Jami o‘quvchilar soni 24 ta o‘quvchilar. 4 ta guruhga ajratamiz, bunda yuqoridagi qoidalarda kelib chiqgan holda:
Birinchi guruhga Web sahifa haqida tushunchalar to‘plashi va qanday dasturiy vositalar foydalanilishi haqida ma’lumotlar yeg‘ish vazifasi topshiriladi.
Ikkinchi guruhga Web dizzayn haqida tushunchalar hamda web sahifani bezash usullarini o‘rganib kelish vazifasi topshiriladi.
Uchunchi guruhga Web sahifalarni himoyalsh va internetga joylashtirish usullarini bilib kelish vazifasi yuklanadi.
To‘rtinchi guruhga Web sahifani doimiy ma’lumotlar bilan to‘ldirib turush usul va qoidalarini bilib kelish vazifasi yuklanadi.
Tayyorlanish uchun bir yoki ikki hafta oldin topshiriqlarni o‘quvchilarga taqsimlab berilishi lozim bu vaqt davomida o‘qituvchi shu mavzuga oid tarqatma materallar, savollar texnologiyalarni tayyorlab oladi.
Ishbilarmon o‘yinlarni o‘tkazish tadbirini ko‘rib chiqamiz
O‘qituvchi mavzuni elon qiladi tadbirni baholash uchun mutahassis o‘qituvchilarni tanishtiradi.
Mavzu: Web sahifalar yaratish va bezash.
O‘qituvchi ishbilarmonlar o‘yini va uning shakl tamoyillarini tushuntirib o‘tadi.
Birinchi guruh o‘z tushuncha va izohlarini taqdimot ko‘rinishida taqdim etadi, ish bilarmon o‘yinlarining yana bir jihati fikrini asoslab berish va albatta qog‘oz variantini mutahasislarga taqdim etishlari shart, faqat nazariy malumotlar emas, birorta web sahifa yaratish tili orqali sodda web sahifaning namunaviy variantini taqdim etishi lozim.
Ikkinchi guruh Web dizzayn haqida tushunchalar, Web sahifani bezash va ranglarni ta’sirini o‘rganilganligi usullari haqida ma’lumotlarni bayon etishda slayd va qog‘ozli materallardan foydalanilgan jarayonlarni taqdim etadi.
Uchunchi guruh Web sahifalarni himoyalsh va internetga joylashtirish usullarini bilib keladi bu guruh ham slayd va tarqatma materallarni taqdim etadi.
To‘rtinchi guruhga Web sahifani doimiy ma’lumotlar bilan to‘ldirib turush usul va qoidalarini bilib keladi malumotlarni taqdim etadi.
O‘qituvchi tuzub kelgan savollar va texnologiyalarni guruhlarga taqdim etadi o‘quvchilar to‘ldiradilar hamda fikr mulohazalarini aytadilar, o‘quvchilar malumot taqdim etganlaridan so‘ng topshiriqni ko‘rsatish so‘raladi va mutahassis o‘qituvchilar tahlil qiladilar ish jarayonida tug‘ulgan savollar bilan o‘quvchilarga fikr mulohazalarini bildiradilar. Berilgan vazifani qanchalik bajarilganligiga qarab baholarni e’lon qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |