Mundarija: Kirish I. Bob. Oqsillar haqida umumiy ma’lumot


Download 194.68 Kb.
bet10/13
Sana04.11.2023
Hajmi194.68 Kb.
#1747585
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mundarija Kirish I. Bob. Oqsillar haqida umumiy ma’lumot

Millon reaksiyasi : oqsillarga Millon reaktivi Hg(NO3)2 va Hg2(NO3)2 larni suyultirilgan nitrat kislotadagi HNO2 aralashmasi bo’lgan eritmalari ta’sir ettirilganda qizil – qo’n’gir rang yuzaga keladi, bu simobni nitrit tuzlari hosil bo’lishi bilan shartlanadi.

  • Agar oqsil eritmasiga qo’rg’oshin (II) asetat eritmasidan solib, uning ustiga natriy gidroksidi qo’shib qizdirilsa, qora rangli cho’kma tushadi, bu tajriba oqsil tarkibida oltingugurt borligiga sifat reaksiyasidir.

    Oqsillarning fiziologik ahamiyati : insonlar va hayvonlar organizmi uchun oqsillarning ahamiyatini baholash qiyin ; ular bekorga “hayot tashuvchilar” deb atalmaydi. Oqsillar – tirik organizmlar tuzilishidagi asosiy materialdir, ya’ni har bir tirik hujayra – protoplazmadir.
    Oqsillarning maxsus sinfi biologik katalizatorlar- fermentlarni hosil qiladi (pepsin, tripsin, eripsin va hakozo fermentlar). Bu fermentlar ta’sirida organizmda oqsillarning gidrolizi yoki oqsillarning sintezi sodir bo’ladi. Oqsillarning sintezida energiya yutiladi. Organizmda oqsillarning sintezi bilan bir qatorda ularning to’liq yemirilish jarayoni ham sodir bo’ladi; bunda oqsil dastlab aminokislotalarga, so’ngra CO2 ga, ammiakka, karbamid ((NH2)2CO) va suvga parchalanadi. Bu jarayon natijasida energiya ajralib chiqadi. Sklreproteinlar tirik organizmlar uchun himoya organlari (shox) yoki issiqlik izolasiyasi (par yoki jun qatlami) hosil qilish uchun xizmat qiladi.
    Tirik organizmlarda oqsillarning zahirasi hamma vaqt yangilanib turadi, shu sababli oqsillar eng muhim oziqa moddalardir.
    Oqsillarning ozuqalik qiymati ularning tarkibi, ya’ni ularning almashinmaydigan (ya’ni organizmda sintezlanmaydigan) aminokislotalarning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Odatda odamlar uchun o’simlik oqsillariga nisbatan hayvonlar oqsillari ko’proq muim hisoblanadi.
    Aminokislotalar hamma oqsillarning “elementar” birligidir. Tabiiy aminokarbon kislotalarda aminogruppa ikki holatda yoki α – holatda bo’ladi.

    Shunday qilib, ikkita funksional gruppalar – COOH va - NH2 ham bitta uglerod atomiga birikkan bo’ladi.
    Oqsillar tuzilishiga qarab ikkiga bo’linadilar :

    1. Oddiy oqsillar – proteinlar.

    2. Murakkab oqsillar – proteidlar.


    Download 194.68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling