Mundarija kirish i-bob. O‘yinli texnologiyalar va ularning turlari


Bitiruv malakaviy ishining predmeti


Download 1.04 Mb.
bet4/41
Sana01.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1418044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Omonova Zilola Komolovna taj

Bitiruv malakaviy ishining predmeti: akademik litsey va kasb - hunar kollejlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanib o‘qitish metodi, usul va vositalari.
Bitiruv malakaviy ishning o‘rgаnilgan dаrаjаsi: Ta’lim jarayonida o‘yinli texnologiyalardan foydalanib o‘qitishni L.I.Ansiferov, V.A.Izvozchikov, V.V.Laptev, A.V.Smirnov va boshqalar o‘z tadqiqotlarida ta’limda kompyuter texnologiyalardan foydalanishning nazariyasi va metodik masalalarini yoritishgan.1 S.S.G‘ulomov va A.H.Abdullaevlarning ishlarida virtual stent yaratish va o‘quv jarayonida qo‘llash tadqiq etilgan bo‘lsa, A.A.Abduqodirov, L.I.Shibarshova, R.X.Hamdamov, S.I.Raxmonqulova va boshqalar axborot texnologiyalari asosida masofadan o‘qitish texnologiyasining istiqboli hamda rivojlanish bosqichlari va uning o‘quv materiali ba’zasini yaratish masalasiga to‘xtalib o‘tishgan2 Азизходжаева H.H.Педагогические технологии и педагогическое мастерство. Учеб.пособие.- Тошкент. ТДПУ 2003.- 192 с.3 Bitiruv malakaviy ishning tarkibi: bitiruv malakaviy ish kirish 3 bob, 9 ta band, xulosa foydalanilgan adabiyotlar va izohli lug‘atdan iborat.

I- BOB. O‘YINLI TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING TURLARI

    1. O‘yinli texnologiyalar va ularning turlari

O‘quvchilarga bilim berishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati to‘g‘risida so‘z borganda Prezidentimiz I.A.Karimovning “O‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatadigan o‘qituvchi va domlalarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor”4 degan so‘zlarini ta’kidlash o‘rinlidir. Bu masala “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ham asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Ayniqsa dars jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish bilan na faqat ta’lim samaradorligi ortadi, balki o‘quvchilarda innovasion ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash, amalga oshirish ko‘nikmalari shakllantirib boriladi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling