Mundarija kirish i-bob. O‘yinli texnologiyalar va ularning turlari
Ilmiy konferentsiya mashg‘ulotini quyidagicha o‘tkazish tavsiya etiladi
Download 1.04 Mb.
|
Omonova Zilola Komolovna taj
- Bu sahifa navigatsiya:
- Informatika fanini o‘qitishda Ilmiy konferentsiya mashg‘ulotning o‘tkazish jarayonini tashkil etilishi
Ilmiy konferentsiya mashg‘ulotini quyidagicha o‘tkazish tavsiya etiladi:
O‘qituvchining kirish so‘zi. Bunda o‘qituvchi mashg‘ulotning mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «Olimlar» bilan talabalarni tanishtiradi. Ilmiy ma’ruzalani tinglash. «Olimlar» mavzu yuzasidan tayyorlagan ma’nizalarini taqdimot va ko‘rgazmali qurollar asosida bayon qiladilar. Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda «Olimlar» va guruhdagi boshqa talabalar o‘rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o‘tkaziladi. Ilmiy konferentsiya yakuni. O‘qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g‘oy alarni ta’kidlab, darsni yakunlaydi. Talabalarni baholash. Mashg‘ulotda faol ishtirok etgan talabalar rag‘batlantiriladi va revting tizimiga muvofiq baholanadi. Uyga vazifa bensh. Mashg‘ulotni umumiy yakunlash. “Kasb ta’limi metodlari mavzusida o‘tkaziladigan ilmiy konferentsiya mashg‘uloti quyidagi loyiha bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin. Informatika fanini o‘qitishda Ilmiy konferentsiya mashg‘ulotning o‘tkazish jarayonini tashkil etilishi: Tashkiliy qism, Talabalarni mashg‘ulotning mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish. Bu mashg‘ulotni o‘tishdan bir hafta oldin talabalarni 4 ta guruhga ajratamiz va ularga informatika fani sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan «Olimlar» maqomini beramiz. Yangi mavzuni o‘rganish: Talabalar guruhi o‘z mutaxassisliklariga tegishli bo‘lgan quyidagi mavzulardan biri bo‘yicha ma’ruza tayyorlaydi. Kasb ta’limi metodlari va ularning tavsifnomasi. Reproduktiv va muammoli izlanish metodlari. Ta’lim jarayonida interfaol metodlar. Наr bir yo‘nalish bo‘yicha «Olimlar» maqomini olgan talabalar o‘zlariga tegishli mavzu bo‘yicha taqdimot va ko‘rgazmali qurollar asosida qo‘shimcha materiallardan foydalangan holatda ma’ruza qiladilar. Ma’ruzalar tugagach, talabalar o‘rtasida bahs va munozara o‘tkaziladi. Mashg‘ulotni umumiy yakunlash. Uyga vazifa berish. Talabalarning ijodiy izlanishi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va qo‘shimcha bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o‘yinlar muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlami talabalar o‘zaro hamkorlikda avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini ijodiy qo‘llanish va izlanish orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik o‘yinlar ijodiy o‘yinlar deb ataladi. Ijodiy o‘yinli mashg‘ulotlardan «Informatika» fanini o‘qitishda ya’ni ma’lum bir mavzuni o‘rganishda foydalanish mumkin. Bunda talabalar teng sonli guruhlarga ajratib, ularga shartli ravishda «Professor», «Dotsent», «Katta o‘qituvchi» deb nom beriladi bu yerda mutaxassislarning har qaysi guruhi ijodiy izlanib, kelgusidagi ishlarini rejalashtirishga o‘rganadilar. O‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan topshiriqlami bajarib, dalil va isbotlar asosida o‘z javoblarini bildiradilar. Ijodiy o‘yin mashg‘ulotlarida guruhdagi barcha talabalar hamkorlikda ishlaydilar, avvalgi mashg‘ulotlarda o‘zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo‘llaydilar bu esa ularda o‘z bilim va iqtidoriga nisbatan ishonch hissini uyg‘otadi, shunday qilib, didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar orqali o‘quvchi-talabalar yangi kasblar bilan tanishadilar, egallagan bilimlarini ta’limning qaysi sohalarida qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadilar ushbu fanga bo‘lgan qiziqishlari ortadi qo‘shimcha adabiyotlar bilan mustaqil foydalanishga, o‘z o‘rtog‘ining fikrini sabot va chidam bilan tinglashga bilimlarini nazorat qilishga, o‘z-o‘zini baholashga o‘rganadilar. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling