Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi: “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish va takomillashtirganligi, pedogogikada foydalaniladigan o‘yinli texnologiyalardan informatikani o‘qitishda foydalanishning samarali tomonlarini aniqlanganligi va kasb-hunar kollejlarida o‘tilaygan darslarning o‘yinli texnologiyalardan foydalanib o‘qitish jarayonidan olingan natijalarning tahlillari.
Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati: informatikani o‘qitishda o‘yinli texnologiyardan foydalanish metodikasining ishlab chiqilishi hamda pedagogik amaliyot davrida tajriba sinovdan o‘tkazilgani akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, hamda oliy o‘quv yurtlarida foydalanish mumkinligi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: akademik litsey va kasb - hunar kollejlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani va uning mazmunini o‘rganish, informatikadan o‘yinli tenologiyalarni tashkil etish va undan qanday o‘qitish jarayonlarida foydalanishni tadbiq etish, samarali tomonlarini yoritib berish, kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonida qiziqarli o‘yinlardan foydalangan holda dars o‘tish metodikasini ishlab chiqish, o‘yinli o‘qitishda zamonaviy vositalar va texnologiyalarni o‘rnini yanada chuqurroq tadbiq etish.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: mavzuga taa’lluqli adabiyotlar bilan tanishish va ularni taxlil qilish va umumlashtirilgan xulosalar qilish.
akademik litsey va kasb - hunar kollejlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish holatini o‘rganish;
Informatika fanini o‘qitishda o‘yinli texnologiyalarning ahamiyatini ko‘rib chiqish didaktik asoslash;
Informatika fanini o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanishni zamonaviy pedagogik usullarini o‘rganish;
Bitiruv malakaviy ishining obyekti: akademik litsey va kasb - hunar kollejlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanib o‘qitish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |