Mundarija kirish I bob. Masal – axloqiy, tarbiyaviy janr sifatida
Download 75.82 Kb.
|
MASAL O\'QITISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
2.3 2-sinflarda masallarni o’rganish
Ma’lumki, tarbiya ko'proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg'usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo'ladi va bu orqali o'quvchilar m a’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g'urur, matonat, mehr-oqibat, do'stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo'ladi. Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo'pollik, qo'rslik, yolg'onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. Lekin amaldagi boshlang'ich sinf „O'qish kitobi" darsliklarida masal janriga kam o'rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o'rni beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o'quvchi matndagi e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o'qib o'tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o'rinni, bo'shliqni to'ldiradi. 3-sinf „O'qish kitobi“dan o'rin olgan „Qaysarbuzoqcha" (O .Q o'chqorbekov) masali oilasi, o'rtoqlari, do'stlaridan ajralib, yomon yo'llarga kirib qolgan, oqibatda ko'ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalami tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, ya’ni ota-bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan „Bo'Iinganni bo'ri yer" hikmatida o'z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. Shoir esa bundan juda ustalik bilan foydalangan10. „Chumoli va Tipratikan“ masali esa nasriy turga mansub bo'lib, unda Chumoli tim soli orqali bolalar halollikka o'rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik bo'Iishidan qat’iy nazar, so'rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da’vat etiladi. Masalni o'qishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o'zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o'rganadilar. Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo'ndaligi, soddaligi, o'tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi. Bular o'quvchilar nutqini o'stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari, nutqiy o'ziga xosliklari o'quvchining diqqatini o'ziga jalb qiladi. 2-sinf „O'qish kitobi"da berilgan ,,0'roq va Kombayn" masalida o'roq va kombayn asar qahramonlari qilib olingan. Ularning munozarasi orqali texnikaning afzalligi: kam vaqt sarflab, samarali natijaga erishish mumkinligi hamda ularning ahil bo'lib, birgalikda mehnatga bel bog'lashlari kabi g'oyalar ilgari suriladi. Oddiy predmetlar tilga kiradi. Insonlar tomonidan aytiladigan texnika va ish qurollari haqidagi gap-so'zlar bevosita predmetlar tilidan beriladi. 3-sinf „O'qish kitobi“da „Qaysar buzoqcha" (O. Qo'chqorbekov), „Chumoli va Tipratikan", „O'jar Toshbaqa" (H. Yoqubov), „Chayondan so'radilar" kabi masallar joy olgan. Bu masallaming qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha, chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan bo'shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar buzoqcha ham to'dasidan ajralib, bo'riga duch keladi, ya’ni ko'ngilsiz voqea yuz beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan. „Chumoli va Tipratikan" masalidagi majoziy qahramonlar ham aslida jamiyatimiz a’zolaridir. Chumoli hayotdagi halol, pok, to'g'riso'z insonlar bo'lsa, tipratikan o'g'ri, qallob birovning ustidan kuladigan kishilar timsolidir11. „O'jar Toshbaqa" masalidagi Toshbaqa hayotdagi o'jar, qaysar, o'z bilganidan qolmaydigan, ko'ngli tusaganini qiladiganlar timsolidir. Boshlang'ich sinflarda masalni o'rganayotganda bolalarni masalni ifodali o'qishga va uning mazmunini qisqa, ba’zan bir necha so'z bilan aytib berishga, ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aniqlab, o'zaro qiyoslashga o'rgatish muhim ahamiyatga ega. Masalning allegorik mazmuniga to'xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o'xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlaming xatti-harakati, o'zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko'proq she’riy tarzda bo'lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar. Masallarda yashiringan o'tkir kinoya, voqealaming tez-tez o'rin almashinib turishi uni bir maromda o'qishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali o'qishga yetarli malaka hosil qilmagan o'quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim. Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasawur qilish, obrazlami aniq idrok etishda o'quvchilarga yordam berish zarur. Chunonchi, ularga ayrim epizodlarni so'z bilan tasvirlash, ba’zilariga o'qituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo'lib o'qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning o'ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o'qishga tayyorlanishda uning sujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish zarur. Xulosa Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, zamonaviy adabiyotda masalning janr o'ziga xosligi nafaqat Injil masalining kanoniga, balki sharqiy masalning ta'siriga ham bog'liq. Ular birmuncha farq qiladi, chunki sharqona masalda sirlilik, zukkolik, paradoksallik, o‘quvchi uchun tayyor talqinlarning yo‘qligi muhim o‘rin tutadi. Axloqiy yo'nalish bo'lmagan "falsafiy masal" katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, masal xalq adabiyotining boshqa janrlari – detektiv, fantaziya bilan bog‘lanib, ularni chuqur ma’noga to‘ldiradi. Masalning mavzu va tuzilishi jihatidan janr an’analarini saqlab, lug‘at va uslub jihatidan yangilanadi. Masalning tarbiyaviy ahamiyati katta. Barcha adabiy janrlar o'ziga xosdir, ularning har biri o'ziga xos xususiyat va xususiyatlar majmuasiga ega. Birinchi ma'lum tasnifni qadimgi yunon faylasufi va tabiatshunosi Aristotel taklif qilgan. Bunga ko'ra, asosiy adabiy janrlarni biron bir o'zgarishlarga olib kelmaydigan kichik ro'yxat bilan ajratish mumkin. Asar ustida ishlayotgan muallif o'z ijodi bilan ushbu janr parametrlari o'rtasidagi o'xshashlikni topishi kerak. Keyingi ikki ming yillikda Aristotel tomonidan ishlab chiqilgan tasniflagichdagi har qanday o'zgarishlar dushmanlik bilan qabul qilindi va g'ayritabiiylik deb hisoblandi12. XVIII asrda keng ko'lamli adabiy qayta qurish boshlandi. Janrning chuqurlashtirilgan turlari va ularning tizimi katta o'zgarishlarga duch kela boshladi. Yaratilgan shart-sharoitlar adabiyotning ba'zi janrlari unutilib ketgan, boshqalari aqldan mashhurlikka erishgan va boshqalari endi shakllana boshlaganligining asosiy sharti bo'ldi. Boshlang’ich sinflarda masalni o’qishga o’rgatishda bolalarga masalni ifodali o’qishga va uning mazmunini qisqa, ba’zan bir necha so’z bilan aytib berishga (masalni to’liq qayta hikoya qildirish tavsiya etilmaydi), ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aytib, o’zaro qiyoslashga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Masalning allegorik mazmuniga to’xtalmasdan, bosh personaj obrazini tahlil qilishga kirishiladi. I sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o’xshash kulgili hikoya kabi qabul qilsalar, II sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko’proq she’riy tarzda bo’lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar. Boshlang’ich sinflarda kitobxon o’quvchilarni shakllantirishga jiddiy e’tibor qaratiladi. 1-sinfda o’quv yilining birinchi yarmini o’z ichiga oladi. Bunda hali tom ma’nosi bilan sinfdan tashqari o’qish bo’lmaydi.Sinfdan tashqari o’qish uchun 20 minutlik dars qismi ajratiladi, bunda o’qituvchi o’quvchilar saviyasiga mos biror asarni o’qib beradi.O’quvchilar hikoya, ertakni eshitib idrok etishga,o’qilganlarga sodda baho berishga, mazmun bilan sarlavhaning munosabatini mosligini aniqlashga o’rgatiladi, ular o’qilganlarni so’z bilan tasvirlaydilar. O’qish gigienasining asosiy qoidalari va kitobga qanday munosabatda bo’lish bilan tanishadilar. Boshlang’ich bosqich I sinf o’quv yilining ikkinchi yarmini o’z ichiga oladi. Bunda haftada bir marta sinfdan tashqari o’qish darsi ajratiladi. O’qish doirasi kengayadi.Bolalar kitob bilan tanishdilar, muallifning familyasini, kitob nomini topishga, rasmlarni ko’rishga, o’qishdan oldin kitobning taxminiy mazmunini aniqlashga, o’qilganlarni hikoya qilib berishga va soddagina qilib yozib qo’yishga, muhokama qilish va unga o’z munosabatini bildirishga o’rganadilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI Download 75.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling