Mundarija Kirish I. Bob. O’qitish metodlarini tanlash va ularning ahamiyati
Tarix o’qitishda texnika vositalaridan foydalanish
Download 72.25 Kb.
|
tarix metodika
2.2 Tarix o’qitishda texnika vositalaridan foydalanish
Umuman tarix darslarida talimning texnika vositalaridan foydalanish darsning samorodorligini oshiradi. Texnika vositalari o’qitish va o’rganish sifatini ko’tarishga o’quvchilarning o’quv materialini qiziqib o’rganishga va puxta o’zlashtirishiga xizmat qiladi. O’qitishning texnik vositalari (T.S.O) ekran qo’llanmalar yani diafilmlar diapditivlar kodopditivlar, kinofilmlar, radio-teleeshittirishlar kiradi. Texnika vositalarining o’qituvchi qo’yidagi o’ziga xos o’quv qo’llanmasi ekanligi haqida uslubchi N.M.Shaxmayov ”O’rta maktablarda o’qitishning texnik vositalarini qo’llanma didaktik talablar” asarida keng aytiladi. Ammo texnik vositalar o’qitish jarayonida o’qituvchining o’rnini bosa olmaydi. Amaliyotda qo’yidagicha situatsiya yuz berishi mumkin, yani bitta mavzudagi dars bo’yicha darslikda illyustratsiyalar, devoriy (tablitsa) jadvallar, doskaga sxematik kuratlar ishlanishi mumkin, yana bundan boshqa diafilm, kinofilm va boshqa xillari ham bo’lishi mumkin1. Masalan: Uyg’onish davri madaniyati haqidagi darsda darslikdagi (rangli) illyustratsiyalar, davriy tablitsalar”Stalingrad jangi” diapozitivlarda, ”Volgadagi jang” filmida, 2 bo’lim.M., 1964 jang qatnashchilarining fonozapislarida (tarix bo’yicha fonoxrestomatiya. III “Ulug’ vatan urusha”) tasvirlangan. Albatta, h’ech bir darsda bularning hammasini foydalanish imkoniyati yo’q. Demak, nimani tanlash kerak, ular bilan ishlishni qanday tashkil qilish mumkin. Bu savollarga o’qituvchi o’qitish sharoitini va sinfning xususiyatlarini hisobga olib javob beradi. Dastavval bu qo’llanmalarning mazmunligi, qo’layliliga etibor berish kerak. Masalan, italyan o’yg’onish davrining sanati bo’yicha darsda ko’proq rangli diapozitivlardan eki diafilmlardan parchalar deyarli jivopis asarning yaxshi qabul qilish imkoniyatini bera oladi. O’quv diafilmlari, oq-qora tasvirdagi kinofilmlarda tasviriy materiallar ko’p berilgan bo’ladi, va o’larni bu mavzu bilan birinchi bor tanishtirishda qiyinchilik to’g’dirishi mumkin. Agarda rangli ekran qo’llanmalari bo’lmasa, D.N.Nikiforov albomdagi tablitsalardan foydalaniladi. Mavzuni uyda mustaxkamlash va takrorlash uchun darslik illyustratsiyalari beriladi. Kinofilmlar esa kelgusi darslarda parchalarda bo’lsa ham qo’llanilishi mumkin. Unda o’quvchilar ulardan yangi bo’lgan tomonlarini anglay olishlari kerak. Ekran ko’rsatmaliligining o’qituvchi uchun eng qo’laylisi bu-diafilm va dipozitivlardir. Tarixiy vaqealarni qamrab olish, syujetlarning h’ar xilligi bo’yicha, tasviriy materiallarga boyligi bilan boshqalaridan ustun turadi1. Diapozitivlarni ko’rsatish izchilligini o’qituvchining o’zi aniqlab beradi. Kadrlarga tayanib o’qituvchi hikoya qilish, tushuntirish va suhbat utkazish mumkin. Agar texnik imkoniyatlar bo’lsa ekranda ikkita kadrni ko’rsatish mumkin. Bunda masalan taqqoslash uchun, o’zgarishlarni aniqlash uchun kerak bo’ladi, aytaylik shah’arlarning kurinishida, meh’nat kurslaridagi har xil tarixiy davrlardagi o’zgarishlar va hokozolarni ko’rsatish mumkin bo’ladi. Maktab amalietida kodoskoplar foydalaniladi. U ekranda eki sinf doskasida matnlarni, sxematik rasm, chizilma, diagramma va ko’rsatishda qo’llaniladi. ShuningdekYu kodoskop bilan ishlashda xonani qarong’ilotmoq talab qilinmaydi. Bu o’quvchilarning materialni nafaqat ko’rishlarini balki matnlardan kerakli joylarini daftarlariga yozib olishlariga ham imkon beradi2. O’qituvchi ham o’quvchilar bilan kontaktni yo’qotmaydi. Teleeshitirishlar, kinofilmlar qisqa vaqt ichida keng malumot bera oladi. Ular orqali tarixiy voqealar qatnashchilarining (akterlar ijrasida) jonli ovozini eshita oladi. Telekursatuvlar filmlarga nisbatan (aktual) dolzrblikga ega. Ular orqali ayniqsa o’quvchilar yaqin vaqtlardagi voqealar bilan tanishib boradi. Bularga nisbatan filmlarni ishlashning uziga ancha vaqt ketadi. Kinofilmni o’quvchilarga ko’rsatishdan oldin, o’qitiuvchining o’zi uni sinchiklab kurib chiqishi va o’rganishi lozim. Tarix o’qitish tajribasida o’quv filmlaridan foydalanishning bir qancha usullari bor: a) o’qituvchi o’z bayanini o’quv filmining eng muhim va erqin sah’ifalarini ko’rsatish bilan bog’lab olib boradi; b) 10-15 minutda qisqa o’quv filmlariga bag’ishlab dars o’tkaziladi; v) massus kino darslari tashkil etiladi. Hozirgi vaqtda O’zbekiston xalqlari tarixi va boshqa fanlarni o’qitishda teleeshitirishlarning ikki xilidan foydalanilmoqda: a) sinfda qabul qilish uchun beriladigan ertalabki teleko’rsatuvlar o’qishdan tashqari vaqtdagi teleko’rsatuvlar O’quv teleko’rsatuvlarini qabul qilish uchun maxsus tarix xonasi bo’lishi kerak. Tarix darsida o’quv teleko’rsatuvlarining ikki xil turi qabul qilinadi. Xulosa Har bir yurtning buguni va kelajagi tom ma’noda, mamlakat ta’lim tizimining qay darajada rivoj topgani bilan belgilanadi. Zero, Vatan taraqqiyoti, millat istiqboli shu zaminda voyaga yetayotgan o‘g‘il-qizlar kamoli bilan chambarchas bog‘liqdir. Bugungi kunda xalq ta’limi tizimidagi eng muhim vazifalardan biri ta’lim sifati va mazmunini yangi bosqichga ko‘tarish, ma’naviy jihatdan barkamol, axloqan pok, shaxsiy va kasbiy fazilatlarga boy, mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor, faol yoshlarni shakllantirish, o‘qituvchilarning bilimi va kasbiy mahoratini rivojlantirish, ularga amaliy metodik yordam berish, xususan, yosh o‘qituvchilarning tanlagan kasbiga nisbatan ishtiyoqini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdir. O’quvchilarning ijodkorligini rivojlantirishi, yangiliklarni ko’ra bilishi, fan- texnika yutuqlarini amalda qo’llashni o’rganish, o’quv dargohida “o’qish, o’rganish va amalda qo’llash, natijalarni tahlil qilib, yanada samaraliroq ishlash” muhitini yaratib, yangi zamonaviy metodlarni izlab topish yo’lida tinmay mehnat qilish bugungi kun pedagoglari oldidagi katta vazifadir. Darslarni iloji boricha qiziqarli va samarali bo’lishi uchun o’qituvchi doim izlanishda, yangiliklar yaratishda, o’quvchi tafakkurida mavjud yashirin imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish uchun, eng avvalo, mahorat sohibi, o’quvchi qalbini teran tushunadigan ruhshunos, xalq pedagogikasi va zamonaviy o’qitish uslublaridan xabardor mutaxassis bo’lishi, mahalliy imkoniyatlardan kelib chiqib ishlashi lozim. Izlanuvchan pedagog o’qituvchi darslarda “Ortiqchasini top”, “Begona so’zni top”, “Kim chaqqon?”, “Blits-so’rov” , “Rost-yolg’on”, “Bilmaganingni o’rgan, o’rganganingni –o’rgat”, “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Venn diagrammasi”, FSMU, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Xotira mashqi”, “Debatlar”, “Ta’rif egasini toping”, “Zanjirli savol-javob” kabi zamonaviy interfaol usullaridan foydalanadi va bu usullar o’quvchilarni chuqur bilim egallashiga hissa qo’shmoqda.Darslarni ko’rgazmali tashkil etish o’quvchilar bilimini yanada mustahkamlashga omil bo’ladi. O’quvchi o’rganayotgan materialni ko’rgazmali tashkil etilishi 70-90% ni o’zlashtirishga erishiladi. Shu bois ham o’qituvchi darslarni AKT dan foydalanib, turli qo’lda yasalgan ko’rgazmalar asosida o’tishga harakat qiladi. Xalqimizda “Beshikdan qabrgacha ilm izla” degan naql bor, o’qituvchi xalqi bir daqiqa ham izlanishdan va o’qishdan to’xtamasligi lozim. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida zamonaviy metodlardan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagog-olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida «Nega o‘qitamiz?» «Nimani o‘qitamiz «Qanday o‘qitamiz?» savollariga javob izlash bilan bir qatorda «Qanday qilib samarali va natijali o‘qitish mumkin?» – degan savoliga ham javob qidirdilar. Bu esa, olim va amaliyotchilarni o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni o‘qitishni ishlab-chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko‘rish mumkin, degan fikrga olib keldi.Bunday fikrning tug‘ilshi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo‘nalishini yuzaga keltirdi.Bugungi kunda ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy metodlardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir: Birinchidan, zamonaviy metodlar shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Ikkinchidan, zamonaviy metodlar o‘quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi. Uchinchidan, zamonaviy metodlar o‘qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi. To‘rtinchidan, zamonaviy metodlar yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llashga asoslanganligi sababli, ularning qo‘llanilishi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari – interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.Zamonaviy metodlar va ularning ta’limda qo‘llanilishiga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Zamonaviy metodlarda pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.Bugun ta’lim tizimida interfaol, pedagogik texnologiya, texnologiya, innovatsiya kabi tushunchalarni qo‘llab kelmoqdamiz. Download 72.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling