Mundarija: Kirish I. Bob. Oqsillar haqida umumiy ma’lumot


Download 194.68 Kb.
bet11/13
Sana04.11.2023
Hajmi194.68 Kb.
#1747585
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mundarija Kirish I. Bob. Oqsillar haqida umumiy ma’lumot

Proteinlar - sodda oqsillar bo’lib, faqat aminokislotalar qoldiqlaridan tashkil topgan bo’ladilar.
Proteidlar – murakkab oqsillar bo’lib, ularda aminokislotalardan tashqari yana fosfat kislota, glukoza, geterosiklik birikmalar va boshqalar bo’ldilar.
Oqsillar molekulasining shakliga ko’ra ham ikki katta guruhga bo’linadi :

  1. Tolali yoki fibrillyar oqsillar.

  2. Globulyar oqsillar.

Fibrillyar oqsillarning molekulalari uzun, ipsimon shaklda bo’ladi. Bunga jundagi kerotin misol bo’ladi.
Globulyar oqsillarning molekulalari sharsimon shaklda bo’ladi. Albuminlar, globulinlar va proteidlar globulyar oqsillarga misol bo’ladi.
Oqsillar asosan oziq – ovqat sanoatida, tibbiyotda, to’qimachilik va yengil sanoatda keng ishlatiladi. Jun mahsulotlari, tabiiy ipak, charm, duradgorlik va poyafzal elimi, jelatina kabi oqsillar sanoat mahsulotlari hisoblanadi.
2.2 Proteomikaning asosiy tushunchalari
Proteomika yaqin yillarda paydo bo‘lgan yosh fanlardan biri hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida biokimyo, molekulyar biologiya va xisoblash texnikasi jadal sur'atlar bilan rivojlandi. Shunga bog‘liq ravishda DNK taxlili bilan bog‘liq fanlar ham rivojlangan, aynan mana shu davrda 2 ta yangi biologiya fanlari vujudga keldi: 1987 yilda ilmiy nashrda “genomika” atamasi ilk bor qo‘llanilgan bo‘lsa, 1993 yilda esa “bioinformatika” atamasi paydo bo‘lgan.
Xar bir biologik turda genomning bir qismi aminokislotalar ketma –ketligini kodlovchi gen soxalaridan iborat bo‘ladi. Bir qarashda, butun genom va genetik kod haqida bilimga ega bo‘lib, translyasiya yo‘li bilan oqsil strukturasi xaqida barcha ma'lumotlarga ega bo‘lsa bo‘ladi. Ammo barchasi u qadar oddiy emas. Organizmning hujayra tizmlari tadqiq etilganda mRNK to‘plami bilan oqsillar o‘rtasida korrelyasiyaning yo‘qligi ma'lum bo‘lgan. Bundan tashqari nukleotid ketma –ketligiga mos ravishda ribasomalarda sintezlangan ko‘plab oqsillar sintezdan so‘ng ko‘plab kimyoviy modifikasiyalarga duchor bo‘ladi va organizmda ham o‘zgargan ham o‘zgarmagan holatda mavjud bo‘lishi mumkin. Oqsillar turli fazoviy strukturalarga ega bo‘lib, nuklein kislota yoki aminokislota ketma –ketligi yordamida bu jararayonni aniqlashning iloji yo‘q. Shuning uchun, barcha funksional oqsillarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratib olib ularning strukturasini aniqlash hozirgi kunda ham dolzarb vazifalardan hisoblanadi (hozirda insondagi oqsillarning tahminan 10% to‘liq o‘rganilgan). Shu tariqa genomikaga qo‘shimcha ravishda “proteomika” atamasi paydo bo‘lgan. Ilmiy nashrda proteomika atamasi 1995 yildan boshlab paydo bo‘la boshlagan.
Organizmning hayot faoliyatida oligopeptid yoki shunchaki peptidlar deb nomlanuvchi kichik molekulali oqsil tabiatiga ega bo‘lgan fermentlar muxim o‘rin egallaydi. So‘ngi paytlarda proteome va proteomika terminlari bilan bir qatorda “peptidomika” atamasi ham paydo bo‘lmoqda.
Demak, yangi paydo bo‘lgan fanlarning o‘zoro bog‘liqligini quyidagicha ko‘rish mumkin.

Uchta yangi bioligik fanni o‘zoro bog‘liqligi.
Genomika va bioinformatika xaqida yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Proteomika –oqsillar va ularning tirik organizmdagi o‘zoro ta'sirini o‘rganuvchi fan hisoblanadi (proteom -organizmdagi barcha oqsillarning yig‘indisi) . Proteomika quyidagi bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi: strukturaviy proteomika, funksional proteomika va amaliy proteomika.
Strukturaviy proteomika. Turlarning xilma-hilligi biologiyaning o‘ziga xos tomonlaridan biri xisoblanadi. U biologiyaning barcha tuzilmalarida ham ko‘zga tashlanadi (biologik turlar, morfologiya, molekulalarning kimyoviy strukturasi, boshqaruv jarayonlar tarmog‘i va h.k.). Bu tushunchani oqsillarga nisbatan to‘liq qo‘llasa bo‘ladi. Ularning tuzilishi qay darajada turli bo‘lishi xozirgi kungacha to‘liq o‘rganilmagan. Bitta oqsil molekulasidagi aminokislotalar soni 2 tadan bir necha o‘n minggacha bo‘lishi mumkin. Proteom haqida ma'lumotga ega bo‘lish uchun avval ularni ajratib, boshqa moddalardan tozalab olish kerak. Butun organizmdagi oqsillar soni katta bo‘lgani uchun odatda organizmning ma'lum qismi (organ yoki to‘qima) olinadi va turli usullar bilan oqsil komponenti ajratib olinadi. 200 yillik tarix mobaynida oqsillarni ajratishning turli tuman usullari ishlab chiqilgan –oddiy tuz yordamida cho‘ktirishdan tortib, bu moddalarning fizik –kimyoviy xususiyatlarni inobatga oluvchi zamonaviy usullargacha. Individual oqsilning toza fraksiyasi ajratib olinganidan keyin ularning kimyoviy strukturasi o‘rganiladi.
Strukturaviy proteomikada bir yo‘la bir nechta strukturalar aniqlanadi. Bu ishni amalga oshirish uchun maxsus jarayonlar sikli va unga mos qurilmalar ishlab chiqilgan (Proteomik tajribalar uchun qurilmalarning to‘liq yig‘ilmasi taxminan bir million dollarni tashkil etadi).
Proteomika instrumentlari namuna tayyorlashdan tortib strukturani aniqlashgacha bo‘lgan laboratoriya siklini o‘z ichiga oladi. Ajratib, tozalangandan keyin ikki o‘lchamli elektroforez yordamida oqsillar ajratiladi. Bunda ajralish ikki yo‘nalishda amalga oshadi: birinchisida turli molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan oqsillar ajratilsa, boshqasida –elektr zaryadiga qarab ajraladi. Natijada maxsus tashuvchida bir xil guruxga kiruvchi molekulalar jamlanadi va mikroskopik dog‘lar vujudga keladi, bunda har bir dog‘da faqat bir xil molekulalar bo‘ladi. Dog‘larning soni bir necha mingni tashkil etishi mumkin, ularni tadqiq etish uchun avtomatik qurilmalardan foydalaniladi. So‘ngra dog‘lar tanlab olinib, ularda joylashgan moddalar murakkab fizik qurilma –mass-spektrometrga joylashtirib, uni yordamida har bir oqsilning birlamchi strukturasi aniqlanadi.
Oqsilning birlamchi strukturasini genomika va bioinformatika usullarini qo‘llagan xolda ham aniqlash mumkin. Zardob albuminining to‘liq gen ketma –ketligi 610 ta aminokislota qoldig‘ini kodlovchi 1830 azot asoslaridan tashkil topgan. Ushbu gen barcha qolgan genlar singari ATG kodonidan boshlanadi. Bu kodon metioninni sintezlaydi va birorta stop-kodon bilan yakunlanadi, yuqoridagi xolatda TAA. Shu tariqa 609 ta qoldiqdan iborat struktura kodlanadi. Ammo bu strukturani to‘liq albumin molekulasi deb bo‘lmaydi. Undagi boshlang‘ich 24 aminokislota qoldig‘i signal peptidlari deb yuritilib, molekulaning yadrodan sitoplazmaga chiqishida uzilib tushadi, shundan keyin albumin strukturasi shakllanadi. Natijada mazkur molekula 385 aminokislota qoldig‘idan iborat bo‘lib qoladi.
I
nsondagi zardob albuminining fazoviy (uchlamchi) strukturasi
Ammo aminokislota ketma –ketligi fazoviy struktura xaqida ma'lumot bermaydi. Termodinamika nuqtai nazaridan, cho‘zilgan chiziqli struktura maqsadga muvofiq emas va ular har bir ketma –ketlik uchuk spesifik bo‘lgan tarzda o‘ziga xos fazoviy strukturani hosil qiladi, uni ikki xil fizik usul yordamida aniqlasa bo‘ladi – rengenostruktur taxlil va yadro magnit rezonansi usuli (YaMR-spekroskopiya). Rengenostruktur analiz usuli yordamida bir necha ming oqsillarning strukturasi aniqlangan, jumladan zardob albumini ham. Rasmda uchlamchi struktura keltirilgan bo‘lib, unda ikkilamchi strukturani namoyish etuvchi spiral uchastkalar ko‘rinadi.
Demak, strukturaviy genomikaning asosiy vazifasi tirik organizmlardagi barcha oqsillarni ajratish, tozalash, strukturalarini tahlil etishdan iborat bo‘lib, bunda ikki o‘lchamli elektroforez, mass-spektrometriya va bioinformatika usullaridan foydalaniladi.
Oqsillar bioinformatikasi. Katta miqdordagi turli–tuman oqsillarning majud bo‘lishi ularni o‘ziga tegishli barcha ma'lumotlar bilan birga saqlash imkonini beruvchi ma'lumotlar bazasini yaralishiga turtki bo‘ldi. Internet sayti orqali ko‘plab umumiy va maxsus ma'lumotlar bazalarini topsa bo‘ladi. Umumiy ma'lumot bazalarida ma'lum bo‘lgan barcha oqsillarga doir ma'lumotlar saqlanib,uni butun tiriklikning global proteomi deb atasa ham bo‘ladi. Bu kabi ma'lumotlar bazasiga SwissProt-TrEMBL (shveysariya –germaniya)ni misol qilib keltirish mumkin, unda analitik usullar yordamida anniqlangan 200 000dan ortiq va yana 2 mln.ga yaqin nuklein kislotalar translyasiyasi yordamida aniqlangan oqsil ketma –ketliklari to‘g‘risida ma'lumotlar saqlanadi. Global proteomda joylashgan molekulalarning asosiy qismini funksional faollikning spesifik spektoriga ega bo‘lgan, o‘rtacha 50 ta aminokislotalardan tashkil topgan, u qadar yirik bo‘lmagan harakatchan oqsillar tashkil etadi. Ular oligopeptidlar yoki shunchaki peptidlar deb nomlanadi. Global peptidomlar uchun EROP (Endogenous Regulatory Oligo Peptides (endogen boshqariluvchi oligopeptidlar

Download 194.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling