Mundarija: Kirish I. Bob. Oqsillar haqida umumiy ma’lumot
Download 194.68 Kb.
|
Mundarija Kirish I. Bob. Oqsillar haqida umumiy ma’lumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14. Immunologik yoki antitoksin
- 15. Toksigenlik
- 17. Gemostatik
13. Gen-regulyator vazifasi – ayrim oqsillarning nuklein kislotalarning qolip vazifasini va genetik axborotning ko`chirilishini boshqarishda ishtirok etishi. Gistonlar – replikatsiyani boshqarilishida va qisman DNK uchastkalarining transkriptsiyasida ishtirok etadi. Kislotali oqsillar – DNK ning ayrim qismlarida transkriptsiya jarayonining boshqarilishida ishtirok etadi.
14. Immunologik yoki antitoksin vazifasi –barcha immun tanalar oqsillardir. Ular antigen-antitana kompleksi hosil qilish yo`li bilan organizmga kirgan bakteriyalarni, yot oqsillarni yuksak spetsifiklik bilan bog`laydilar, parchalaydilar va zararsizlantiradilar. A, M, G va boshqa immunoglobulinlar himoya vazifasini bajaradi. Antigen – antitana kompleksini hosil qiluvchi oqsil – komplement oqsili. 15. Toksigenlik vazifasi – organizmlar, asosan mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqilgan ayrim oqsillar va peptidlar boshqa organizmlar uchun zaharli hisoblanadi. Masalan botulinik toksin – botulizm tayoqchasi tomonidan ishlab chiqariladigan peptid. 16. Zararsizlantiruvchi vazifasi – oqsillar funktsional guruhlari hisobiga zaharli birikmalar bo`lgan og`ir metallar, alkoloidlarni bog`lash yo`li bilan zararsizlantiradi. Albuminlar og`ir metallar va alkoloidlarni bog`laydi. 17. Gemostatik vazifasi – tromb hosil bo`lishi va qonning to`xtashida ishtirok etadi. Fibrinogen – qon zardobining oqsili bo`lib, trombning asosini tashkil etuvchi to`rni hosil qiladi. Bu ko`rsatib o`tilgan asosiy vazifalardan tashqari oqsillar yana juda ko`p biologik faol strukturalarning tuzilishida va funktsiyasida ishtirok etadilar. Masalan hayvon zaharlarining aksari ham oqsil tabiatiga ega, ko`rish pigmenti rodopsin va hokazolar. Nuklein kislotalar – makromolekulyar birikmalar (polinukleotidlar) geterosiklik asoslar, monosaxarid va ortofosfat kislota qoldiqlaridan tuzilgan bo’lib, quydagi sxema bo’yicha birikkan: Nuklein kislotalarning monomer zvenosi - nukleotid asosdan, monosaxarid va H3PO4dan tarkib topgan. Nukleotid tarkibida nukleozid fragmenti ham mavjud bo’lib, u polisaxarid va asosni o’ziga oladi (u nukleotiddan fosfat kislotasini ajralib chiqishi natijasida olinadi). Nuklein kislotalar tarkibiga quydagi geterosiklik asoslar kiradi : Bulardan adenin va guanin – purinning hosilasi, timin, urasil va sitozinlar esa pirimidin hosilasi. Bu hamma asoslar – oq qattiq moddalar. Nukleozid tabiatiga bog’liq holda ribo – va dezoksiribo - nuklein kislotalarga farqlanadi. Ribonuklein kislotalarda (RNK) monosaxarid sifatida pentoza – D – riboza (C5H10O5) bo’ladi, asos sifatida esa adenin, guanin, sitozin va urasillar bo’ladi. Dezoksiribonuklein kislotalarda (DNK) monosaxarid sifatda tetroza – D – 2 – dezoksiriboza (C5H10O4) bo’ladi, asos sifatida esa adenin, guanin, sitozin va timin bo’ladi. Ko’pchilik RNK va DNK larda asoslarning ketma – ket takrorlanishi bilan farqlanadi. Geterosiklik asoslar hamma vaqt besh a’zoli monosaxaridlar sikllaridagi 1 holatdagi uglerod atomlariga birikadi. Fosfat kislotasi bilan hosil bo’ladigan efir shu sikl nukleoziddagi 3 – holatdagi uglerod atomiga bog’lanadi. Quyidagi sikl nukleozidi 5 - holatidagi uglerod atomiga birkadi. DNK va RNK dagi farq shundan iboratki, DNK dagi 2 – holatdagi uglerod atomiga –OH gruppa o’rniga H – atomi turadi. Nuklein kislotalarning monomer bo’g’ini mononukleotidlar bo’lib, ular tarkibiga pirimidin yoki purin asoslarining qoldiqlari, uglevodlar komponenti – riboza yoki dezoksiribozalar va ortafosfat kislotalarning qoldiqlari kiradi. DNK molekulasining fragmenti quydagi ko’rinishda tasvirlanadi : Bitta DNK zanjirining fragmenti Zanjir fragmentidagi R1 – adenil, R2 – guanil, R3 – sitozil va R4 – timin radikallari. Rentgenostruktura analiz ma’lumotlari asosida DNK va RNK makromolekulalari bir – biri bilan bog’liq ikki spiral zanjiridan iborat ekanligi isbotlangan. Quyda ularning fragmenti ikki spiral zanjir ko’rinishida tasvirlangan Download 194.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling