Mundarija kirish I bob. Masal – axloqiy, tarbiyaviy janr sifatida


Download 75.82 Kb.
bet2/9
Sana19.06.2023
Hajmi75.82 Kb.
#1615388
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MASAL O\'QITISH METODIKASI

Mavzuning dolzarbligi: Boshlang‘ich sinflarda masal janrini o‘qitish orqali bolada do‘stlik, sofdillik,kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayr-u ehson qilish, ona-Vatanga mehr- muhabbat, fidoyilik, milliy g‘urur, matonat, mehr-oqibat, ezgulik kabi yuksak his-tuyg‘ular paydo bo‘lishiga yordam beradi.
Buni bilish, o’rganish bugunni kunning talabidir.
Kurs ishining maqsadi: Masaldagi qissadan hissa o‘quvchi matndagi e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o‘qib o‘tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o‘rinni, bo‘shliqni to‘ldirib turishi, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo‘ndaligi, soddaligi, o‘tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga ta’sir qilish yo’’larini o’rganish, ularni amaliyotga tatbiq qilish.
Kurs ishining vazifasi: mavzuga oid pedagogik, ilmiy yo’nalishidagi mavjud adabiyotlar va axborot manbalarini izlab topish, ularni batafsil o’rganish orqali tahlil qilish va umumlashtirish;

  • mavzuga yuzasidan o’rganilgan axborot adabiyotlar asosida kerakli tavsiya va maslahatlar ishlab chiqish.

Kurs ishining nazariy metodologik asosini pedagogika va adabiyotga oid, uning tarixi, rivojlanish bosqichlari va bugungi kundagi ahamiyatiga qaratilgan fikrlar, O’zbekiston respublikasi Hukumati, Oliy va o’rta maxsus, Xalq ta'limi vazirliklarining ta'limni sifat va samaradorligini ta'minlashga qaratilgan me'yoriy Hujjatlari, xorijiy va milliy ta’lim saytlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, metodik manbalar tashkil etadi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Masal janri bo’yicha F.Isoqov “Zarbulmasalning tanqidiy matnini yaratish ” singari ko‘plab maqolalar nashr etilgan. Keyingi yillarda mavzuga aloqador tadqiqot ishlari, bir qator ilmiy-metodik maqolalar yuzaga keldi. Xususan, Marg‘uba Mirqosimovaning “O‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish asoslari”, Qozoqboy Yo‘ldoshevning “Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari”, Boqijon To‘xliyevning “Adabiyot o‘qitish metodikasi”, V.Qodirovning “Mumtoz adabiyotni o‘qitish muammolari va yechimlari” kabi kitoblarida masal janri va uning turlari, ta’limdagi ahamiyati haqida ko’plab ma’lumotlar keltirilgan.

Download 75.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling