Mundarija kirish I bob. Mark Tven Amerika bolalar adabiyoti asoschisi


I.2. Mark Tven ijodining O`zbekistonda o`rganilishi


Download 250.5 Kb.
bet3/8
Sana05.08.2023
Hajmi250.5 Kb.
#1665400
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mark Tven – bolalar yozuvchisi.


I.2. Mark Tven ijodining O`zbekistonda o`rganilishi

Adabiyot hayotning inikosi, ammo uning ayni nusxasi emas. Chunki adabiyot hayotni ko`zgudek aks ettirib beradi. Shuning uchun ham u juda murakkab hodisa. Unda barcha adabiyotlar doimiy aloqada bo`lib, bir-biriga u yoki bu darajada ta’sir ko`rsatib turadi. Bugungi kunda o`z qonun-qoidalari asosidagina rivojlanadigan, tashqi ta’sirdan xoli sof milliy adabiyotni topish qiyin. Biroq adabiyotshunoslikka oid ishlarda adabiy ta’sir masalasini o`rganishda ehtiyot bo`lish kerakligi uqtiriladi. Adabiy ta’sir masalasini o`rganish ilmini turli yozuvchilar ijodidagi hamma va har qanday tashqi o`xshashlik va monandlikni qidirishdan iborat ermakka aylantirib qo`yish yaramaydi.


Adabiy aloqalarni o`rganish bugungi sharoitida juda muhim ahamiyatga ega, mushtarak mavzular, mushtarak voqealar, mushtarak obrazlar turli adabiyotlarda mavjud. Ularni tahlil qilar ekanmiz, bir adibni ikkinchi adibning “soyasiga” aylantirib qo`ymasligimiz, bir milliy adabiyotda yaratilgan asarni boshqa adabiyotda mavjud asarning “variant” deb qaramasligimiz lozim.
Yer yuzida yashovchi turli millatlar o`rtasidagi madaniy va adabiy aloqalar kecha yoki bugun boshlangan hodisa emas. Ularning ildizi qadim-qadimga borib taqaladi. Adabiyotshunos olima Fozila Sulaymonova to`g’ri ta’kidlaganidek: “hech qachon hech qaysi xalq, elat boshqa xalqlardan uzilib qolgan, o`z holicha yashagan emas, aks holda, hech qanday taraqqiyot bo`lmagan bo`lar edi”.
Xalqlar o`rtasida adabiy aloqalarning rivojlanishida nashriyotlar va ommaviy axborot vositalarining ham hissasi kattadir. Bunga o`rta asrlardanoq nashriyot-matbaachilik ishlari yo`lga qo`yilgan Yevropa misolida guvoh bo`lish mumkin. Albatta, o`zga tillarda chop etilgan asarlar bilan tezroq tanishishning eng yaxshi yo`li ularni o`sha tillarda o`qimoqdir. Biroq ba’zan tarjima va adaptatsiyalar ham qo`l keladi.
Milliy tillarning boyishi, mushtarak so`z, atama, iboralarning paydo bo`lishida ham, milliy madaniyatlar va milliy adabiyotlarda mushtarak ijtimoiy-siyosiy, adabiy-estetik qonuniyatlarning paydo bo`lishida ham tarjima katta rol o`ynaydi. Qulay sharoitlarga ega bo`lgan Yevropa sharoitida (G’arbiy Yevropa va Skandinaviya xalqlarining tillari, bir tomondan, Markaziy va Sharqiy Yevropa xalqlarining tillari, ikkinchi tomondan, yaqinligi, chegaralarning ochiqligi) kitoblar import va eksport ham qilingan. Ba’zan mafkuraviy, ba’zan moddiy va yuqorida ko`rsatilgan sabablarga ko`ra adib va shoirlarning asarlari o`z yurtlarida emas, qo`shni mamlakatlarda ham chop etilib turgan. Jumladan, mashhur italyan shoiri Jambatista Marinining (1569-1625) “Adonis” poemasi dastlab Fransiyada dunyo yuzini ko`rgan. Fransuz adiblarining “falsafiy” asarlari, aksincha, ilk bor Gollandiyada nashr etilgan. Ingliz adiblari Jeyms Joys va Genri Millerlar o`z yurtlaridagi ijtimoiy-axloqiy muhit tufayli “Ulis” va “Tropiklar”ni Parijda nashr ettirishganlar12.
Bizning e’tiborimizni o`ziga ko`proq tortayotgan mamlakatlar qalam ahllari, chunonchi, G’arbiy Yevropa mamlakatlari adabiyotining ajralmas bo`lagi hisoblanmish Angliya adabiyoti va inglizzabon ijodkorlar sanalmish Amerika adabiyoti vakillari asarlarining o`zbek tiliga tarjimalari haqida gap ketadigan bo`lsa, shuni alohida qayd etish lozimki, bunday tarjima asarlari o`zbek ijodkorlari e’tiborini darhol o`ziga tortdi va tez orada ularning ko`pchiligi xalqimizning asarlariga aylanib, kitob javonlaridan o`rin oldi.
Hozirgi o`zbek adabiyotida ingliz va Amerika adabiyotidan qilingan tarjimalar katta o`rinni ishg’ol etadi va ularning salmog’i yil sayin oshib bormoqda. Chet ellardagi tinchlik va demokratiya tarafdorlari ham o`zbek adabiyotini sevadilar, hurmat bilan tilga oladilar, buni Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Aminxo`ja Muqumiy, Zokirjon Furqat kabi klassik adabiyotimiz namoyandalari va Abdulla Qodiriy, Oybek, G’afur G’ulom, Zulfiya, Pirimqul Qodirov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Tursun Po`latov singari o`zbek adabiyoti vakillarining ko`plab asarlari ingliz, nemis, fransuz, chex, rumin, polyak, bulg’or, venger, hind va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinganligi, chet el kitobxonlari tomonidan sevib o`qilayotganligidan ham ko`rish mumkin.
Bu o`rinda shuni ham aytib o`tish kerakki, ayrim chet ellik adiblar, tarjimonlarning o`zbek yozuvchilari hayoti va ijodi bilan jiddiy qiziqayotganliklari diqqatga sazovordir. Ular o`zbek yozuvchilarining ijodidan ayrim namunalarni o`z tillariga o`girish bilangina chegaralanib qolmay, balki ba’zi yozuvchilarning bosib o`tgan ijodiy yo`li bilan maxsus shug’ullana boshladilar.
Asqad Muxtor chet ellik kitobxonlar, uning ijodini tadqiq qilayotgan adabiyotshunoslardan xatlar olib turadi. Masalan, “Opa-singillar” romanining ingliz tilidagi nashri bo`yicha dissertatsiya yoqlagan Nyu-York universiteti professori Xarold Batisbay O`zbekistonga kelganida Asqad Muxtorning mehmoni bo`ldi. Ana shu munosabat bilan Xarold Batisbay o`zbek adibiga bir qancha savollar bilan murojaat qildi. Bu savollarga berilgan javob esa “Sentral Aziatik” jurnalida bosilib chiqdi.
Chet ellarda o`zbek tili adabiyoti va ularning tarixini o`rganishga e’tibor, keyingi yigirma yil ichida yana ham ortdi. Amerikalik olima Ilza Laude – Sirtautasning Germaniyada bosilib chiqgan “Hozirgi o`zbek adabiyoti xrestomatiyasi”13 ham ana shunday asarlar jumlasidandir. Professor Ilza xonim taniqli turkshunos va tajribali o`qituvchi, u 30 yildan beri turk xalqlari, jumladan, o`zbek adabiyoti, tili, folklori va tarixini o`rganish bilan shug’ullanadi.
Kitobda o`zbek xalq og’zaki ijodi namunalari, hozirgi o`zbek yozuvchilari asarlaridan parchalar, bu matnlarning har biriga batafsil izohlar hamda o`zbekcha-inglizcha lug’at sahifalari bor. Kitobning “O`zbek yozuvchilarining bolalik yillari haqida” bo`limi yana ham qiziqarli. Unda Oybekning “Xalq xizmatida”, G’afur G’ulomning “O`tmishim haqida”, A.Qahhor, X.G’ulom, S.Zunnunova kabi ijodkorlarning o`z tarjimayi holiga oid asarlari berilgan. “Shum bola”dan ayrim parchalar ham o`rin olgan.
Yurtimizda ham, yuqorida aytib o`tilganidek, chet ellik yozuvchilarning ko`plab asarlari tarjima qilingan. Xususan, jahon bo`ylab ko`plab kitoblari chop etilayotgan, o`z asarlari bilan o`quvchi ko`ngliga kira olgan yetuk amerika yozuvchisi Mark Tven mamlakatimizda ham o`z o`quvchilariga ega. Amerika yozuvchilaridan hech birining asari Mark Tven asarlaridek o`zbek tiliga ko`p tarjima qilingani yo`q. Chunki 1939-, 1940-, 1948-yillarda “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, 1947- va 1960-yillarda mazkur asarning davomi “Geklberri Finning boshidan kechirganlari”, 1962-yili “Shahzoda va gado”, 1959-yili “Hikoya va pamfletlar to`plami”, 1963-yili “Ezma Bessi” hikoyalar to`plami va nihoyat, 1966-yili “Janna d’Ark” tarixiy romani o`zbek tiliga tarjima qilindi. Ulardan eng qiziqarli va bolalar hayotini, real hayotni ko`rsatgan asarlari bo`lmish “Geklberri Finning boshidan kechirganlari”, “Qirol Artur saroyidagi Konnektuitlik yanki” romanlarining Odil Rahimiy, “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” asarining Ilyos Muslim tomonidan o`zbekchaga o`girilgan nashrlari yurtimiz bo`ylab keng miqyosda o`qilmoqda.
Mark Tven “Tom Soyerning sarguzashtlari”, “Geklberri Finning sarguzashtlari”, „Toblanganlar“, „Missisipidagi hayot” singari roman va qissalar, juda ko`p hikoyalar yozib, Amerikada va undan tashqaridagi ellarda mashhur bo`lib ketdi. Ayniqsa, uning felyetonlari va hajviy hikoyalari shuhrat qozondi. Adib jahondagi million-million kishilarning eng sevimli yozuvchilaridan biriga aylandi. Mark Tven asarlari o`zbek kitobxonlariga ham yaxshigina tanish. Uning “Tom Soyer va Geklberri Finning boshdan kechirganlari”, „Tom Soyerning yangi sarguzashtlari” kitoblari o`zbek tilida nashr etilgan va sarguzasht asar ixlosmandlarining kitob javonlaridan o`rin egallagan.
Mark Tven yozgan asarlari zamondoshlar uchun emasligini bilardi va hatto bir asr o`tgach yozuvchilar juda ko`p bo`lmasligini bilardi. Yosh yozuvchi xalq hayotiga yaqin turishi unda demokratik dunyoqarashning shakllanishiga va bu esa uning tez orada Amerika burjua jamiyati illatlarini payqab oluvchi va ularni fosh etuvchi yirik gumanistik yozuvchi sifatida tanilishiga yordam beradi.
Mark Tven hikoya va ocherklarida xalq og`zaki ijodida mavjud bo`lgan yumor, dag`al kinoya, mubolag`adan ustalik bilan foydalangan. U xushchaqchaq kulgu orqali oddiy kishlardagi kamchiliklarni bartaraf etishga intiladi. Shu bilan birga, u muttaham, yulg`ich, o`g`ri va munofiqlarni qattiq qoralaydi va odamlarni ular tuzog`iga ilinmaslikka undaydi. Mark Tven dastlabki asarlarida qulchilikning feodal shakllarini ochib tashlasa, ijodining so`nggi davrida burjua dunyosining soxtaliklarini fosh etuvchi roman va qissalar yaratadi. U odamlar orasida diniy, irqiy va etnik kamsitishni rad etgan insoniy shaxs edi. Mark Tven ham irqchilikka qarshi chiqdi va u ayollarning huquqlari haqida tashvishga tushar edi. Shuningdek, ayollarning ovoz berish huquqiga ega bo`lishlari uchun nutq so`zladi. Yozuvchi bu haqida shunday degan edi: “Ayol – har qanday kasbning va zargarlik buyumlarining faxri. Inson zakovati ayollarga qanchalik qarzdor ekanligimizni taxmin qilolmaydi, janoblar. Janoblar, men takrorlayman, ayol nima bo`lishidan qat`iy nazar jamiyat va dunyo xazinasi, bezaklari. Suyukli insonlar sifatida uning qadrining o`lchovi yo`q. U kambag'al bo`lgan bo`lsa-da, u qimmatlidir. Unga o`xshagan odam yo`q. Yer aholisi qanday qilib ayolsiz edi? Ular bo`lmasa, biz kamayib, keskin qisqarardik. Agar imkoniyat bo`lsa , biz ularni himoya qilishimiz zarur. Men ayollarga yangi qonunlar bilan yordam berishlarini xohlayman. Men bu saylov byulletenlarini ularning qo`lida ko`rishni istayman. Ushbu shaharning ozodligi haqida sharmanda bo`lishdan tashqari, ko`p gapirishni xohlamayman, bu – sharmandalik. Agar bugungi saylovlar ayollar tomonidan o`tkazilsa, shaharda hamma narsa bunday holatda bo`lmaydi. Bugun ayollarda ovoz berish huquqi bo`lsa edi, keyingi saylovlarda shahar hokimi tanlangan bo`lar edi14”.
Yozuvchining o`sha davrda inobatga olinmagan, kamsitilgan fikrlari keyinchalik o`z tasdig`ini topdi. AQSh Konstitutsiyasida Kongress tomonidan 1919-yil 4-iyunda, xotin-qizlar saylov huquqi tasdiqlandi, 1920-yil 18-avgustda esa ushbu qonunga o`zgartirish kiritilgan. Biroq, bu Mark Tven vafotidan o`n yil o`tib sodir bo`ladi.
Mark Tvenning asarlari O`zbekistonda ham o`z o`quvchilariga ega. Yurtimizda Mark Tven asarlariga hurmat ham juda yuksak. Uning bir qancha asarlari, jumladan, uning „Tom Soyer sarguzastlari” va “Geklberri Finning boshdan kechirganlari“, „Tom Soyerning yangi sarguzashtlari” kitoblari o`zbek tilida nashr etilgan va sarguzasht asar ixlosmandlarining kitob javonlaridan o`rin egallagan.
2015-yil 30-noyabr kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida Amerika yozuvchisi, hajvchi, jurnalist va jamoat arbobi Semyuel Lengxorn haqiqiy ismi Klemens bo`lgan Mark Tven tavalludining 180 yilligiga bag‘ishlangan “Amerika adabiyotining asl otasi” nomli kitob-rasmli ko`rgazma bo`lib o`tdi. Uning ijodi realizm, romantizm, yumor, satira, falsafiy fantastika, publitsistika va boshqa janrlarni qamrab olgan. 
Mark Tvenning asarlari Amerika yozuvchilari Ernest Xeminguey va Uilyam Folkner ijodiga ta’sir o`tkazib, ularni o`z mashhur asarlarini yaratishga ilhomlantirdi. Ernest Xemengueyning bir qancha asarlarida Mark Tven ijodiga yaqinlik sezilib turadi. Yozuvchi asarlarining deyarli barchasida inson huquqlari, uning qadr-qimmati va muhabbatining har qanday yovuz kuchlardan ustunligi yorqin ifodalangan.
Quvnoq shumliklar va hangomaga boyligi bilan kitobxonlar qalbiga kirib borgan Mark Tven hikoyalari Amerika xalqining hayoti, turmush tarzi va urf-odatlariga sodiqligi ruhini aks ettiradi. Adabiyot buyuklik, olijanoblik va nafislikni tarannum etishi kerak bo`lgan bir paytda uning asarlari kulgili, og‘zaki xalq tilida yozilgan bo`lib, odamlarning ko`zlaridan yoshlar oqizib, kulishga majbur qiladigan latifani eslatar edi. Shunga qaramay, u Amerika adabiyotida haqiqiy realist yozuvchi hisoblanar edi. Ko`rgazmada Mark Tvenning amerikacha hayotning yetuk ijtimoiy tanqidi, kichik insonparvar Gekning manfaatparastlik va shafqatsizlikka noroziligi aks etgan “Geklberri Finning boshidan kechirganlari”, ishbilarmon, o`yinqaroq, maqtanchoq va mahmadona bola haqidagi “Tom Soyer sarguzashtlari”, shahzodaning gado va gadoning shahzoda bo`lib qolgani haqidagi “Shahzoda va gado”, “Yerdan maktublar”, “Janna d’Ark”, “Adam kundaligi”, “Sirli notanish odam” kabi roman, qissa, ocherk va publitsistikasi, shuningdek, Amerika yozuvchisi Mark Tvenning hajviy hikoyalari to`plami o`rin olgan.
Ko`rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari Mark Tven ijodi bilan yaqindan tanishadilar va uning qahramonlari bilan sarguzashtlar olamiga sayohat qiladilar.



Download 250.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling