Mundarija: Kirish I. Bob. Oqsillar haqida umumiy ma’lumot


DNK ning qo’shaloq tuzilish sxemasi


Download 194.68 Kb.
bet8/13
Sana04.11.2023
Hajmi194.68 Kb.
#1747585
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mundarija Kirish I. Bob. Oqsillar haqida umumiy ma’lumot

DNK ning qo’shaloq tuzilish sxemasi. Ikkala spiral zanjirlar o’zaro vodorod bog’lar orqali birikkan , bu bog’lar bir geterosiklik asosning radikali, ikkinchi geterosiklik radikali bilan o’zaro ta’sirlashishi natijasida kelib chiqadi.
O’zaro vodorod bog’lar orqali bir – biriga birikkan asoslar komplementar yoki bir – birini to’ldiruvchi asoslar deb ataladi.
Ana shunday o’zaro bog’langan juft asoslar hosil bo’lishida quydagi qonuniyatga rioya qilinadi :
Asoslarning biri albatta purin asos, ikkinchisi pirimidin asos bo’lishi kerak. Shu bilan birga timin albatta adenine bilan, sitozin esa, guanine bilan juft hosil qiladi.
Nuklein kislotalar oq yoki och – sariq qattiq moddalar, suvda oz eriydi, ammo ishqorlarning suvli eritmalarida tuz hosil bo’lishi hisobiga eritmaga o’tadi.
Nuklein kislotalar kashfiyotining muallifi shvesariyalik kimyogar F. Misherdir. U 1869 – yilda leykositlarda yangi kimyoviy birikma borligini aniqladi va uni nuklein (lotincha nukleus – yadro) deb atadi.
Nuklein kislotalarning fiziologik ahamiyati juda katta, ular hamma xujayralarda erkin holda ham, oqsillar bilan bog’langan holda ham bo’ladi. Nuklein kislotalargina aminokislotalardan proteinlarning sintez bo’lishini boshqaradi. DNK genetik axborotlarning manbai (genetik kod) va ularni saqlash uchun xizmat qiladi va o’z – o’zlarini aniq ko’chirish xususiyatiga ega. DNKda har bir RNK larni sintez qilish uchun programma (reja) qo’yiladi. O’z qobiliyatida oqsillarni sintez qilish uchun matrisa bo’lib xizmat qiladi.
II. Bob. Oqsillarning strukturasi va xususiyatlarini in silico sharoitida o‘rganish.
2.1. Oqsillarning umumiy xusisyatlari va tavsifi
Oqsil – organik moddalar rivojlanishining eng oliy shakli sifatida mavjud. Unda turli – tuman organik birikmalar sinflari, xususiyatlari jamlangan bo’lib, natijada organizmdagi xayotiy jarayonlarda katta rol o’ynaydigan, yangi sifatlarga ega mahsulotlar paydo bo’ladi.
Fizikaviy xossalari :
Ayrim oqsillar suvda erib, qoida bo’yicha kolloid eritmalar hosil qiladilar, boshqalari tuzlarning eritmalarida eriydilar, uchunchilari erimaydilar.
Oqsillarning barqarorligi har xil, bir xil oqsillar juda beqaror (ayrim ilon zaharlari eritmani silkitgandayoq parchalanadi) boshqalari aksincha juda barqaror.

Download 194.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling