Mundarija kirish I bob. Masal – axloqiy, tarbiyaviy janr sifatida
Download 75.82 Kb.
|
MASAL O\'QITISH METODIKASI
2.2 1-sinflarda masallarni o’rganish
Boshlang’ich sinf o’qish darsliklarida hikoya janrining ham nasriy, ham ham nazmiy turlari uchraydi. Lekin, o’quvchilar ushbu hikoya turlaridan ko’proq nazmiy hikoyalar bilan tanishadilar. T. G’afforova, E. Shodmonov, G. Eshturdiyevalar tomonidan 2013-yilda nashr ettirilgan 1-sinflar uchun “O’qish” darsligida jami 17 ta hikoyalar keltirilgan bo’lib, ularning hammasi nasriy hikoyalarni tashkil qiladi. Ushbu darslikda nazmiy hikoyalar keltirilmagan. Darslikda quidagi hikoyalar keltirilgan: - “Suv shifo” ; - “Alisherning yoshligi” ; - “Toshbaqa va quyon” ; - “Kapalak” ; - “Chiroyli salom” ; - “Soqi bilan onasi” va boshqalar. T. G’afforova, Sh. Nuraliyeva, Z. Mirzahakimovalar tomonidan 2013-yilda nashr ettirilgan 2-sinflar uchun “O’qish” darsligida jami 16 ta hikoya keltirilgan bo’lib, ularning barchasi nasriy hikoyalarni tashkil qiladi. Bular: - “Toza suv oqsin orolga” ; - “Mukofot” ; - “Sayoq bola” ; - “Ayrilganni…” ; - “Tog’ malikasi” - “Ibn Sinoning bolaligi” ; - “Amir Temur haqida hikoya” va boshqalar. M. Umarova, X. Hamraqulova, R. Tojiboyevalar tomonidan 2013-yilda nashr ettirilgan 3-sinflar uchun “O’qish” darsligida jami 15ta hikoyalar keltirilgan bo’lib, ulardan 1 tasi nazmiy hikoya, 14 tasi nasriy hikoyalardir. Ushbu darslikdagi Anvar Obidjonning “So’nggi axborot” hikoyasi nazmiy hikoyadir. Nasriy hikoyalar esa quidagilar: - “Olma” ; - “Bebaho boylik”; - “Ilmli ming yashar” ; - “Jaloliddin Manguberdi” ; - “Bobonur” ; - “Quyoncha” va boshqalar. S. Matjonov, A. Shojalilov, X. G’ulomova, Sh. Sariyev, Z. Dolimovlar tomonidan 2013-yilda nashr ettirilgan 4-sinflar uchun “o’qish” darsligida jami 29 ta hikoya keltirilgan bo’lib, ulardan 4 tasi nazmiy hikoyalar, 25 tasi nasriy hikoyalarni tashkil qiladi. Nazmiy hikoyalar: - ”Nurxon bilan Burxon” (Miraziz A’zam); - ”Sharq hikoyasi” (Abdulla Oripov); - ”To’g’risoz bola” (Hamza Hakimzoda Niyoziy); - “Ola buzoqcha” (G’ofur G’ulom). Nasriy hikoyalar esa quidagilar: “Qovun sayli” ; “Qor odamning sovg’asi” ; “Shaxzodaning bolaligi” ; “Qodir bilan Sobir” ; “Tushovli toy” ; “Buzilmagan uya” va boshqalar. Hikoyani o’quvchilar yaxshi o’zlashtirishlari, unda ilgari surilgan g’oyani bilib olishlari uchun matn bilan ishlash jarayonida tanlab o’qish, savollarga javob berish, hikoya qismiga o’zlari savol tuzishi, so’z bilan va grafik rasm chizish, reja tuzish, qayta hikoyalashning barcha turlaridan, ifodali o’qishga tayyorlanish kabi ish turlaridan foydalaniladi. Kichik badiiy hikoyani izohli o’qish darsini uyushtirishda quyidagi reja varianti sxemasi e’tiborga olinadi: 1) hikoyani o’qishga tayyorlash (hikoyada tasvirlangani kabi kishilar hayoti, davrga qisqa xarakteristika...); 2) hikoyani (to’liq yoki mantiqiy tugallangan qismlarini) o’qituvchi yoki oldindan tayyorlangan o’quvchining ifodali o’qishi; 3) idrok etishni tekshirish (qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatlari, shaxslar va voqealar o’rtasidagi munosabatlar yuzasidan qisqacha suhbat); 4) hikoyani qayta o’qish (hikoyani qismlarga bo’lish, o’quvchilarga o’qitish, ayrim so’zlar ma’nosini tushuntirish); 5) hikoyaning har bir bo’limi yuzasidan suhbat o’tkazish va sarlavha topish; 6) hikoyaning ayrim bo’limlarini ifodali o’qish; 7) reja asosida qayta hikoyalash; 8) hikoyani ifodali o’qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki uyda); 9) hikoyani ifodali o’qish va ifodali qayta hikoyalash. Bu hikoyani o’qish darsi rejasining varianti bo’lib, o’zgarishi ham mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, badiiy hikoyani o’qish darsida uning mazmunini, asosiy fikrini bilish bilan birga, asarning tarbiyaviy (badiiy asar misolida o’quvchilarni tarbiyalash), xususan, estetik ta’siri ham ko’zda tutiladi va ifodali qayta hikoyalashga katta ahamiyat berilad9i. Download 75.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling