Mundarija kirish i-bob. O‘yinli texnologiyalar va ularning turlari


Download 1.04 Mb.
bet15/41
Sana01.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1418044
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
Omonova Zilola Komolovna taj

Ishbilarmonlar o‘yini. Ishbilarmonlar o‘yinidan informatikani o‘qitishda foydalanish quydagicha amalga oshiriladi. O‘qituvchi bir hafta oldin ma’vzuni o‘quvchilarga beradi va tushunchalarni aytib o‘tadi, mavzu yuzasidan ma’lumotni taqdim etish usullarini tushuntiradi, Mavzuni tanlashda biror korxona yoki ishlab chiqaruvchi standartlariga mos bo‘lgan yo‘nalishlarni tanlaydi va korxonada faolyat yurutayotgan mutahassislarni vazifalarini o‘rganib chiqadi, o‘rganilgan ma’lumotlar asosida o‘quvchiarga vazifalarini taqsimlab beradi. Bu quydagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Tashkilot rahbari: Vazifa beradi masalan: Informatikani o‘qitishda foydalaniladigan ta’lim saytini yarating.

  2. Web sahifaning yaratish loyhasini qog‘ozda ko‘rinishini tasvirlab beruvchi mutahassis

  3. Web sahifa yaratuvchi dasturchi: HTML, JAVA, PHP kabi dasturlarni mukammal biluvchi shaxs.

  4. Web dezzayner: Web sahifa yaratilgandan so‘ng uning ko‘rinishini hamda uni bezash bilan shug‘ullanuvchi shaxs.

  5. Dasturlash tillarini yaxshi biluvchi dasturchi: uning vazifasi yaratilgan web sahifaga birorta buzg‘unchi g‘oyalarni kiritmaslik uchun uni himoyasini ishlab chiquvchi shaxs.

  6. Web sahifani internetga joylash uchun mutahassis.

  7. Yaratilgan web sahifani doimiy ma’lumot bilan to‘ldirib va yangilanib turushini nazorat qiluvchi shaxs

Yuqoridagi qoidalardan ko‘rinib turibdiki ishbilarmon o‘yinlar o‘quvchilarni ma’sulyatli, hamkorlikda ishlash, jamoaviy ishlash va o‘zligini yaxshi anglash kabi xislatlarni shakillantiradi. Endi shu qoidalar asosida o‘quvchilarga vazifa va topshiriqlarini taqsimlab beramiz.
Mavzu: Web sahifalar yaratish va bezash.
Topshiriq umumiy: Web sahifa yaratish hamda uni loyhalashtirish, quyda taqsimlangan guruhlar o‘z vazifalarini aniq bilishi hamda ma’sulyat bilan yondashishi lozim. Topshiriq berildi vazifani bajarishda tug‘ulgan savol va muommolar yuzasidan o‘qituvchiga murojat qilinishi aytildi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling