Mundarija Kirish I bob. O'qish darslarini tog’ri tashkil etish haqida umumiy ma’lumotlar va zamonaviy metodlardan foydalanish
Download 87.5 Kb.
|
o\'qish darslarida,,Bahor manzarasi’’ bo’limni o’tish
sekin sovib boradi. To’satdan bir daraja sovuq bo’ladi” jumlasining o’zida
uch marta sovuq so’zi qo’llangan. Mavsumiy mavzudagi asarlarning hammasini badiiy jhatdan yuqori saviyada yozilgan deb bo’lmaydi. Ularni tanlaydigan olim asarlarning mavzusi bilan birga shakl tomoniga diqqatini qaratishi zarur. Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’qish dasturi va darsliklarida mavsumiy mavzularga katta e’tibor qaratilgan va yaxshigina o’rin berilgan. Mavzuga doir tanlangan asarlar ham o’quvchilarga yetarli bilim beradi, tabiatga mehr va uni asrash hissini uyg’otadi. Tanlangan asar badiiy jihatdan ham yuqori savida bo’lib, ular o’quvchilar hissiyotiga kuchli ta’sir qiladi, ularni hayajonga soladi. Masalan, Anvar Obidjonning “So’nggi axborot” she’ri (3-sinf), ”Nihollarning nolasi” (X.To’xtaboev) hikoyasi (4-sinf) o’quvchi ruhiyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Matnlarda qo’llangan badiiy vositalar o’quvchilar nutqini boyitadi va bog’lanishli nutqini o’stiradi. Boshlang’ich ta’limda mavsumiy mavzularni o’rganishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarning mustaqil fikrlashlariga, ijodiy qobiliyatlarining o’sishiga, nutqini o’stirishga, o’qish ko’nikmalarini takomillashtirishga xizmat qilishi lozim. Maktabda mavsumiy mavzularni o`rganish darslarini Bahoratdik. O`qituvchilar o`quvchilarning tasavvurini kengaytirish maqsadida tabiat tasvirlangan rasmlardan, turli o`simliklar,gullar, bog va dala mahsulotlari 10 rasmlaridan foydalandilar. Topishmoqlar, maqollar aytdilar. O`quvchilarni ham izlanishga undadilar. O`quvchilar tabiat tasvirini chizib, uning mazmunini kitobdagi materiallardan foydalanib so`zlab berdilar. Ltrby biror marta ham tabiatga ekskursiya uyushtirilmadi. Qish fasli haqidagi bo`limlar o`rganilganda ko`proq qishki ta’til, bolalarning qishki o`yinlari, yangi yil, qorbobo, hayvon va qushlarni qishdagi hayoti haqida suhbatlar uyushtirildi. 2-sinf dasturida Bahorda, qishda, bahorda, yozda tabiatga sayr va sayohat uyushtirish haqida tavsiya berilgan, lekin dars jarayonida, undan keyin o`quvchilar sayohatga olib chiqilmadi. Dasturda insho, bayon yozish haqida topshiriq berilishi ko`zda tutilgan. O`quvchilar inshosi ko`zdan kechirilganda, ijodiy ishda har doimgi gaplar ifoda etilgan. Ishda badiiylik yetishmaydi. O`quvchilarning tabiat haqidagi bilimlarini aniqlash maqsadida og`zaki suhbat o`tkazildi, test olindi, yozma ishlar uyushtirildi. Nazorat natijalari shuni ko`rsatdiki, o`quvchilarning o`rtacha o`zlashtiruvchilari 60 foizni tashkil etdi. Biz uyushtirgan noan’anaviy darsdan so`ng natijalar ancha yuqori ko`rsankichni ko`rsatdi. Xulosa qilib, aytish mumkinki, mavsumiy mavzularni o`tish usullari takomillshtirishni taqozo etadi. Download 87.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling