetalarda birinchi marotaba uning asarlari “Mark Tven” taxallusi bilan e`lon qilinadi, Geklberri Finn va Tom Soyer haqidagi asarlari bilan dunyoga mashhur bu yozuvchining asl ismi Semuel Lenghorn Klemensdir. U Mark Tven taxallusini Missisipida lotsman yordamchisi bo`lib ishlab yurgan kezlarida tanlagan. Daryo qatnoviga oid bu atama kema o`tishi mumkin bo`lgan chuqurlikni anglatadi. Buni aniqlash uchun daryoga arqon tashlangan, suv 2 dengiz sarjini 3,7 metrga yaqin belgisiga kelganda o`lchovchi: “Mark tven!” (inglizchada – ikki o`lchov) deya hayqirgan. Kema qatnovi uchun daryo kamida shuncha chuqurlikka ega bo`lishi kerak. “Ikki oyoq”, “Ikki o`lchov”,”Ikki sarjin”, ayrim manbalarda “Bexavotir suv” degan ma`noni anglatuvchi “Mark Tven” so`z bo`lg’usi adibga ma’qul va manzur bo`lib, mazkur taxallusni tanlagani aniq. Garchi adibning taxallusi “ikki sarjin” ma’nosini bersa-da, asarlarining ma’nosi juda chuqur. Yozuvchi sarguzasht asarlari, o`tkir fikrlari bilan millionlab o`quvchilarning qalbiga chuqur kirib borgan. U o`z asarlarini yozuv mashinkasida yozgan ilk yozuvchi bo`lgan.
1864-yilda San-Fransiskoga borgan Mark Tven jurnalist bo`lib bir necha gazetalarda ishlaydi. O`sha paytlarda bosib chiqarilgan “Kalaveraslik mashhur sakrovchi qurbaqa “ haqidagi hazil hikoyasi uning birinchi muvaffaqiyatini yozma ravishda beradi. Bu hikoya 1865-yil 18-noyabrda Nyu-Yorkda shanba kuni bosilib chiqadi. Qisqa vaqt ichida butun mamlakat bo`ylab chop etilgan bu asar “Amerikada yozib qo`yilgan eng yaxshi jozibali adabiy asar”5, deb topildi. Bir yil o`tgach, Sandvich orollari (hozirgi Gavaya) “Sacramento Union” gazetasi muxbiri bo`lib ishlagan. Shuningdek, u yo`lda sodir bo`lgan voqealardan “sayohat” yozishga tayinlangan. Mark Tven San-Frantsiskoga qaytib kelgach uning bu yozuvlarini mashhurlik kutmoqda edi. Shunday qilib, “Alta Kaliforniya” gazetasi bosh muharriri Jon Mark Tvenning shtat bo`ylab ekskursiyaga tashrif buyurib, maruza qilishni taklif qildi. To`rt yil o`tgach u Misrga qaytdi va kema kapitani bo`lish uchun kemalarni o`rganishni boshladi. Keyinchalik Missisipi daryosida darg’alik (lotsmanlik) qiladi. Undagi badiiy ijodga mehr-muhabbat, ajoyib va g’aroyib sarguzashtlarni tasvirlab berishga intilish kayfiyatlari xuddi ana shu davrda tug’ilgan bo`lsa ajab emas. Adib bu davrdagi hayotini keyinchalik yozgan „Missisipidagi hayot” kitobida batafsil tasvirlaydi. Samuel G’arb tog’larida, Kaliforniya va Nevada shtatining oltin va kumush konlarida mehnat qiladi. Omadi kelavermagach, yana gazetaga ishga kiradi. Kaliforniya gazetasi Mark Tvenni o`z muxbiri sifatida G’arbiy Yevropaga jo`natadi. 1866-yilda Tven o`zining birinchi maruzalarini o`qidi. Shundan boshlab shu davr tinglovchilarning sevimli mashg`uloti televideniye, radio va telefonda Mark Tvenning yagona ko`ngilochar maruzalarini tinglashdan iborat bo`lib qoldi. Mark Tven o`z fikrlarini komik tarzda ifodalab, tinglovchilar bilan jonli suhbatga olib boradi. Uning ma'ruzalari, kitoblari bilan birga, obro`-e'tiborini oshirdi. Ayniqsa, uning 1865-yilda folklor syujeti asosida yozilganKalaveraslik mashhur sakrovchi qurbaqa” asarida soddadil amerikaliklarning hazil-mutoyibasi va hayoti tasvirlangan bo`lib, Mark Tvenni mashhur qilib yubordi. Yozuvchining “Tennesiyada jurnalistika”, “Men qishloq xo`jaligi gazetasini qanday tahrir etdim” yumoristik hikoyalarida qiziq voqea, latifa va uydirma voqealar tasvirlanadi, ularda burjua matbuotidagi beburdlik masxara qilinadi. 1867- yildan e’tiboran bo`lg’usi ulkan yozuvchi O`rta Yer dengiziga, so`ngra Yaqin Sharqqa,Yevropaga sayohat qiladi. U Yevropadagi juda ko`p mamlakatlarda, shu jumladan, Rossiyada ham bo`ladi. Yozuvchi 29 bor Atlantika okeanini kesib o`tgan. Bo`lib o`tgan voqealar, hodisalar haqida 30 ta kitob va 50 mingdan ziyod xat, maktublar yozgan.
Odessa, Sevastopol, Yaltani ko`radi. 1869-yilda u butun dunyo bo`ylab sayohat qilayotgan materiallar asosida “Chet ellardagi soddadil kishilar” nomli kitobini chop ettiradi. Ushbu safar davomida u Charlz Languard bilan tanishadi. Charlz Mark Tvenni opasi Oliviya Longard bilan tanishtiradi. Mark Tven uni sevib qoladi. Ular 1870-yilda turmush quradilar va er-xotinlar uchta qiz va bir o`g'il farzand ko`radilar. Zamonaviy qiyofasiga qaramay, Mark Tven qiz va ayollarga qaraganda ancha progressiv inson edi. U ayol ayolning emas, balki erkakning teng hamkori ekanligiga ishonadi. “Men uch kishidan biri – oshpaz, ofitsiant va ayol bilan uxlashni istamayman6”, – dedi Tven. Tven turmush o`rtog'iga sodiq edi. Olivin Klemensga uylanmaguncha u jiddiy va o`zining ko`ngli to`ladian biror-bir asar yozmaganligini tan olgan. Keyinchalik Klemens oilasi Baffalo (Nyu-York), keyin Xartfordda yashaydi. Yozuvchi har qanday vaziyatda ham ijodni to`xtatmaydi va bir qancha asarlarni yaratadi. Uning asarlarining har birida o`ziga xos mavzu va g`oya yoritilgan. Masalan, 1869-yilda “Chet ellardagi soddadil kishilar” chet elliklar haqida yumoristik ocherklar, 1872-yilda “Toblanganlar” ocherklar kitoblariga kirgan asarlar ana shu sayohatlar taassurotlari asosida maydonga kelgan. 1873-yilda Charlz Uorner bilan hamkorlikda “Zarhal asr” romanini yozadi. Unda moliyaviy-siyosiy korrupsiya haqidagi fikrlar bayon etilgan. Shuningdek, 1874-yilda yozilgan “Yaltiroq asr” satirik romanida esa jamiyat illatlari hajv etiladi. 1875-yilda yumoristik va satirik yo`sinda yozilgan “Eski va yangi hikoyalar (Sketches New and Old)”, 1869-yilda “Tennesidagi jurnalistika”, 1870-yilda “Meni gubernatorlikka qanday saylashgani”, 1870 -yilda esa “Qishloq xo`jaligi gazetasiga qanday muharrirlik qildim” singari asarlarni yozgan. Ushbu to`plamlariga kirgan asarlarida Amerika hayotining turli qirralari tasvirlangan. 1884-yilda yozilgan “Geklberri Finning boshidan kechirganlari (Adventures of Huckleberry Finn)” romanida amerikacha hayotning yetuk ijtimoiy tanqidi, muruvvat va iltifotning manfaatparastlik va shafqatsizlik bilan yonma-yon mavjudligi ko`zga tashlanadi. Buyuk adib taniqli fizik olim va ixtirochi Nikola Tesla bilan do`st edi. Aynan uning ta'sirida yozuvchida 1889-yilda “Qirol Artur saroyidagi konnektikutlik yankilar( A Connecticut Yankee in King Arthur’s Court)”, asarini yaratish fikri tug`ilgan.Yozuvchining ushbu qissasida ijtimoiy qarama-qarshilik dunyosi qoralanadi. Undan tashqari 1901-yilda yozilgan “Zulmkorlar Qo`shma Shtatlari” pamfletida negrlarni ezish kabi sharmandali hol va irqiy kamsitishlarni qoralab, bunga qarshi turishga chaqiradi. Ammo uning nazarida kurashga qobil kuchlar yo`q edi. Yozuvchidagi zaif tomon jamiyatdagi progressiv kuchlarni ko`ra bilmaslik va ularga tayanmaslikdir.
Mark Tven har onini ijodga bag`ishlaydi. Har yili uning bir necha asarlari muxlislariga kutilmagan sovg`a bo`lar edi. 1875-yilda “ Missisipidagi eski davrlar”, 1883-yilda “Missisipidagi hayot( Life on the Mississippi )” kitoblari, 1882-yilda esa “Shahzoda va gado (The Prince and the Pauper )” , 1894-yilda “Ovsar Vilson (The Tragedy of Pudd’nhead Wilson)” , 1894-yilda “Tom Soyer chet elda(Tom Soyerv Abroad)” , 1897-yilda “Tom Soyer – josus (Tom Soyerv- detective)” , 1916-yilda “Sirli notanish odam” kabi roman va qissalar yozgan buyuk adib hisoblanadi.
Yozuvchining 1895- yildagi jahon bo`ylab sayohati 1897-yilda yozilgan “Ekvator bo`ylab (Following the Equator )” kitobida, shuningdek, pamfletlar turkumi, shu jumladan 1901-yilda yozilgan “Qorong‘ida o`tirgan odamga (To the Person Sitting in Darkness ) essesi , va 1923- yilda nashr etilgan “Harbiy ibodat” asarlarida aks etgan.
Yuqorida ko`rsatilgan asarlaridan 1901-yilda yozilgan “Qorong‘ilikda yurgan kishiga” pamfletida Amerika imperializmining kolonial siyosati fosh etiladi. Kapitalistik davlatlarning kam rivojlangan mamlakatlar ichki ishlariga aralashuvlarini, madaniyat tarqatish bahonasi bilan tilida Xudo-yu, dilida yovuz niyat va makkorlik aldash, sotib olish, o`ldirish va qo`rqitish yo`li bilan odamlarni qul qilish siyosatini fosh etadi. Mark Tven burjuaziyaning mustamlakachilik siyosatining yemirilishi muqarrar ekanini ko`ra bilgan yirik demokrat yozuvchi edi.
Mark Tvenining bolalarga atab yozilgan asarlari bolalar adabiyotining mumtoz namunalari sanaladi. Jumladan, A. Pirnazarov va Ilyos Muslim tomonidan tarjima qilingan “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” asari o`zbek tilida bir necha bor nashr etilgan. Shuningdek, “Geklberri Finning boshidan kechirganlari” , 1959-yilda “Hikoya va pamfletlar” , 1962-yilda “Shahzoda va gado”, “Janna d’Ark (Personal Recollections of Joan of Arc)”, 1896-yilda “Gedlibergni yoʻldan urgan odam(The Man That Corrupted Hadleyburg )” va boshqa asarlari ham o`zbek tiliga tarjima qilingan, maktab darsliklariga kiritilgan.
Ijodining shu davriga xos , 1899-yilda yozilgan “Gedlibergni buzgan odam” qissasida boylik, hasadgo`ylikka berilgan hozirgi zamon Amerika burjua jamiyati illatlarini fosh etadi
Gedliberg yaxshi odamlar yashaydigan, nuqsonlardan xoli joy, deb atalar edi. Lekin yaqindan qaraganda, u o`sha tuzumning barcha qabohatlarini o`zida maujassamlashtirgan shahar. Uning aksar fuqarolarida vijdon va poklikdan asar ko`rinmaydi. Shaharda insofli kishilar uchun yashash imkoniyati yo`q. Bu shaharning ustunlari hisoblangan boy grajdanlari aslida esa eng insofsiz, tovlamachi, pul uchun o`z sha`nidan ham voz kechuvchi shaxslar bo`lib chiqadilar. Bu shahardagi turmush butun mamlakat uchun xarakterli. Demak, kichik Gedliberg orqali butun Amerikadagi hayoti anglashiladi. Yozuvchi shaharning eng vijdonli kishilaridan hisoblangan va tuhmat qulib ayblangan Brjesni yoqlab, pulga sajda qilgan ruhoniy Vilson va amaldor Vilsonni qoralaydi.
Mark Tvennning 1901-yilda “Qorong`ilikda yurayotgan kishiga” pamfletida Amerika imperializmining kolonial siyosati fosh etiladi. Kapitalistik davlatlarning kam rivojlangan mamlakatlar ichki ishlariga aralashuvlarini, madaniyat tarqatish bahonasi bilan tilida Hudo-yu dilida yovuz niyat va makkorlik( aldash, sotib olish, qul qilish, o`ldirish va qo`rqitish) yo`li bilan odamlarni qul qilish siyosatini fosh etadi. Mark Tven burjuaziyaning mustamlakachilik yemirilishining muqarrar ekanini ko`ra bilgan yirik demokratik yozuvchi edi.
Mark Tven “Ulkan xalqaro marosim” pamfletida AQSh, Angliya, Germaniya, Rossiya, Fransiya imperialistlarining iqtisodiy qoloq o`lka va mamlakatlarni zo`ravonlik bilan bosib olish kabi qabih siyosatlarini ayamay fosh etadi.
Mark Tven o`zining hayotligi vaqtida antiimperialistik ruhda yozilgan ko`p hajviyalarni bostira olmaydi. Uning o`z so`zlari bilan aytganda, Amerika burjua jamiyatida so`z erkinligi yo`q. “So`z erkinligi faqat o`liklarga berilgan huquqdir7” .
Mark Tven chorizm zulmiga qarshi qaratilgan birinchi rus revolutsiyasini tabriklab, “Shoh monologi” hajviyasini yozadi. Bu qudratli hokim haqiqatda arzimas kimsa, agar uning kiyimini yechsangiz, kishi ko`z oldida “ozg`in, nimjon, maymoq” odam qiyofasi paydo bo`ladi, deb uning karikaturali obrazini chizadi. 1906-yilda Maksim Gorkiy partiya topshirig`i bilan AQShga borgan vaqtida Mark Tven uni qutlaydi. Rus xalqining shoh istibdodiga qarshi o`z ozodligi uchun olib borayotgan kurashini tabriklaydi8.
Mark Tven “Avtobiografiya”si uning hayoti va turmushga bo`lgan qarashlarining so`ngi yillariga xos tomonlarini ochuvchi qimmatli hujjatdir. Ular xotiralar, lirik lavhalar, tabiat manzaralari tasviri bilan bir qatorda, Amerika imperializmining yirtqich qiyofasini fosh etgan satiralardan iborat. Bu “taqiqlangan” kitobdan ba`zi bir parchalar e`lon qilingan.
Tven “buyuk respublika” deb atalgan Amerikani o`zak-o`zagigacha chiriganligini aytadi. Buning asosiy sababchisi “imperializm” deb hisoblab, o`sha tuzum jamiyatni falokatlarga olib boradi, shuning uchun uning eng adolatli ijtimoiy tuzum bilan almashtirish kerak, degan obyektiv xulosaga keladi. Ta`sirchan kulgi san`atini egallagan va uning beqiyos katta kuchiga ishongan Tven o`zi yashab turgan dahshatli kapitalistik dunyo va uning “zarhallangan asri”da nihoyatda avj olgan qalloblik, zo`ravonlik va munofiqliklarni fosh etishi bilan birga, zamondoshlarining diqqatini o`sha qabohatlariga qarshi kurashga qaratadi. Bu esa demokrat va satirik yozuvchining o`z xalqi va jahon progressiv jamoatchiligi oldidagi katta xizmatini ko`rsatadi.
Mark Taven oilasining baxtli hayoti 34 yil, xotini 1904-yilda vafot etguniga qadar davom etadi. Ayni paytda u ko`pincha Qo`shma Shtatlarda va Buyuk Britaniyada ma’ruzalar o`qidi. Mark Tven ikki tomonlama raqs uslubiga aylangan, Amerika jamiyatini, siyosatchilarini va diniy qarashlarini tanqid qila boshlaydi. Uning bu qarashlari 1883-yil Misisipida yozilgan “Hayot” nomli kitobida o`z aksini topdi. Mark Taven 1893-yili u Anri Roxer bilan tanishdi. Anri Roxer yozuvchi bilan uchrashgunga qadar hech qanday xayriya ishida ishtirok etmadi, lekin Mark Tvenning ta'siri shunchalik katta ediki, u haqiqiy xayr-ehsonchi bo`lib qoldi. Anri Roxerning o`g`li Henri Roker Mark Tvenni targ'ib qilish orqali ta'limni qo`llab-quvvatlaydi, pul ajratadi, jismoniy nogiron kishilarning iste'dodlarini namoyish etishga va ularga moddiy yordam ko`rsatadi9.
Qizlarining yoshligida o`lim topishi yozuvchini ayriliq, g`am-g`ussa daryosiga g'arq qiladi. 1906-yilda qizlari xotirasi uchun “Akvarium klubi” deb nomlangan klub tashkil etadi. Klub a'zolari 10-16 yoshda edi. Mark Tven ularga konsertlar va teatr tomoshalari uyushtirdi. U qizlarni musiqa, san'at, madaniy lazzat va kitoblarni o`qishga intilishda qo`llab-quvvatladi. Klub yozuvchi hayotining asosiy quvonchiga aylandi. 1907-yilda Oksford Universiteti Mark Tvenga Fan doktori unvoni berildi. 1909-yil 27-dekabrda jurnallarda u: “Yana kulib qo`yaymi?, Men baxtli bo`la olamanmi? Mening xarakterimni bilaman; Shuningdek, odamni boshqaradigan odamlarning mo`tadilligi haqida bilaman, qul o`z fe'l-atvorining beozor qulidir va u ko`rsatmalar berib, ularga amal qiladi. Har bir insonning xarakteri u bilan tug'iladi va hech qanday sharoitda o`zgarmaydi10” ,- deb yozgan. Mark Tven 1910-yil 21-aprelda stenokardiyadan vafot etdi va Nyu-York shtati Vudlon qabristoniga dafn etiladi.
Har yili 30-noyabrda Mark Tvenning tug`ilgan kuni AQShning Missuri shtatida nishonlanadi va Tom Soyerning uyidagi devorlarni oqlash musobaqasi o`tkaziladi. G`oliblarga Mark Tven kitoblari taqdim etiladi.
Vafot etguniga qadar uning zamondoshlari qattiq tanqid qilishdi, lekin u kulgili bir tarzda yozdi: “Siz mening asarlarimni 50, 100, 500 yil ichida nashr etasiz11”. Uning asarlari maktablarda va xalq kutubxonalarida senzura qilingan. To`g'ri, o`limidan bir asrdan ko`proq vaqt o`tgach, uning fikrlari millionlab zamondoshlarimiz uchun muhimroq bo`lib qoldi. Bir kishining shaxsiy fojiasi qanchalik chuqurroq bo`lsa, jamiyatning yukini ko`tarish qanchalik kuchli bo`lsa, shunchalik dahoga aylanadi. Tanqidchilarning fikriga ko`ra, ko`pgina yozuvlar tanqidlarga yoki ularning yaxshi amallariga qaramay, o`limidan 20-30 yil keyin nashr etilgan. Mumbaydagi Xanibal qishlog'ida bolaligini o`tkazgan uy, sayyohlar tashrifi uchun Tom Soyerning sarguzashtlari tasvirlangan mag`oralar saqlanib qolgan. Uning Hartvartdagi uyi muzeyga aylandi va “AQSh milliy tarixi muzeyi”, deb e'lon qilindi.
Mark Tven o`zining turli xildagi ibratli fikrlari, hayotiy qarashlari bilan mashhur edi. Yozuvchi bu fikrlarni asarlar orasida keltirib o`tib ketadi. Uning tasdiqlangan xususiyatlari va hikmatli so`zlari quyidagicha edi.
1. Yaxshilik – ko`r va u jasorat tilidir.
2. Sizning kayfiyatingizni oshirishning eng yaxshi usuli – boshqasini baxtli qilishdir.
3. Yaxshi do`stlar, yaxshi kitoblar va yaxshi vijdon! Bu – ideal hayot.
4. Ko`pchiligingiz orasida qachon o`zingizni ko`rdingiz, to`xtash va o`ylash vaqti keldi.
5. Haqiqatni aytadigan kishi nimadir eslash uchun vaqt kerak emas.
6. Agar siz ochlik holatida bo`lgan va sizda uni hayotga qaytara olish imkoniyati bo`lgan itni topsangiz, u sizni tishlamaydi.
7. Insonning o`ziga xosligini odatdagi odatlaridan o`rganib chiqilishi mumkin.
8. Oldinga o`tish sirlari “boshlash” bilan boshlanadi.
9. Agar barcha odamlar bir-birlari haqida nima deyishganini bilsalar, ulardan faqat to`rttasi dunyoda do`st topadi.
10. Rostini aytsangiz, odamlar qalbini quvontiradi va ba'zilarini kutib oladi.
11. Jasorat qo`rquvga qarshi turish, qo`rquvni nazorat qilish va tashvishlanmaslikdir.
12. Siz har doim mamlakatingizga sodiq bo`lishingiz kerak va agar u hukumatga qarshi bo`lsa.
13. Odam faqat bitta samarali qurolga ega va u ham kuladi.
14. Yuzdagi ajinlar qolgan qahqaha belgilaridir.
15. Eng qiziqarli ma'lumotlar bolalar tilidan keladi va keyin ular bilgan barcha narsalarini so`zsiz gapiradi.
16. Ilm-fan haqida hech qanday g'alati narsa yo`q. Ehtimol javobni oldindan bilish mumkin bo`lgan faktdan olishingiz mumkin.
17. Qizig'i shundaki, dunyodagi jasorat juda oddiy bo`lib, ma'naviy jasorat kamdan-kam uchraydi.
18. Yomg'ir insoniyatning eng katta ne'matidir.
19. Kitoblarni o`qimagan kishi kitobni uqimagan odamdan ustundir. 20. Eng chiroyli kiyim – inson terisi, ammo, albatta, jamiyat bizdan ko`proq narsa talab qiladi.
21. Agar g'azablansangiz, asabiylashsangiz, taxminan to`rt marta aytasiz.
22. Siz kiyimlarga qaramasdan ehtiyot bo`lishingiz mumkin, ammo vijdoningiz yaxshi bo`lishi kerak.
23. Insonda mavjud bo`lgan har qanday narsa yurak toqat qilishdir. Humorning sirlari quvonch emas, xafa. Jannatda hech qanday hazil yo`q.
24. Bir nechta narsada taqiqlangani bois, u ko`proq mashhur bo`lib ketadi.
25. Siz faqat fojiadan omon qolasiz va uni to`liq yashash uchun quvonch bilan bo`lishing kerak.
26. Biz hammamiz birmiz.
27. Men odamlarni irqqa, sinfga, dinga qarab ajrata olaman, men esa odamning inson ekanligini ajrata olaman va men uchun bu yetarli.
28. Jamoatchilik fikri nafaqat eng qimmatli tanqidlardan iborat.
29. Fahriy unvonlarga loyiq bo`lsa va unda loyiq bo`lmasa, unvonga egalik qilish yaxshiroqdir.
30. Odamlarni quvontirishning eng yaxshi usuli – haqiqatni aytishdir.
31. O`zimizni hurmat qilmasak, biz hayron bo`lamiz, lekin qalbimizning tubida bizni hech kim hurmat qilmaydi.
32. Siz aytmaysiz, haqiqatni ayting.
33. Inson Oyga o`xshaydi va u hech qachon hech kimga ko`rsatmagan qorong'u yuz.
34. Bank xodimi sizni quyoshli havoda quyosh nuri bilan ta'minlaydigan va yomg'ir tushib qolishi bilan uni qutqaradigan kishi.
35. Yoshlik 20 yosh bo`ladimi, u baribir yoshlik. Keksalik 80 yoshli bo`ladimi, keksalik.
36. O`qishni davom ettirish uchun yoshning ahamiyati yo`q. Siz qila oladigan eng katta narsa sizning fikringizni doimo yosh tutishdir.

Download 250.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling